Fan Jahon tarixi 8 sinf
I.Mavzu: Yevropada reformatsiya. Germaniyada dehqonlar urushi
Maqsad:
Ta’limiy maqsad; o’quvchilarga XVI asrda dinni isloh qilishga qaratilgan harakatning vujudga kelish shart-sharoitlari haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy maqsad; dinning va reformatsiyaning jamiyat hayotidagi o’rni haqida
Rivojlantiruvchi maqsad; reformatsiyaning mazmun mohiyati haqida
III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.
IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.
V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.
VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.
VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.
salomlashish
davomadni aniqlash
tarbiyaviy minut
VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
a) tashkiliy qism 3 daqiqa
b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa
c) yangi dars 15 daqiqa
d) dars yakuni 12 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni: Reformatsiya haqida. Reformatsiya-XVI asrda katolik cherkovi ta’limotini isloh qilish maqsadida Germaniyada bo’lib o’tgan va XVII asrning birinchi yarmida G’arbiy Yevropaning qator davlatlariga ham yoyilgan ijtimoiy harakatdir. Bu harakat oqibatida katolik cherkovida bo’linish yuz berdi. Zamon ruhiga mos, mutaassiblik va aqidaparastlikdan xoli, isloh qilingan yangi oqim protestantlik vujudga keldi.
Katolik cherkovining mavqei haqida. XVI asr boshlarida ham katolik cherkovi qudratli edi. Rim Papasining qudratini qavmlarning faqat Xudoga chuqur va sidqidildan ishonishigina belgilab qolmagan. Bu qudrat asosida Rim katolik cherkovining behisob boyliklarga egaligi ham yotardi. Zero, hamma-oddiy dehqondan tortib, to qudratli knyazlargacha o’z daromadining 1/10 qismini cherkovga tortiq qilardi. Ayni paytda cherkovning o’zi ham katta yer-mulk egasi edi. Bundan tashqari, indulgensiya savdosi ham cherkovga katta daromad keltirardi. Bu savdo orqali cherkov faqat sodir etilgan gunohnigina emas, kelajakda qilinishi mumkin bo’lgan gunohni ham kechirardi. Reformatsiyaning shart-sharoiti. XVI asrda Angliya va Fransiya qirollari mutlaq hokimiyatga ega bo’lib olgan bo’lsalar, Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surardi. Ya’ni, u mayda-mayda davlatlarga (knyazliklarga) bo’linib ketgan edi. Shu sababli, Germaniya imperatori amalda real hokimiyatga ega bo’lmagan. Shuning uchun ham Germaniyada katolik cherkovining ta’siri hamon qudratliligicha qolayotgan edi. Germaniya aholisi ham o’z hukmdorlariga, ham cherkovga tinkamadorni qurituvchi soliq to’lardi. Bundan tashqari, katolik cherkovi Germaniyada katta mol-mulkka ham ega edi. Arxiyepiskop va yepiskoplar esa amalda mustaqil knyazlar sanalardi. Germaniya
imperatorini saylab qo’yadigan 7 nafar eng qudratli knyazning 3 nafari arxiyepiskoplar edi. Rim cherkovi o’z daromadining katta qismini Germaniyadan olgan. Imperatorning esa Rimga yuboriladigan soliqlar miqdorini kamaytirishga kuchi yetmagan. katolik cherkovi Germaniya taraqqiyoti to’sig’iga aylangan siyosiy tarqoqlik va krepostnoylik munosabatlarining tayanchi ham edi.
Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.
XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish
Do'stlaringiz bilan baham: |