№
Ko„rsatkichlar
Ball
O„qituv chiga
qo„yilgan
ball
1.
Fanni
ilmiy-nazariy
jihatdan
egallaganligi
2
2
2.
Mashg‘ulotda talabalar
ning faolligini ta’minlashi
2
2
3.
Mavzuni amaliyot bilan bog‘lashi
2
1
4.
Mavzu
mazmunini
talabalarga
yetkazib bera olishi
2
1
Jami ball:
6
9
YOSH AVLOD MA‘NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA OTA-ONA
VA MAHALLANING MAS‘ULIYATI
Reja:
1.
Tarbiyaning uch ildizi: sharqona an‘analar va demografik xususiyatlar. Axloqiy qadriyatlar va
ularning farzand tarbiyasiga ta‘siri.
2.
Ma‘naviy barkamol, jismoniy sog‗lom farzandlarni tarbiyalashda ota-onaning o‗rni va
mas‘uliyati.
3.
Jamiyat taraqqiyotida va yosh avlod tarbiyasida mahallaning roli.
4.
Mahalla institutini rivojlantirishning nazariy-huquqiy asoslari.O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining ―Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
Farmonining mazmun va mohiyati.
1-
masalaning bayoni: Inson tarbiyasi o‗zoq muddatli, o‗zluksiz davom
etadigan murakkab jarayon. Xususan, Sharqda tarbiyaga alohida e‘tibor qaratiladiki, bu
sharqona an‘analar va demografiy xususiyatlar bilan chambarchas bog‗liq. Zero, sharqliklarga
xos bo‗lgan bag‗rikenglik, o‗za totuvlik, bir-biriga daxldorlik tuyg‗ulari o‗sib kelayotgan
farzandlar tarbiyasida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki barkamol avlodni tarbiyalash
insoniyatning eng yorqin orzusi bo‗lib qolgan. Bunday orzudagi insonlar o‗z oilasi, mahallasida
kamol topib, azaliy ma‘rifatga, ma‘naviyatga mansub bo‗lgan yurtlarning donishmandlari eng
mo‗tabar ziyolilari, hukumdorlari hisoblanganlar. Masalan, barkamol avlodni tarbiyalash
borasida Farobiyning intilishi, ―Fozil odamlar shahri‖ asaridagi jamiyat fuqarosi - fozil kishini
kamol toptirish niyati o‗z ifodasini topadi.
Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo‗ladi. Ota-ona, farzand, ustozu shogird
o‗rtasida sharqona nazokat mehr va ehtirom bo‗ladi. Ana shular haqida fikr yuritishimiz boisi
bobolarimizning ma‘naviy darajasi naqadar yuksak bo‗lishida oila, mahallaning ma‘suliyati
yotadi. Ya‘ni, tarixdan ayonki, taraqqiyot taqdirni ma‘naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi.
Zero, aqliy zakovat va ruhiy - ma‘naviy salohiyat ma‘rifatli insonni ikki qanotidir. Bugungi
yoshlarni hayoti porloq bo‗lishi uchun texnikaviy bilimi, murakkab texnalogiyalarni egallashda,
erkin tafakkurni shakllanishi, milliy qadriyatlarni urf-odatlarni mohiyatini tushuntirish
jarayonini oila, mahalla, ta‘lim -tarbiya, madaniyat maskanlari aniq reja-dasturlar asosida
faoliyat olib borishi zarurdir. Chunki o‗zlikni anglab, ichki bir tabniy kuch bilan kelajak uchun
hayotga munosabatini o‗zgartirib, o‗z taqdirini ona elning istiqbolini o‗ylash ehtiyoji bor va uni
yechimini topish uchun bugun shart-sharoitlar mavjuddir.
Ya‘ni, har-bir oila, mahalla, ta‘lim-tarbiya maskanlari bilan hamkorlikda yoshlarni ilk
davridanoq ahloqli, odobli qilib tarbiyalashning ahamiyati katta. Ulug‗ fiqhshunos olim
Burhoniddin al-Marg‗inoniy fikricha , ahloqda diyonat, islomiyat, g‗ayrat, qanoat, shijoat, ilmi
sabr intizom, vijdon, vatanni sevmoq, iffat, hayo, idrok, hayri-hohlik, sadoqat, muhabbat kabi
qator insoniy fazilatlar oilada, ota-ona, mahalla- ko‗y namunasida shakllanib, kamol topadi.
Demak, ahloq shaxs ma‘naviyatni rivojlantirish asosidir, insonning umri esa farzandlarida
davom etadi.
O‗sib kelayotgan farzandlarda insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi
(mahalla, ko‗cha, bog‗cha, maktab, oliy o‗quv yurti), ijtimoiy muhit va tarbiyalanuvchiga
bo‗lgan munosabat muhim rol o‗ynaydi. ―Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch‖ asarida
ta‘kidlab o‗tilganidek, ―Odamzot uchun bir umr zarur bo‗ladigan tabniy ko‗nikma va
xususiyatlar, masalan, har qaysi bolaning o‗ziga xos va o‗ziga mos qobiliyati, atrofidagi
odamlar bilan muomalasi, tengdoshlari orasida o‗zini qanday his qilishi, yetakchilik hislatlariga
ega bo‗lishi yoki ega bo‗lmasligi, kerak bo‗lsa, dunyoqarashi — bularning barchasi avvalo
uning tug‗ma tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasiga uzviy bog‗liq ekanini hayot
tajribasi ko‗p misollarda tasdiqlab beradi‖.
15
Ushbu sohada olib borilgan ko‗p yillik ilmiy izlanishlarimiz natijalarining ko‗rsatishicha,
10
o‗sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasining o‗zluksizligini quyidagi ko‗rinishda
olib
borish
maqsadga
muvofiq
ekan:
Tarbiya inson umrining oxirigacha davom etadigan jarayon bo‗lib (inson umrining
oxirigacha o‗rganadi, degan naql asosida tarbiyalanib), doimiy ravishda rivojlanib,
takomillashib, komillikka intilib yashaydi.
Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun
hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta‘sir ko‗rsatishga qodirdir va odatda
ta‘sir ko‗rsatadi. Oila va mahallaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota- onalarning
o‗ziga xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, qo‗ni-qo‗shniligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi,
burch hissi, obro‗ligi va hokazolar bilan ta‘minlanadi. Oila va jamoatchilik hamkorligidagi
tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati yana shundaki, insonning kichiq bolalik paytidagi oilada
egallagan narsalari bir umr saqlanib qoladi.
1.
Oila tarbiyasi orqali bola ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlar,
yashashdan maqsad haqida dastlabki tasavvurlar hosil bo‗ladi. Oilada shaxsning
ijtimoiy-qimmatli fazilatlari o‗sa boshlaydi. O‗zbekiston sharoitida oilaviy tarbiya
mazmuni tashkil etilishiga oid pedagogik omillar mavjudki, bularni hisobga olishga
majburdirmiz. Bola maktabga qadam qo‗yganda yaxshi va yomon narsalar haqida o‗z
tasavvuriga ega bo‗ladi. O‗qituvchi bolada qanday axloqiy tushunchalar mavjudligini
va axloqiy fazilatlar qanday sharoitda shakllanganligini ham bilmog‗i kerak. Shuning
uchun ham muallim o‗quvchilarning ota-onalari , kerak bo‗lsa uning mahallasi bilan
aloqa bog‗lab, bolani tarbiyalashda ular bilan hamkorlikni yo‗lga qo‗yishi darkor.
Tarbiyaning samaradorligi ko‗pincha oila, mahalla va maktabning bolaga nisbatan bir
xil talab qo‗ya bilishiga bog‗liq. Shuning uchun ham azaldan Sharqda o‗qituvchi bilan
ota-onalarning o‗zaro munosabatlari, muomalasiga katta e‘tibor beriladi, muallim oila
bilan aloqa va hamkorlik qilmasdan turib, bolani axloqiy tarbiyalash vazifasini bajara
olmaydi. Chunki maktab oilada shakllangan axloqiy fazilatlarni mustahkamlashi yoki
illatlarni yo‗qotishi lozim bo‗ladi. Maktabda bolaga chuqur bilim, ta‘lim-tarbiya
mafkuraviy g‗oya, o‗zbekona milliy qadriyatlar, halol mehnat, biror bir kasb-hunarni
egallashlari uchun mustahkam poydevor yaratishdek mas‘ul vazifani zamonaviy talab
darajasida amalga oshirish lozim. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda
maktabni oila bilan bog‗lamasdan, muvaffaqiyatga erishib bo‗lmaydi. Shuning uchun
maktab ota-onalar o‗rtasida ta‘lim-tarbiyaga oid ishlarni kengaytirishi lozim.
O‗qituvchilarning, mahalla faollarining ota-onalar bilan bo‗lgan uchrashuvida aytgan
fikrlari ayniqsa, ota-onalar uchun qimmatlidir, chunki ular o‗z farzandlari to‗g‗risida
ko‗proq narsalarni bilib oladilar. Shunday ekan, bola tarbiyasining tub mohiyatini
unutgan har bir ota-ona oila, mahalla va maktab o‗rtasidagi hamkorlikni
mustahkamlashga intiladi. Bola maktabga kirib, to uni tamomlab chiqqunga qadar ota-
ona maktab bilan yaqin aloqa o‗rnatishi, farzandining o‗zlashtirishi, xulq-atvoridan
hamisha xabardor bo‗lishi tarbiya masalalari bo‗yicha o‗qituvchi, sinf rahbari bilan
maslahatlashib, uni darsdan so‗ng bolani nima bilan mashg‗ulligidan xabardor qilishi
lozim.
2.
O‗z navbatida o‗qituvchi ham bolaning o‗qishi, odobi, xulqi, maktabda
o‗zini tuti bilishi haqidagi ma‘lumotlarni ota-onaga yetkazishi, zaruriyat tug‗ilganda
hosil bo‗lgan muammolarni ota-ona, zaruriy hollarda ba‘zan mahalla oqsoqoli bilan
birgalikda hal etishi zarur. Shundagina o‗quvchi oldiga bir hil talab qilishiga erishiladi.
Bolasi maktabga borgan ota-ona shu jamoaning a‘zosiga aylanadi. Shu sababli ota-
onalar maktabning ijtimoiy hayotida faol qatnashishlari shart.
Demak, sharqona tarbiyaning uch teran ildizi bo‗lgan, maktab, oila va jamoatchilik
11
hamkorligi bolalar tarbiyasida asosiy hal qiluvchi bo‗g‗in bo‗lib, bunda o‗qituvchi-tarbiyachi
(ota-ona)larning bir maqsadga yo‗naltirilgan tarbiyaviy ishlari muammoni ijobiy hal etuvchi
omil hisoblanadi. Yuksak taraqqiyot va intellektual rivojlanish davrida mamlakatimizda komil
farzand tarbiyalash uchun oila, maktab va jamoatchilik, (mahalla)ning hamkorligi milliy
farovonlik asosidir. Har bir millat o‗ziga xosligi, milliy madaniyati, milliy adabiyoti, milliy tili
va shu millatning ruhiy tarzini majmuasida, ya‘ni milliy ruhiyatida o‗z ifodasini topadi.
Binobarin, xalq va elat ma‘naviyati va ruhiyatini yosh avlodga singdirish ishini oiladan
boshlash kerak. Oilada farzand tarbiyasining pedagogik-psixologik xususiyatlarini analiz
qilinganda, ahloqiy tarbiyani izchil va tartibli amalga oshirishda oila muhim rol o‗ynaydi. Inson
ahloqiy, ma‘naviy va ruhiy qiyofasining poydevori oilada qo‗yiladi.
3.
Psixologiyadan shaxs rivojlanishining yosh davrlari to‗g‗risidagi
qarashlarda ham deyarli asosiy e‘tibor dastlabki yosh bosqichlariga qaratilgan
(L.S.Vigotskiy, D.B.Elkonin, Z.Freyd). Bola tarbiyasi eng murakkab faoliyatlardan
biri hisoblanadi. Agar bolani to‗g‗ri tarbiyalash amalga oshirilmasa, ayrim hatti-
harakatlari kutilmagan ko‗ngilsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bolaning oiladagi
tarbiyasi bilan ta‘lim-tarbiya jarayonidagi munosabatlari orasida ko‗pgina tafovutlar
ko‗zatiladi. Ayrim hollarda bolaning oilada ota-onasi tomonidan ko‗rsatilayotgan
ortiqcha hayrihohlik, erkalashlar, uning hohish istagiga ko‗ra talablarini qondirishlari
atrofdagi tengdoshlari bilan munnosabatlarida tafovutlarga olib kelayotganligi
amaliyoti
ko‗zatilmoqda.
Shuningdek,
pedagog-murabbiy
bilan
ota-ona
munosabatlardagi nomutanosiblik ham bola tarbiyasi uchun salbiy ta‘sir ko‗rsatmoqda,
deyish mumkin. Ko‗p hollarda ota-onalar farzandlaridagi injiqlik, ―gapga quloq
tutmaslik‖,
e‘tiborsizlik,
qaysarlik
va
boshqa
shu
kabi
salbiy
odatlarning xulq-atvorida uchrayotganlik sabablarini bilmasliklari, bu borada
o‗qituvchilari bilan bamaslahat ish tutmasliklari oqibatidir.
4.
Farzand tarbiyasida sharqona odatlar, azaliy udumlarga, otabobolarimiz,
ajdodlarimizdan qolgan tajriba va milliy an‘analarimizga tayaniladi.Buning uchun
otalar o‗zbek xalqining asrlar davomida yaratgan,avloddan avlodga o‗tib kelayotgan
tarbiya tizimidan boxabar bo‗lishi, uning tarbiyaviy ahamiyatini bilishi kerak.
Farzandning har tomonlama yetuk inson bo‗lib yetishishi oiladagi ta‘lim- tarbiya
muhitiga, ota- onaning bilim darajasiga va ma‘naviy hayot ilmidan xabardorligiga
bog‗liqdir. Hakim Sulaymon ta‘kidlaganlaridek, —Ota qodiri qayum ( qudratli
tarbiyachi ) va ona roziqi marsum ( qonuniy rizq beruvchidir)». Darhaqiqat,otalik
buyuk tuyg‗u bo‗lishi bilan birga, katta mas‘uliyat hamdir. Qudratli tarbiyachi bo‗lish
otadan tarbiyaviy, axloqiy, iqtisodiy va psixologik yetuklikni talab etadi. Chunki u
farzandi uchun ibrat, o‗rnak vazifasini o‗taydi.
5.
Unsur al-Ma‘aliy Qaykovus ham o‗zining ―Qobusnoma‖ asarida farzand
tarbiyasiga oid durdona fikrlarni keltirib o‗tadi: ―Ey farzand, agar farzanding bo‗lsa,
anga yaxshi ot qo‗yg‗il, nedinkim, otadan farzand haqlaridin biri, unga yaxshi ot
qo‗ymoqdur. Yana biri uldurkim, farzandni oqil va mehribon doyalarga
topshirg‗aysan. Sunnat qilur vaqtida sunnat qilg‗aysan, qudratingga loyiq to‗y-
tomosha qilg‗aysan hamda o‗qishni o‗rgatg‗aysan. Ulug‗roq bo‗lg‗ondin so‗ng, agar
raiyat (xalq) bo‗lsang, unga hunar va kasb o‗rgatgaysan, agar sipoh ahli (harbiy
kishilar)din bo‗lsang, sipoh ilmin o‗rgatgaysan. Bularni bilg‗ondan so‗ng shinovarlik,
ya‘ni suvda yuzmakni o‗rgatg‗il. Bas, kerakdurkim, har turlik fazl va hunarin
farzandingga o‗rgatg‗aysan, to otalik shafqati shartin bajo keltirmish bo‗lg‗aysan.
Kishi boshiga na ish tusharin bilmag‗usidur, fazl va hunar ishga yarag‗usidir‖.
16
Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008 йил, 55-бет
12
Shuningdek bola psixologiyasi va unda ota-onalarning roli qanday bo‗lishi haqida
―Qobusnoma‖da quyidagi durdona fikrlar ham kltirilgan: ―Bolalarga muallimlar adab
bersunlar, toki sendan o‗g‗lingning ko‗nglida gina qolmasin. Ammo uning ko‗ziga
o‗zingni haybatlig‗ ko‗rgo‗zg‗il, to seni xor tutmasin va u hamisha sendin hayiqib
yursin. U bir narsani orzu qilsa, qudrating yetguncha undin ayamag‗il. Farzandga adab,
hunar o‗rgatmakni meros deb bilgil. Agar sen xoh unga adab o‗rgatg‗il, xoh
o‗rgatmagil turmush mashaqqatlarining o‗zi unga o‗rgatur. Undoqkim debdurlar, ota-
ona tarbiyalamasa, kecha va kundo‗z uni tarbiyalaydurlar‖.
6.
Oilada qat‘iy intizom va kun tartibining bo‗lishi bolalar tarbiyasiga
ijobiy ta‘sir qiladi. Farzandlarning bilim olishdagi yutug‗i, ahloqi, salomatlik darajasi
ko‗p jihatdan oilada qaror toptirilgan rejimga bog‗liq. Ota-onaning ibrati, bu rejimga
oqilona amal qilib namuna bo‗lishlari zarur.
7.
Oila o‗ziga xos turmush o‗chog‗idir. Bundan mehnat asosiy o‗rin
egallaydi. Farzandlar ota-onadan mehnat qilishga mustaqilikka, shaxslararo ibratli
munosabatga o‗rganadi.
8.
Agar oilada ota-onalar halol mehnatlari evaziga mehnat kechirayotgan
bo‗lsalar, bunday oiladagi bolalar hayotda munosib inson bo‗lib yetishadilar. Farzand
hayot haqidagi, yaxshilik va yomonlik, yoki zararli tushunchalarni birinchi
bor oiladan oladi. Farzandlarni mehnat orqali tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etadi.
Chunki qadimdan mehnat tarbiyaning asosi bo‗lib hisoblangan. Inson tarbiyasi
mehnatga bo‗lgan munosabatiga qarab belgilandi.
9.
Farzand tarbiyasi ota-onalardan maxsus pedagogik va ruhiyat bo‗yicha
bilimlar, alohida ko‗nikmalar bo‗lishini qat‘iy ravishda talab qilmasalar doimiy yuz
beradigan tarbiya muammolarini to‗g‗ri hal qilish ustida fikr yuritishni taqazo etadi.
10.
Ota - oila boshlig‗i, posbondir. Oilada otaning raxbarlik va
yo‗lboshchilik roli to‗g‗risida ulug‗ insonlar, buyuk siymolar hikmatli so‗zlar
aytishgan. Jumaladan, shoir Alisher Navoiy farzandlarni o‗z ota-onalarini qadrlashga
da‘vat etib: ―Birisin oy angla, birisin quyosh‖, deya madh etadi.
11.
Oilada o‗z hatti-harakati bilan farzandga namuna ko‗rsatishi kerak.
Otaning serqirra hayoti farzandni oqil qilur, otaning xudbin hayoti farzandni qotil
qilur. Murg‗ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oiladan oladi. Farzand ota-onaning
og‗ushidan, iliq nafasidan, qalb haroratidan bahra olib o‗sadi. Shuning uchun ota- ona
farzandlarining birinchi tarbiyachisi deyiladi. Tarbiyani to‗g‗ri yo‗lga qo‗yishning
asosiy vositasi uning ma‘naviy olamida e‘tiqodni shakllantirishdir. Bunga do‗q-
po‗pisa, buyruq berish bilan erishib bo‗lmaydi.
12.
Ota-ona, oilada oila qadrli bo‗lishini o‗rgatish uchun ular turli yoshdagi
farzandlari ruhiy dunyosiga mos muomala qilishlari darkor. Ota-onalar farzandlari
davrasida obro‗ orttirish uchun ularning ruhiy dunyosiga asta-sekin kirib borishlari
ayni muddaodir.
13.
Ota-onalar farzandlarining fe‘l-atvori, xulqi, qobiliyati, qiziqishi, ruhiy
dunyosini chuqur bilgan taqdirdagina oilada ruhiy iliq iqlim yaratishi mumkin. Oilada
kattalar obro‗si qo‗rqitish asosida vujudga kelmasdan, balki samimiylik, hurmat
zamirida qurilishi muhimdir. Oiladagi katta-kichiq insonlarni yurish-turishi, inoqligi,
hatti-harakati, qiyinish madaniyati, mehnat faoliyati, dunyoqarashi, murg‗ak qalbiga
o‗zgacha yangi timsollarni olib kiradi.
16
Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008 йил, 55-бет
13
14.
Kichiq yoshdagi bolalar tarbiyaga beriluvchan va kattalarga ishonuvchan
bo‗ladilar. Ota-onalar bu holatni hisobga olishlari shart. Farzandlarda salbiy
illatlarning shakllanishi atrof-muhitning, ularning ruhiy asabiylashishi yoki erishmagan
ehtiyojlari, shaxsining tan olinmasligi, ortiqcha tanbehlarning oqibati bo‗lishi
shubhasiz. Bundan ko‗rinadiki, ota-ona ta‘lim-tarbiya jarayonining boshlang‗ich
davrlaridanoq bola tarbiyasiga e‘tiborli bo‗lishlari, zarur hollarda mutaxassislar bilan
maslahatlashishlari, bolaning kamchiliklarini ogohlantirish bilan bir qatorda uning
yutuqlarini rag‗batlantirish, bolani o‗yin orqali undagi ruhiy toliqish, asabiylik,
jizzakilik, qaysarliklardan holi bo‗lishlikka erishish mumkin. ―Oilaviy tarbiya
masalasida xatoga yo‗l qo‗ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma‘naviy
iklimni o‗zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddao
bo‗lur edi‖
16
.
Mustaqil yurtimiz yoshlarning bugungi ma‘naviyati, ma‘rifati, ertangi kelajagi buyuk davlat
poydevorining qanchalik mustahkam bo‗lishini belgilovchi omillardan biridir.
Ma‘lumki, shaxsni uning ma‘naviy qiyofasi tanitadi. Ma‘naviyatning ibtidosi esa
tarbiyadir. tarbiya esa bilim-zakovat bilan shakllantiriladi. Ibn sino aytganidek, ―Ruh -
shamchiroqqa, bilim - ana shu shamchiroqdan taralayotgan yog‗duga, Allohning zakosi -
moyga o‗xshaydi. Shamchiroq yonishdan to‗xtamas ekan - sen tiriksan. Agar u o‗chsa - sen
o‗liksan‖
1
.
Insoniyat tamonidan o‗nlab ming yilliklar davomida yaratilgan o‗zgarmas qadriyatlar
orasida oila eng buyugi hisoblanadi. Hech bir millat, hech bir madaniy jamiyat oilani chetlab
o‗tmaydi.
Er kishi, umuman, oilaning tinchligi to‗g‗risida qayg‗urish bilan birga, eng muhim
ta‘minotlar bo‗lgan ozuqa, kiyim-kechak, boshpana bilan ta‘minlashga mas‘uldir. Ushbu
mas‘ullik shariat nuqtai nazaridan vojib deb qaraladi. Ya‘ni, ushbu mas‘uliyatni bajarmagan
odam Alloh taolo oldida qattiq gunohkor hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikricha, tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi.
Demak, biz farzandimizga besh yoshgacha nima qilgan bo‗lsak, bu tarbiyaviy jarayonning 90
foizini tashkil etadi. Keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi. Ana shu
jarayonda bola tarbiyasiga o‗ta e‘tiborli bo‗lishimiz lozim. O‗g‗il-qizlarimizning qalbi va
ongida sog‗lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‗usini
shakllantirish, ularni har jihatdan barkamol etib tarbiyalash maqsadga muvofiq. O‗z navbatida,
farzand tarbiyasida onaning mehri otaning talabchanligi, lozim bo‗lganda qattiqqo‗lligi bilan
mushtarak bo‗lmog‗i kerak. Oilada ayniqsa otaning o‗rni beqiyos.
O‗z o‗rnida, farzand tarbiyasida onaning ham o‗ziga xos o‗rni borligini inkor etib
bo‗lmaydi. Olimlarning tadqiqotlariga ko‗ra, o‗z onasi tarbiyasini olgan, uning g‗amxo‗rligi,
mehrini doimo his etib turgan bolalar butunlay o‗zlarini jamoat ishlariga baxshida qilib,
farzandlaridan o‗zilib qolgan onalarning bolalariga qaraganda sog‗lom, aqlli, tarbiyali va
ko‗ngilchan bo‗lib ulg‗ayishar ekan. AQShda o‗tkazilgan tadqiqotlarda qamalganlarning
yarmidan ko‗pi ona mehriga to‗ymagan yoshlar ekani ma‘lum bo‗lgan. Farzandga mehr degan
ulug‗ tuyg‗uni onadan boshqa hech kim bera olmasligi ushbu misoldan ham yaqqol ko‗rinib
turibdi. Yana shuni ham ta‘kidlash kerakki, oilada farzand tarbiyalashda bobo va buvilarning
tajribalariga tayanish an‘anaviy qadriyatlarimizning uzviy qismi bo‗lib kelgan. Yoshi ulug‗
otaxon-onaxonlarimizning o‗z nevaralariga bergan: suvga tupurma, nonni ko‗zingga surt,
kattaga hurmatda, kichiqka izzatda bo‗l, haromdan hazar qil, odob-axloqli bo‗l singari hayotiy
o‗gitlari, pandnasihatlari ularning kelgusida har tomonlama yetuk, ma‘naviy barkamol, komil
shaxslar bo‗lib yetishishiga sabab bo‗lganiga tarixda misollar juda ko‗p. Bu o‗rinda birgina
1
Х,акщат манзаралари. 96 мумтоз файласуф. - Т.: Янги аср авлоди, 2002 йил, 197-бет.
86
16
Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008 йил, 55-бет
14
Mirzo Ulug‗bekni buvisi Bibixonim tarbiyalagani haqida to‗xtalish kifoY.
―Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu savolga javoban:
birinchi - uy tarbiyasidur. Bu Onalarning vazifasidur. Ikkinchi - maktab va madrasa
tarbiyasidur. Bu Otalar, muallim, mudarris va Hukumat vazifasidur. Menga savol berurlar:
Qaysi onalarni aytursiz? Bilimsiz, boshi paxmoq, qo‗li to‗qmoq onalarnimu? O‗zlarida
bo‗lmagan tarbiyani qanday berurlar? Qaysi ota? To‗ychi, uloqchi, bazmchi, do‗mbirachi,
karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni ko‗zi qiymagan, zamondan
xabarsiz otalarnimi aytursiz? Avval ularni o‗zlarini o‗qutmaqlik kerakdur.Bu so‗zlar kishini
yuragini ezar, bag‗rini yondirur...‖ Yirik ma‘rifatparvar alloma Abdulla Avloniyning bir necha
yillar muqaddam keltirgan so‗zlari hamon o‗z dolzarbligini yo‗qotmagan. Yoshlar tarbiyasini
—hayot-mamot masalasi», deb ta‘riflagan mutafakkir naqadar haq ekanini barchamiz yaxshi
bilamiz.
Chunki
tarbiyasi
mo‗rt
yoshlardan
jamiyat,
mahalla
yoki
oila
uchun hech qanday naf yo‗q. Yoshlarning hayotda adashishi, to‗zatib bo‗lmas xatolari
tarbiyada yo‗l qo‗yilgan xato yoki befarqlikning achchiq in‘ikosidir.
Imom G‗azzoliyning "Ihyou ulumiddin" kitobida Asmo binti Xorijaning turmush
qurayotgan qiziga nasihatlari keltiriladi: "Qizalog‗im, o‗sib-ulg‗aygan o‗yingdan chiqding
va o‗zing tanimaydigan va oldin yaqin bo‗lmagan kishining uyiga ketding.
U uchun yer bo‗l, senga osmon bo‗ladi.
U uchun o‗rin bo‗l, senga ustun bo‗ladi.
U uchun cho‗ri bo‗l, senga u qul bo‗ladi.
Unga xiralik qilma, yoqtirmay qoladi.
Ya‘ni, hadeb undan har narsani talab qilaverma, zada bo‗ladi.
Undan o‗zoqlashma, esdan chiqarib qo‗yadi.
Senga yaqin bo‗lsa, unga yaqin bo‗l.
Sendan o‗zoqlashsa, undan o‗zoq bo‗l.
Uning burni, qulog‗i va ko‗zini muhofaza qil,
Sendan faqat shirin hidlasin,
faqat go‗zal so‗z tinglasin va sening chiroyingni ko‗rsin".
Mazkur rivoyatda qiz bolani nikohga tayyorlashning ibratli tomonlari mujassam.
Aslida ham farzandlarda eng oliyjanob fazilatlarni tarbiyalash o‗zbek oilasining
azaliy qadriyatlaridandir. Ayniqsa, farzandlarning jins tarbiyasiga o‗zbek oilasida ota-onalar
alohida e‘tibor qaratilib kelishgan. Jumladan, qiz bolalarni yoshi ulg‗aygan sari oilaviy
hayotga tayyorlash, ularni yangi oilada odob-axloq meyorlariga, urf-odatlarga, oila
yumushlariga va hayotning nozik sohalariga puxta tayyorlab borish vazifasi ayniqsa, onadan
juda katta mehnat talab qiladi. Farzandlar mustaqil oila qurishganda oilasi mustahkam
bo‗lishi ham qiz bolalarning o‗z oilalarida olib ketgan tarbiyasiga bog‗liqligini barcha
yaxshi anglaydi. O‗zbek oilasida onalar qiz bolaning jins tarbiyasi bilan shug‗ullanib
kelganlar. Qiz farzandiga onasining —Sen qiz bolasan.», ―Katta bo‗lsang kelin bo‗lasan.‖ -
deya qulog‗iga sirli so‗zlarni quyishi, ehtiyotkor bo‗lishi, nomusini saqlash kabi
mas‘uliyatni yuklashi qiz bolaning o‗z jinsi xususiyatlarini erta anglashiga va o‗zini keyingi
hayotga tayorlashiga tartki bo‗ladi. Qizlar bolalikdan oilada, opa-singillari, va qo‗ni-
qo‗shnilari va tengdoshlari bilan o‗ynaydigan o‗yinlar ularda jinsga xos sifatlarni
shakllantiradi. Oilada qizlar bolalikdan ―Xola-xola‖, ―Mehmon-mehmon‖ kabi milliy
o‗yinlarni o‗ynash jarayonida nazokat, ibo, o‗zini tutish kabilar onasi tomonidan o‗rgatib
boriladi. Qiz bolani o‗yinda turli rollarni o‗ynashi kelajak turmushga tayyorgarlik vazifasini
o‗taydi. Bu kabi jarayonlar qiz bolalarning o‗smirlik davrida ro‗y beradigan psixologik,
fiziologik va garmonal o‗zgarishlarga ham tayyorlaydi. Shuning uchun, o‗smir qizlarda
inqiroz holat lari yengilroq kechadi.
2-
masalaning bayoni: Bolaning ulg‗ayib shaxs sifatida kamolga
yetishida ota-ona tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‗rinda savol tug‗iladi. Xo‗sh,
tarbiya o‗zi nima, u qanday ma‘noni anglatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |