Magistrlik dissertatsiyasinning tuzilishi. Magistrlik dissertatsiyasi ishning
umumiy tavsifi, kirish, uch asosiy bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan
adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, ish hajmi 75 sahifadan tashkil topgan.
8
1-bob. “Hamlet” targediyasi – Shekspir ijodining cho`qqisi
1.1. Shekspir –jahon adabiyotining o`lmas namoyandasi
Buyuk ingliz dramaturgi va shoiri Vilyam Shekspir asarlari dunyoning
shunday bir mo`jizasidirki, ulardan hayratlanishdan inson toliqmaydi: tarix shaxdam
qadamlar bilan oldinga siljisa-da, hayot tarzi o`zgarsa-da, insonlarga bizdan yuzlab
yillar oldin yashab, ijod qilgan bu adibning ijod mahsuli suv va havodek zarur. Shu
sababdan uning asarlari mana to`rt asrdan ko`proq vaqtdan beri jahon adabiyoti va
teatr san`ati ixlosmandlarini hayratga solib keladi. Filologiya fanlari doktori Ibrohim
Haqqul ta`kidlaganidek, “Vilyam Shekspir ham “cherik chekmay” dunyoni zabt
etgan adabiyot qiroli edi. Jahonda qancha elat va xalq yashasa, Shekspir aytarli
hammasining mehr-muhabbatini qozongan.Dunyodagi biror bir til bo`lmasa kerakki,
Shekspir qahramonlari unda gapirmagan bo`lsa. Shekspir dahosi − bu eng oliy
madaniyat tarozusi demak.”
5
Vilyam Shekspir 1564-yili Angliyaning Eyvon daryosi sohilida joylashgan
Stradford shahrida tug`ilgan. U o`ziga to`q, serfarzand oilaning uchinchi bolasi edi.
Otasi Jon Shekspir Stradford hokimi vazifasida ham ishlagan. Vilyam oilada yaxshi
tarbiyalangan, maktabda muhabbat bilan o`qigan.
Shekspir 23 yoshida Londonga ko`chib ketadi. U yerda teatr jamoasiga
qo`shiladi. Avval Jeyms Berbej rahbarligidagi truppada faoliyat ko`rsatib,
keyinchalik «Globus» teatrida ishlaydi.
Ijodining ilk bosqichida Shekspir she`r, doston, komediya, xronikalar yozgan.
«Richard III», «Richard II», «Qirol Ioan», «Genrix IV», «Genrix V» kabi qator
dramalar, shuningdek, «Yoz kechasidagi tush», «Venetsiya
savdogari»,
«Bunisiga nima deysiz» deb nomlangan, ko`ngilga shodlik, quvnoqlik bag`ishlovchi
komediyalar bitgan.
6
5
Вильям Шекспир. Сайланма.Биринчи жилд. −Тошкент: Фан, 2007, 6−бет.
6
Аникин Г.В., Михальская Н.П. История английской литературы. М., «Высшая школа», 1975.
9
Shekspir hayot va turmush quvonchlaridan qayg`uga qarab yurgan, odam
taqdiri, ruhiyatidagi ziddiyatlarini butun keskinligi, shafqatsizligi ila yoritishga
kirishgan ijodkor edi. «Romeo va Julyetta», «Yuliy Sezar»da bu tamoyil dastlabki
ifodasini topgan. 1601-1608 yillar oralig`ida yaratilgan «Hamlet», «Otello», «Qirol
Lir», «Makbet», «Antoniy va Kleopatra» tragediyalari dunyo dramaturgiyasining
mo`jizasi edi.
7
Shekspir uncha uzoq umr ko`rmagan – 52 yil yashagan, xolos. Hayotining 20
yildan ziyodrog`ini ijodiy mehnat bilan o`tkazib, nihoyat «Qish ertagi», «Simbelin»,
«Bo`ron» degan asarlar ham yozib qoldirgan.
Shekspir ijodining birinchi davrida (1591-1601) yozgan “Adashishlar
komediyasi” (1592), “Veronalik ikki yigit” (1594), “Yoz kechasidagi tush” (1595),
“Yo`q narsadan chiqqan g`avg`o” (1598), “O`n ikkinchi kecha” (1600) va boshqa
pyesalarida uyg`onish davri kishisining o`ziga xos tiynatini yaratdi. Tarixiy
xronikalar deb atalgan “Genrix VI” (1590-1592), “Richard III” (1592), “Richard II”
(1595), “Genrix IV” (1599) va boshqalar. Nomlari keltirilgan asarlarida V.Shekspir
feodal anarxiyasiga qarshi markazlashgan hokimiyat uchun kurash, davlat va xalq
taqdiri bilan bog`liq masalalarni targ`ib etgan edi. Hayotning fojiali tomonlari,
ayniqsa, “Romeo va Julietta” tragediyasida chuqur aks ettirilgan. Unda bir-biriga
dushman bo`lgan ikki feodal oilada tug`ilib voyaga yetgan va bir-birlarini sevib
qolgan ikki yoshning fojeali taqdiri ularning erkin sevgisiga to`g`anoq bo`lgan
feodal tuzum illati aks etgan. “Yuliy Sezar” (1599) tragediyasida Shekspir qadimgi
Rimda muhim siyosiy voqealar, respublikachilar (Brut Kassiy ) bilan monarxiya (
Yakka hukmronlik) tarafdorlari – sezarchilar ( Antoniy, Oktaviy) o`rtasidagi
kurashni va bu kurashda respublikachilarning fojeali mag`lubiyatini ko`rsatgan.
Shekspir ijodining ikkinchi davri (1601-1608) dramatik faoliyatining yana ham
rivojlanishi bilan xarakterlanadi. U tug`ilib kelayotgan kapitalistik tartiblar ham
7
Морозов М.М. Шекспир, Бернс, Шоу. М.: Издательство «Искусство», 1967.
10
inson istak-orzulariga zid ekanini ilg`ab, burjua munosabatlarini qattiq
qoralaydigan, chuqur gumanistik (insonparvarlik) g`oyalar bilan sug`orilgan
tragediyalar yaratdi. “Hamlet, Daniya shahzodasi “ (1601) da qahramonning qirol
Klavdiydan o`ldirilgan otasi uchun qasos olishi uning buzilgan feodal saroyidan,
zulm va istibdoddan intiqom (o`ch) olishi darajasiga o`sib chiqqan ijtimoiy
ziddiyatga aylangan edi. Hamlet chirigan feodal olami kirdikorlarini fosh etibgina
qolmay, balki izdan chiqib ketgan va buzilgan asrni “izga tushirish” ni o`z
zimmasidagi burch deb biladi. Hamlet uyg`onish ruhi bilan yangi tipdagi kishi –
adolat uchun kurashuvchi insonparvar kishi timsolidir, chunki uning ko`ziga
“Daniya – zindon” bo`lib ko`ringan edi. “Otello” (1604) tragediyasida Shekspir ikki
tarixiy davr – o`sib borayotgan absolyutizm (yakka hokimiyatchilik, mutlaq
hokimiyat) va tug`ilib kelayotgan burjua (hukmronlik qilayotgan boy badavlat sinf)
tuzumi sharoitida vujudga kelayotgan yangi axloq va tushunchalarning murakkab
jarayoni (oqimi) va o`sha muhit o`rtasidagi ziddiyatlarni aks ettirgan.
Qahramonning shaxsiy fojeasi zamonning ijtimoiy-axloqiy konflikti darajasiga
ko`tarib ifodalangan. Asarda rashk fojiasi aldangan ishonch g`oyasi bilan birikib
ketadi. “Qirol Lir” (1605) trgediyasida Shekspir zeb-ziynat va aysh-ishrat ichida
dabdabali hayot kechirayotgan bir to`da hukmronlar bilan son-sanoqsiz azob-
uqubatlarini ko`rsatadi. Lir murakkab shaxs. Uning kuchli va ojiz tomonlari bor.
Hukmronligi davrida u zaif edi, chunki haqni nohaqdan ajrata olmasdi. Gadoy
holiga tushib qolgan Lir turmushning achchiq-chuchugini o`z boshidan kechirib,
haq va nohaqlikni farqlaydigan ma`naviy kuch kasb etadi, ezilgan xalq ahvoliga
achinadi. Asarda feodal jamiyati odamlar orasidagi tabiiy, yaqin aloqalarning
buzilish jarayoni katta iste`dod bilan ko`rsatilgan. “Makbet” (1606) tragediyasiga
Shekspir siyosiy despatizm (istibdod) ning to`la in`ikosi bo`lgan zolimlar ( Makbet
va Ledi Makbet) yer yuzida yashamasligi degan teran gumanistik (insonparvarlikka
xos) fikrni olg`a suradi va ularga omma manfaatlarini himoya qiluvchi qahramonlar
(Malkolm, Makduf) ni qarshi qo`yadi. “Antoniy va Kleopatra” (1607), “Korchalon”
(1607), “Afinalik Timon” (1608), “Rim tragediyalari” turkumiga oid asarlarida ham
11
Shekspir chuqur gumanistik g`oyalarni ilgari surdi, sof insoniy tuyg’ularni ulug’lab,
tubanliklarni qoraladi.
Shekspir ijodining uchinchi davri (1600-1613) Yakob I ning feodal reaksiya
(ijtimoiy taraqqiyotga qattiq qarshilik ko`rsatish va inqilobiy harakatni bostirish
siyosati) si kuchaygan uyg`onish davri gumanistik g`oyalarni amalga oshirish
haqidagi xayolot zarbaga uchragan hayotga to`g`ri keladi. Teatr faoliyati qirollik
nazorati ostiga olinadi. Endi Shekspir kishini hayajonga soluvchi katta ijtimoiy –
siyosiy voqealar aks ettiriladigan tragediyalar emas, balki tomoshabinga yengil ta`sir
etadigan tragik – komik xarakterdagi pesalar yarata boshlaydi. Lekin shunday
paytda ham Shekspir o`zining gumanistik g`oyalariga sodiq bo`lib qoladi. Garchi
asarlarining nihoyasi ezgulik bilan tugasa ham mavjud tuzum bilan
murosa qilmaydi, aksincha, u teskaricha kuchlarning fe`l – atvoriniqoralovchi
pesalar yozishni davom ettiradi. Shekspir tragik komediya janrini yuzaki qabul
qilgan bo`lsa ham, unga chuqur insonparvarlik g`oyalarini kiritdi. Uning bu turdagi
asarlarida real voqelik hayotiy ertaklar bilan qo`shilib ketadi va ularda kishining
yaxshi fazilatlari yomon ehtiroslar ustidan g`olib keladi.
Shekspir realistik metodining o`ziga xos xususiyati muallifning voqelikni
chuqur o`rganib murakkab ”voqealar oqimi“ ning asosiy ma`nosini anglab, inson
kuchi va uning cheksiz imkoniyatlariga to`la ishonch bilan qaraganligidadir. Bu hol
Shekspir gumanizmining hayotbaxsh ruhini belgilaydi. Shekspir realizmining kuchi
feudal tuzumi halokatini, shuningdek, paydo bo`layotgan burjua jamiyatining
odamlar uchun fojeaviyligini sezish, bu jamiyatning razolat va qaboxatlarini hayotiy
timsollar bilan haqqoniy gavdalantirishidadir. Daho olimlar, shoirlar, yozuvchilar
Shekspirning realism va xarakter yaratishdagi san`atkorligini alohida ta`kidlaganlar.
Shekspirning realistic san`at haqidagi o`z qarashlari Hamletning aktyorlar bilan
bo`lgan suhbatida aniq ravshan ifodalangan. Bunda u ortiqcha shovqin – suron
ko`tarmaslik, sun`iylikka berilmaslik, “so`zga yarasha harakat” qilish, “harakatga
12
yarasha” gapirish va bular “ tabiiylik chegarasidan chiqmasligi shart” ekani haqida
fikr yuritgan.
Shekspir tragediyalarini yuqori bosqicha ko`targan omillar – asarlar
mavzusining boyligi, g`oyaviy yo`nalishining aniqligi hayotning realistik
tasvirlanishidir. Shu boisdan uning dramatik ijodi dunyo teatrlari repertuarlaridan
mustahkam o`rin egallab, hozirgacha kishilarni hayajonlantirib kelmoqda.
G`arbiy Yevropada Shekspir ijodini o`rganish XVIII asrning o`rtalariga to`g`ri
keladi. Germaniyada Gyote va Lessing, Fransiyada Volter va boshqalar Shekspir
faoliyati haqida turli xil fikrlar aytgan. Rossiyada ham Shekspir asarlariga qiziqish
XVIII asrning oxirlarida boshlangan. N.M Karamzin uning “Yuliy Sezar”
tragediyasini tarjima qilgan. A.S.Pushkin Shekspir dramatik ijodiga yuqori baho
bergan. V.D.Belinskiy Shekspirning realistik metodini batafsil tahlil qilib, yuksak
baholagan. M.Gorkiy Shekspirni “eng ulug` dramaturg” deb atagan edi.
Biz Shekspirni hayot qarama-qarshiliklariga jiddiy e`tibor qaratgan, kundalik
turmushda uchraydigan qabohatdan larzaga keladigan adib sifatida bilamiz.
8
Fojiaviy motivlarni yosh Shekspirning tarixiy pyesalarida ham, adib umrining
taxminan 31-yillarida yaratilgan birinchi tragediyasi «Romeo va Julyetta»da ham
uchratish mumkin. Adib 40 yoshga yaqinlashganida fojiaviylik uning ijodida asosiy
mohiyatni tashkil etardi. 37 yoshida «Hamlet»ni, 40 yoshida «Otello»ni, 41 yoshida
«Qirol Lir»ni, keyin «Makbet», «Antoniy va Kleopatra» ni va 44 yoshida oxirgi
fojia − «Afinalik Timon»ni yaratdi.
Shekspirning «Romeo va Julyetta», «Hamlet», «Otello», «Qirol Lir»
tragediyalarini bir qatorga qo`yish mumkin. Ularga xuddi shu tartibda – inson hayoti
yoshlik davridan qariligigacha bo`lgan bosqichlar sifatida qarash o`rinli bo`lsa
kerak.
8
Вилям Шекспир. Танланган асарлар. 5 жилдлик. Қирол Лир. 2-жилд. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги
Адабиёт ва санъат нашриёти. 1981.
13
Shekspir ijodi haqida yozgan tadqiqotchilar uning shoirlik iste`dodiga bas
keladigan ijodkorni topish juda mushkul ekanligini alohida ta`kidlaydilar. U
chinakamiga ulkan, nafis so`z ustasi shuningdek, fikrni teran shaklda aks ettirishda
ham tengi yo`q edi. Tom ma`noda Vilyam Shekspirning «jumlada fikrni ta`sirli aks
ettirish» mahorati noyobdir. Shu tufayli bu daho adib asarlari bilan to`liq tanish
bo`lmaganlar ham uning ko`pgina satrlarini yoddan biladilar.
Shekspirning o`lmas asarlarini o`zbek tiliga o`girishda G`afur G`ulom va
Maqsud Shayxzoda, Uyg`un va Komil Yashinlarning xizmatlari ham katta bo`lgan.
O`zbek kitobxonlari Shekspirning «Hamlet» tragediyasi bilan ilk bor ona tilida
Abdulhamid Cho`lponning nodir tarjimasi orqali tanishish imkoniyatiga ega bo`lgan
edilar. 1935-yilda bu tragediya o`zbek sahnasida ham Mannon Uyg`ur tomonidan
qo`yilib, necha minglab tomoshabinlar qalbida muhrlangan edi. Shundan keyin
teatrlarimizda «Otello» va «Romeo va Julyetta», «Yuliy Sezar» va «Qirol Lir»,
«Veronalik ikki yigit», «Yoz tuni g`aroyibotlari» kabi dramalari sahnalashtirilgan.
Shekspir merosi – abadiy so`nmas mash`ala. Uning nuri necha asrlarkim, dunyo
xalqlarining ko`nglini munavvar etib, o`z tegrasida birlashtirib keladi, insonlarni
insonlarga tanitadi, ellarni ellarga yaqinlashtiradi, hech qachon zulmatning ziyodan
g`olib kelmasligiga kitobxonni ham, tomoshabinni ham ishontiradi, yo`ldan
adashganlarga yo`l ko`rsatadi, ezilgan, jabr chekkanlarni suyaydi. Kechmish
ayyomlar tarixi buni yaqqol tasdiqlab turibdi.
Shekspir asarlari bizga mangu ma`naviy yo`ldosh bo`lib qoladi. Va bu mislsiz
ijod zamonlar osha barcha nasllar uchun ma`naviyatning yuksak manzillarni
yorituvchi yorqin bir mash`ala kabi yarqirab, nur sochib yashayveradi.
Shekspir – jahon adabiyotining yorqin siymosi. Turli davr, ijtimoiy-iqtisodiy
tuzum va xalqlar va adabiyotlarning adabiy-madaniy o`ziga xosliklariga qarab
Shekspir asarlari turlicha talqin qilib kelinmoqda. Mazkur jarayon tarixini
o`rganmay turib, o`zbek tarjimashunosligi, qolaversa, o`zbek tili va adabiyotida
14
Shekspir talqini va tarjimalari masalasiga munosabat bildirish to`g`ri emas. Bu
tabiiy hodisa. Sobiq ittifoq hududida, jumladan rus va ukrain adabiyolariga Shekspir
XIX asrning o`rtalarida kirib kela boshlagan. Filologiya fanlari doktori, professor
G`aybulla Salomovning ta`kidlashicha, Shekspir, 1845-1849 yillarda prof.
P.Savitskiy “Hamlet”ning birinchi pardasini polyak tilidan ukrain tiliga o`girgan
9
.
1872-1874 yillarda yozuvchi Y. Fedkovich “Hamlet” va “Makbet” tragediyalarini
nemischadan ukrain tiliga tarjima qilgan. 1850-yilda D.Kipiani Shekspirning
“Romeo va Julyetta” tragedyasining gruzincha dastlab tarjimasini qayta ishlar ekan,
Benjamin Laroshfukoning fransuzcha tarjimasidan foydalanganligini qayd etadi.
Bunday tarjima hodisasini asliyatning tarjima tiliga ikkinchi yoki uchinchi tillardan
kirib kelish, deb ham yuritiladi. Chunki, badiiy tarjima faqat lingvistik hodisa
bo`libgina qolmay, u keng ma`nodagi estetik hodisa va badiiylik bilan bog`liq
bo`lgan kategoriya ham sanaladi.
Shekspir asarlari tarjimalari tahlili borasida fikr yuritganda tarjima
jarayonida filologik tahlil intuitsiya bilan yonma-yon yurishini, boshqacha aytganda,
tarjimada tahlil va tasvir o`zaro hamkorlik qilishini esdan chiqarmaslik lozim. Bu
borada G`.Salomovning “Til va tarjima” (1966), “Tarjima nazariyasiga kirish”
(1978), “Adabiy an`ana va badiiy tarjima”(1980) monografiyalarida atroflicha fikr
yuritilgan.
Rus shekspirshunosligidagi diqqatga sazovor ishlardan birini Korney
Chukovkiy amalga oshirgan. Uning tadqiqotlarida Shekspirni rus tiliga tarjima
qilish an`analari, usullari borasida qiziqarli fikrlar aytiladi. Jumladan, uning “Yuqori
san`at” nomli risolasida rus tiliga o`girilgan tarjimalarning asliyatga qay tomondan
yaqin kelishi qiziqarli misollar bilan ko`rsatilib, tarjimada erkinlik va aniqlik
borasida tahliliy fikrlar keltiriladi.
G`.Salomovning ta`kidlashicha, rus shekspirshunosligi shu qadar taraqqiy
etib ketdiki, endigi navbat Shekspirning qaysi asarini o`girish emas, balki, uning
9
Саломов Ғ. Адабий анъана ва бадиий таржима. – Тошкент: Фан, 1980, 15-бет.
15
qaysi so`zi, jumlasi, iborasi, abzasini yana qanday usulda o`girsa bo`ladi? –
yo`sinida qo`yilmoqda. Bu juda katta gap. Jumladan, taniqli tarjimon V Levik
shunday deydi: “Shekspir asarlarining yangi tarjimalari kerakmi? Buyuk dramaturg
asarlarini tarjima qiluvchi kishilarning oldida ikkita muammo bor. Birinchidan,
umuman yangi tarjimaga zarurat bormi? Ehtimol avval hamma ishni qilib
bo`lingandir! Ikiknchidan, Shekspir asarlarining hozirgi yangi tarjimalari qanday
bo`lishi kerak? Shekspir ijodini o`zlashtirish borasida shunday ulkan ishlar amalga
oshirilgan bir sharoitda, endilikda tarjimonlar oldida qanday vazifalar turadi?”.
Agar o`zbek shekspirshunosligida Cho`lpon, Shayxzoda, G`afur G`ulom va
Jamol Kamollar amalga oshirgan tarjimalar muhim ahamiyat kasb etsa, rus
Shekspirshunosligida Shekspirning uch buyuk tarjimoni alohida ta`kidlab
ko`rsatiladi. Bular: Mixail Lozinskiy, Boris Pasternak va Samuel Marshaklar.
G`.Salomov ta`biricha, - M.L.Lozinskiy Shekspirni aynan o`ziday, so`zma-so`z
tushunishga, uni satrma-satr tiklashga harakat qiladi. Bu juda zukko kuzatish. Zero,
Mixail Lozinskiyning o`zi shahodat berishicha, u “Hamlet”ni o`ylaganida, beixtiyor,
Jabotinskiy bilan Volkov ko`z o`ngiga kelishini ta`kidlaydi. Uning aytishicha, u
juda vahimali og`ir tosh ko`tardi, lekin bunday alp g`ayrat qanday natija berdi va
uning foydali koiffitsenti niamga teng?”. G`.Salomovning aytishicha, M.Lozinskiy
tarjimasidagi ayrim satrlarni asl nusxa bilan qiyos qilib ko`rilsa, uning naqadar aniq
berilganligiga tasanno o`qiging keladi. Lekin asl nusxani bir chetga qo`yib,
tarjimaning o`zi o`qilsa, she`riy nafosat va haqqoniyat qo`ldan berilgani ma`lum
bo`lib qoladi.
Shekspir hayotligi paytida ortiqcha bir hurmat-izzatga sazovor bo`lmagan.
Vafotidan 150 yil o`tganidan so`nggina – XVIII asr o`rtalarida u mumtoz adiblar
safiga kiritilgan. XIX asr boshlaridagina uni buyuk shoir deb e`tirof etishgan.
Vaqt oliy hakam ekanligini yana bir karra isbotladi. Yaqinda Buyuk Britaniya
jamoatchiligi o`rtasida o`tkazilgan so`rovda Vilyam SHekspir «Ming yillikning eng
mashhur inglizi» nomiga sazovor bo`ldi. YuNESKOning e`tirofiga ko`ra, SHekspir
16
jahon adabiyotida eng ko`p tillarga tarjima qilingan va chop etilgan muallifdir.
Undan keyingi o`rinlarni Lev Tolstoy va Chingiz Aytmatovlar egallagan.
Shekspir asarlari bizga mangu ma`naviy yo`ldosh bo`lib qoladi. Va bu mislsiz
ijod zamonlar osha barcha nasllar uchun ma`naviyatning yuksak manzillarni
yorituvchi yorqin bir mash`ala kabi yarqirab, nur sochib yashayveradi. Insonlarni
ezgu his-tuyg`ularni qadrlashga, illatlardan esa xalos bo`lishga, chin inson bo`lib
yashashga chorlayveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |