O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   362
Bog'liq
fayl

Etnopsixologiya
 – bu psixologiyaning shunday tarmog‘iki, u ayrim olingan 
millatlar  psixologiyasidan  tashqari,  turli  xalqlar  psixologiyasini,  kichik  milliy 
guruhlarni  ham  o‘rganadi.  Ma’lumki,  bu  boradagi  birinchi  ilmiy  tadqiqotlarni 
V.Vundt  boshlab  bergan  edi.  Uning  tadqiqotlaridagi  “xalq”  tushunchasi  aslida 
etnik  uyushma  ma’nosida  tushuntirilgan  edi.  Uning  fikricha,  etnik  guruhlar 
psixologiyasini  o‘rganish  uchun  ularning  tilini,  odatlarini  va  ana  shu  xalqlarda 
keng  tarqalgan  afsonalar  va  boshqa  ong  tizimlarini  o‘rganish  kerak.  Shunisi 
diqqatga  sazovorki,  Vundtdan  keyingi  davrda  o‘tkazilgan  muhim  tadqiqotlardan 
biri  bizning  o‘lkamizda  o‘tkazilgan  bo‘lib,  uni  psixolog  A.R.Luriya  amalga 
oshirgan  edi.  Bu  eksperimental  tadqiqot  bo‘lib,  uni  o‘tkazishdan  asosiy  maqsad 
L.S.Vigotskiyning  madaniy-tarixiy  yondashuv  g‘oyasini  tekshirish  edi.  Luriya 
boshchiligidagi  olimlar  guruhi  revolyusiya  bo‘lib  o‘tgan  O‘zbekiston  sharoitida 
turmush  tarzining  o‘zgarishi  bilan  o‘zbek  xalqi  psixologiyasining  ham 
o‘zgarganligini  isbot  qilmoqchi  bo‘lganlar.  Asosiy  maqsad  bilish  jarayonlarining 
o‘zgarganligini  isbot  qilish  bo‘lsa  ham  tadqiqotchilar  o‘z-o‘zini  anglash  va  o‘z 
xulq-atvorini  analiz  qilish  borasida  ham  uyda  o‘tiradigan  ayollar,  endigina  savod 
olish maqsadida savodxonlik kurslarida o‘qiyotgan xotin-qizlar hamda pedagogika 
bilim  yurtlarida  ta’lim  olayotgan  qizlar  o‘rtasida  farq  bor-yo‘qligini  tekshirishdi. 
Tadqiqot  asosan  o‘z-o‘zini  analiz  qilish  metodi  yordamida  o‘tkazilgan  bo‘lib, 
tadqiqot mobaynida ayollarga turli savollar orqali o‘z shaxsiga xos xususiyatlarni, 
o‘zidagi  yetakchi  sifatlarni  aniqlash  va  ba’zi  psixologik  holatlarga  baho  berish 
topshirig‘i berildi. Lekin javoblarning sifati, to‘liqligi ayollarning bilim saviyasiga 
va  ijtimoiy  aloqalar  tizimida  tutgan  o‘rniga  bog‘liq  bo‘lib  chiqdi.  Uyda  o‘tirgan 
ayollar ko‘p hollarda qo‘yilgan savolni ham anglamasliklari ma’lum bo‘ldi. Luriya 
shu  narsaga  iqror  bo‘ldiki,  o‘zbeklardagi  ong  asosan  boshqa  odamlar  fikriga 
bog‘liq  ekanligi,  tobelik  psixologiyasi  kuchliligini  aniqladi.  Masalan,  ayollarga 
o‘zidagi  yomon  sifatlarni  aytish  topshirig‘i  berilganda,  ular  yomon  qo‘shnilarni 
ko‘rsatishar va umuman o‘z-o‘zini baholashdan ko‘ra boshqalarni baholash, ularga 
sifat xarakteristikalari berish ancha yengil tuyulardi.   


244 
 
Yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  A.R.Luriyaning  asosiy  maqsadi  milliy 
psixologik  xususiyatlarni  o‘rganishda  tarixiy  tamoyiliga  tayanish  lozimligini 
isbotlash hamda milliy psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar 
munosabatlari tizimida tutgan o‘rniga bevosita bog‘liqligini isbot qilish edi. Lekin 
tadqiqotning  ahamiyati  shunda  ediki,  unda  birinchi  marta  milliy  psixologiyani 
o‘rganishga  yordam  beruvchi  metodlar  va  metodologik  tamoyillar  sinab  ko‘rildi. 
To‘g‘ri,  bu  tadqiqotda  to‘plangan  ma’lumotlar  va  ilmiy  xulosalar  bilan  bugungi 
kunda  kelishib  bo‘lmaydi,  qolaversa,  bu  konsepsiyaning  o‘zi  necha  bor  qayta 
ishlovni  talab  qildi,  lekin  milliy  psixologiya  bo‘yicha  o‘tkazilgan  kross-tadqiqot 
sifatida  uning  ahamiyati  kattadir.  Qo‘llangan  piktogramma  –  “so‘z  portretlari”ni, 
o‘z-o‘zini  analiz  qilish  metodlarini  hozirgi  zamonaviy  tadqiqotlarda  ham  faqat 
yangicha metodologik prinsiplarda qo‘llash mumkin.  
Oxirgi  yillarda  chet  el  va  sobiq  Ittifoq  olimlarining  tadqiqotlarini 
umumlashtirib,  etnopsixologik  ishlarga  yagona  ilmiy  yondashuvni  topish 
harakatlari sezilmoqda. Bu sohada mashhur rus etnografi va psixologi Yu.Bromley 
olib  borgan  ishlar,  uning  laboratoriyasida  to‘plangan  ma’lumotlar  misol  bo‘lishi 
mumkin. Yu.V.Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki tomonni farq qiladi:  
1) 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish