O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Ildiz  xivchinlilar-  Rhizomastigina  turkumi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Ildiz  xivchinlilar-  Rhizomastigina  turkumi  sarkodalilar  va  xivchinlilar  tuzilish 
xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ularda  1-3 ta xivchin bilan birga psevdopodiylar bor. 
Bu  turkumga  mansub  mastigamyoba  -  Mastigamoeba  aspera  kattaligi  100  mkmga  yaqin, 
botqokdiklarda uchraydi (10-rasm). 
Kinetoplastidlar  (Kinetoplastida)  turkumi.  Bu  turkumga  mansub  hayvonlarda  xivchin 
bilan  bog‘langan  maxsus  organ  -  kinetoplast  bo‘ladi.  Ayrim  turlari  (Bodo)  erkin  yashaydi. 
Asosiy ko‘ pchilik turlari parazit hayot kechiradi. 
Bodolar  10-25  mkm  kattalikdagi  ikki  xivchinli  hayvonlar.  Sitoplazmasining  xivchinlar 
asosida  joylashgan  qismida  pellikula  bo‘  lmaydi.  Ular  bu  joy  orqali  bakteriyalarni  yutib, 
oziqlanadi. 
Parazit xivchinlilar. Kinetoplastidlar orasida odam va umurtqali hayvonlar qonida parazit 
yashovchi tripanozomalar katta patologik ahamiyatga ega. Ularning tasmasimon yassi hujayrasi 
20-70 mkm  keladi.  Oldingi  tomonida joylashgan bitta xivchini  tanasi  yoni  bo‘  ylab orqaga  yo‘ 
nalgan.  Xivchin  yupqa  hilpirovchi  membrana  yordamida  ektoplazmaga  tutashgan.  Bazal 
tanachasi  (kinetoplast)  xivchin  asosida  endoplazmada  joylashgan.  Uyqu  kasali  tripanozomasi  -
Trypanozoma rhodesiense tropik Afrika xalqlarida og‘ir uyqu kasalini keltirib chiqaradi. Parazit 
qon  plazmasi  va  limfa  suyuqligida  yashaydi.  Keyinroq  orqa  miya  suyuqligiga  o‘tib  oladi. 
Kasallanish  alomatlari  isitmalashdan  boshlanib,  sekin-asta  organizm  og‘ir  xastalikka  chalinadi. 
Kasal kishi ko‘p uxlaydi; davolash choralari ko‘rilmaganda juda ozib halok bo‘ ladi. Uyqu kasali 
tripanozomasi tabiatda yovvoyi hayvonlardan antilopalar qonida uchraydi. Tripanozomani se-tse 
chivinlari (Glossina morsitans, G.palpalis) antilopalardan odamga  yuqtiradi. Chivinlar ichagida 
parazit  bo‘linib  ko‘payadi; tana suyuqligi orqali  dastlab  chivin  so‘lak  bezlariga, so‘ngra uning 
xartumiga o‘tib oladi. Odam qoniga o‘tgan parazitlar plazmada  yana jinssiz bo‘linib ko‘payadi. 
Parazit hayvonlarga ziyon keltirmaydi. Antilopalar kasallikning tabiiy manbasi, se-tse chivinlari 
esa kasallik qo‘zg‘atuvchining tarqatuvchisi hisoblanadi. 
         Tripanozomalarning  bir  qancha  turlari  uy  hayvonlarida  og‘ir  kasallik  keltirib 
chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida qora mollarda parazit qiluvchi Trypanosoma brucei so‘ 
nalar yordamida tarqaladi. Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekistonda va Ural oblasti cho‘llarida 
tuyalar, otlar va eshaklarda og‘ir "suv og‘rig‘i" kasalini Trypanosoma evansi  keltirib chiqaradi. 
Bu  tripanozoma  ham  so‘nalar  orqali  tarqaladi.  Otlarda  kuyikish  kasalini  qo‘zg‘atuvchi 
Trypanosoma equiperdum bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa orqali o‘tadi. 
Ayrim  tripanozomalar  o‘simlik  to‘qimalarida  yashashga  moslashgan.  Masalan, 
leptomonas (Leptomonas davidi) Janubiy Amerikada kofe daraxti bargini sarg‘ayib to‘kilishiga, 
ba‘zan qurib qolishiga sabab bo‘ladi. 
Leyshmaniyalar (Leishmania) ham tripanasomalarga birmuncha o‘xshash tuzilgan, lekin 
odam  terisida  va  ichki  organlarida  parazitlik  qiladi.  Ular  hujayra  ichida  parazitlik  qilganidan 
xivchin  hosil  qilmaydi,  harakatsiz  bo‘ladi.  Uzunligi  4-7  mkm  bo‘lgan  bu  parazitlarning 
ovalsimon  hujayrasida  bitta  yadrosi  va  kinetoplasti  bor.  Leyshmaniyalarning  ikki  turi  odamda 
parazitlik  qiladi.  Tropik  leyshmaniya  (L.  tropica)  yuz,  qo‘l  va  oyoqlar  terisida  parazitlik  qilib, 


surunkali pendinka yarasini paydo qiladi. Bu yara O‘rta Osiyo xalklari o‘rasida yomon yara yoki 
pashshaxo‘rda  nomi  bilan  ma‘lum.  Bunda  dastlab  terida  kichikroq  shish  paydo    bo‘ladi.  Shish 
yiriklashib, surunkali ochiq yaraga aylanadi. Yara 1,5-3 yildan keyin tuzalib, uning o‘rni chandiq 
bo‘lib  qoladi.  Tabiatda  leyshmaniya  kemiruvchilar  (yumronqoziq,  kalamushlar)  va  yirtqich 
sutemizuvchilarda  parazitlik  qiladi.  Bu  hayvonlar  leyshmaniyaning  tarqalish  manbasi 
hisoblanadi. Kemiruvchilar inida yashaydigan iskabtoparlar (Phlebotomus pappatasii) hayvonlar 
qonini so‘rganida leyshmaniyani  o‘ziga  yuqtiradi.  Iskabtoparlar ichagida  leyshmaniya bo‘linish 
orqali  tez  ko‘payadi.  Xivchini  paydo  bo‘lganidan  so‘ng  harakatlana  boshlydi.  Leyshmanioz  
Shimoliy  Afrika,  Janubiy  Yevropa  va  Janubi-G‘arbiy  Osiyoning  bir  qancha  mamlakatlarida, 
O‘zbekistonning  janubida  tarqalgan.  Cho‘l  mintaqasida  uning  tabiiy  manbai  asosan 
yumronqoziqlar ini bilan bog‘liq.  Leyshmaniyalar ham  tripanosomalar singari tabiatda  yovvoyi 
hayvonlar  organizmida  mavjud  bo‘lib,  hasharotlar  orqali  yuqadi.  Rus  parazitologi  YE.  N.  Pav-
lovskiy  odamlar  va  hayvonlar  o‘rtasida  bo‘g‘imoyoqlilar  orqali  aylanib  yuradigan  kasalliklarni 
tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb atagan. 
Odam jigari, talog‘i va limfa bezlarida parazitlik qiluvchi Leishmania donovani kala-azar 
og‘ir ichki  leyshmaniozni  paydo qiladi.  Bu kasallikni ham  iskabtoparlar  yuqtiradi.  Kasallangan 
kishida  kamqonlik  paydo  bo‘lib,  u  ozib  ketadi.  Jigar  va  talog‘i  shishib  halok  bo‘lishi  mumkin. 
Kala-azarni qo‘zg‘atuvchi leyshmaniya paraziti tabiatda itlar qonida yashaydi. Kala-azar Janubiy 
va  Shimoliy  Osiyo  va  Italiyada,  Turkmanistonning  ayrim  xududlarida  uchraydi.  Har  ikkala 
leyshmanioz bilan asosan bolalar kasallanadi. Kasallikdan doimiy keyin immunitet hosil bo‘ ladi. 
Shu sababdan odam leyshmanioz bilan faqat bir marta kasallanadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish