O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi. 
 


Jinsiy sistemasi - germafrodit. Tibbiyot zulugi tanasi o‘rta qismida joylashgan 9 juft urug‘ 
xaltalaridan  boshlanadigan  urug‘  yo‘  llari  tanasi  ikki  yonida  umumiy  urug‘  yo‘liga  quyiladi. 
Urug‘ yo‘llari tananing oldingi tomonida bitta umumiy urug‘ to‘kish nayiga qo‘shiladi. Urug‘ to 
kish nayi qo‘shilish organi ichida joylashgan. Bu organ tanadan tashqariga chiqarilishi mumkin. 
Urg‘ochi  jinsiy  sistemasi  bir  juft  tuxum  xaltalar  va  ular  ichida  joylashgan 
tuxumdonlardan  iborat.  Tuxum  xaltalaridan  boshlanadigan  tuxum  yo‘  llari  bachadonni  hosil 
qiladi. Bachadon muskulli keng jinsiy qin bilan bog‘langan. Urg‘ochisi jinsiy teshigi qorin tomo-
nda, erkaklik jinsiy teshik orqasida joylashgan. 
Zuluklar  tuxumi  ichki  urug‘lanishi  bilan  kamtuklilardan  farq  qiladi.  Urug‘lanish 
spermatofor  orqali  ham  sodir  bo‘  ladi.  Urug‘lar  spermatofor  qopchiq  ichida  bo‘ladi. 
Individlardan  biri  spermatoforini  ikkinchisi  terisiga  tiqib  qoyadi.  Urug‘lar  teri  orqali 
parenximaga,  undan  jinsiy  sistemaga  o‘tadi.  Pilla  teri  bezlari  suyuqligidan  hosil  bo‘ladi.  Bu 
bezlar  tanasini  ma‘lum  bo‘g‘imlarida  (tibbiyot  zulugida  9-11  bog‘imlarda)  joylashgan.  Bu 
bo‘g‘imlar  kamtuklilar  belbog‘iga  mos  keladi.  Zuluklar  pillasini  suv  tubiga,  suv  o‘tlariga  yoki  
nam tuproqqa qoyadi. 
Qadimgi  zuluklar  (Archihirudinea)  kenja  sinfi.Tuban  tuzilgan  zuluklar.  Tanasining 
oldingi  beshta  bo‘g‘imida  parapodiylar  qoldig‘iIqillar  saqlanib  qolgan.  Selom  va  qon  tomirlari 
bo‘ladi.  Bitta  turkumi  (qildor  zuluklar-  Acanthobdellida),  ikkita  turi  ma‘lum.  Acanthobdellida 
peledina  shimoliy  o‘lkalar  va  Sibir  ko‘llarida,  A.ivanovi  Kamchatka  ko‘llaridagi  baliklarda 
parazitlik qiladi. 
Haqiqiy  zuluklar  (Euchirudinea)  kenja  sinfi.  Terisida  qillar  bo‘lmaydi.  Selomi 
reduktsiyaga  uchragan.  Qon  aylanish  sistemasi  to‘liq  yoki  qisman  reduktsiyaga  uchragan.  2 
turkumga bo‘linadi. 
1.  Xartumli  zuluklar  (Rhynchobdelida)  turkumiga  erkin  yashovchi  va  asosan  baliqlarda 
parazitlik qiluvchi zuluklar. Muskulli xartumining bo‘lishi bilan boshqa zuluklardan farq qiladi. 
Xartumini  og‘zidan  chiqarib,  o‘ljasiga  tashlanadi.  Ayrim  xartumli  zuluklar  baliqlarga  jiddiy 
ziyon  yetkazadi.  Baliq  zulugi-  Piscicola  geometra  karpsimonlar  qonini  so‘radi.  Ayrim  turlari 
issiqqonli  hayvonlarda  (masalan,  qushlarda)  parazitlik  qiladi.  Erkin  yashovchi  yirtqich  zuluk 
Glossiphonia  complanata  tuxumdan  chiqqan  naslini  qorin  tomonida  olib  yuradi.  Bu  zuluk 
chuchuk suv havzalarida keng tarqalgan, har xil mollyuskalarni tutib yeydi. 
2. Jag’li zuluklar  (Gnathobdella) turkumi.  Og‘iz bo‘shlig‘ida uchta  jag‘lari bor. Jag‘lari 
ko‘pincha  xityn  tishchalar  bilan  qoplangan.  Tibbiyot  zulugi  (Hirudo  medicinalis),  (87-rasm). 
Ukraina  va  Kavkazda  uchraydi.  Bu  zulukdan  tromb  hosil  bo‘lishi  bilan  bog‘liq  qon  tomirlari 
kasalliklari gipertoniya, sklerozning boshlang‘ich davrlari, insultning oldini olish va boshkalarni 
davolashda  foydalaniladi.  Zulukning  so‘lak  bezlaridan  qimmatbaho  dorivor  modda  girudin 
olinadi. Tibbiyot zulugi maxsus zavodlarda ko‘paytiriladi. 
Soxta pillali,  ya‘ni  soxta ot  zulugi  Haemopis sanguisuga  keng tarqalgan.  O‘rta Osiyoda 
bu  zuluk  tog‘li  hududlarda  tiniq  suvli  ko‘l  va  soylarda  uchraydi.  Soxta  ot  zulugining  jag‘lari 
kuchiz  rivojlangan.  Yirtqich  hayot  kechiradi,  chuvalchanglar  va  mollyuskalar  bilan  oziqlanadi. 
Ayrim  zuluklar  odamda  ham  parazitlik  qiladi.  Toshkent,  Samarkand,  Ashxobod  atrofida 
uchraydiga  Limnatis  turkestanica  suv  bilan  odam  halqumiga  o‘tib  qolganida  parazitlik  qilishi 


mumkin.  Qurukdikda  yashovchi  Haemodipsa  ceylonica  Shrilanka  va  Zond  arxipelagi  tropik  o‘ 
rmonlarida tarqalgan. Odam va sutemizuvchilar qonini so‘radi. 
Halqali  chuvalchanglar  filogeniyasi.  Ayrim  kiprikli  chuvalchanglar  va  nemertinalarda 
metameriyani ayrim organlarning tana o‘qi boylab ko‘p marta takrorlanishi tariqasida namoyon 
bo‘lishi,  troxofora  lichinkasini  kiprikli  chuvalchanglar  va  nemertinalarning  myullerov 
lichinkasiga  o‘xshashligi  halqali  chuvalchanglarni  kiprikli  yassi  chuvalchanglardan  kelib 
chiqqanligini ko‘rsatadi.  

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish