Ohak skeletli g‟ovaktanlilar (Calcarea, ya‟ni Calcispongia) sinfi. Skeleti to‘rt, uch
yoki bir uqli ohak ninalardan iborat. Dengizlarning uncha chuqur bo‘lmagan joylarida uchraydi;
tanasi uncha yirik bo‘lmaydi. Askon, sikon yoki leykon tipida tuzilgan. Asosiy turlari Sykon,
Leykon urug‘lariga kiradi (27-rasm).
Shishasimon skeletli g‟ovaktanlilar (Hyalospongia) sinfi. Kattaligi 50 sm gacha,
dengizlarning chuqur qismida yashaydi. Tanasi naysimon, xaltasimon, ba‘zan qadahsimon yoki
silindr shaklda. Yakka holda yashovchi turlari sikonoid shaklda. Kremniy ninalari uch o‘qli, juda
xilma-xil tuzilgan. Ko‘pincha nina uchlari yopishib panjara hosil qiladi. Mezogleysi yaxshi
rivojlanmagan. Euplectella avlodiga mansub ayrim turlarining I m yetadigan silindrsimon tanasi
uzunligi 3 m gacha bo‘lgan poya yordamida suv tubiga qadalgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |