Sezgi organlari. Plastinkajabralilar suv tubidagi loyga ko‘milib olib, passiv hayot
kechiradi. Shuning uchun sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Jabralar asosida kimyoviy sezgi
organ osfradiy va pedal gangliylari yaqinida ikkita statotsist joylashgan. Ko‘zlari va
paypaslagichlari bo‘lmaydi. Ayrim vakillari, masalan, taroqchalar (Pecten) va yurakcha
(Cardium)ning mantiyasi chetlarida yoki sifonlari yaqinida ikkilamchi ko‘zchalar paydo bo‘lgan.
Taroqchada bunday ko‘zchalar soni bir necha yuztaga yetadi. Og‘iz oldidagi parraklar, mantiya
chetida yoki sifonlarga yaqin joylashgan o‘simtalar tuyg‘u vazifasini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |