O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


-bob. “Hamlet” tragediyasidagi badiiy tasvir vositalarining lisoniy tahlili



Download 392,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/45
Sana29.12.2021
Hajmi392,24 Kb.
#79899
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
Bog'liq
hamlet tragediyasi ozbekcha tarjimalarining lisoniy tahlili

3-bob. “Hamlet” tragediyasidagi badiiy tasvir vositalarining lisoniy tahlili 

3.1. Metaforalarning lisoniy tahlili 

Ma`lumki, ko`ngilga so`z bilan kiriladi. Inson qalbiga yo`l topishning qudratli 

vositasi adabiyotdir. Muhtaram Prezidentimiz I. A. Karimovning “Yuksak 

ma`naviyat-engilmas kuch” asarida ta`kidlanganidek:”…har qaysi iste`dod egasi 

o`ziga xos bir olam, shu sababli ijod ahliga qandaydir aql o`rgatish, eng asosiysi

ularni boshqarishga urinish mumkin emas. Lekin bu hayotda ularni birlashtiradigan, 

yangi ijodiy marralar sari ilhomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular 

Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog`liqdir. 

Agarki har qaysi ijodkor o`z asarlaridan shu o`lmas g`oyalarni bosh maqsad qilib 

qo`ysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, 

madaniyat va san`at ham tom ma`noda ma`naviy yuksalishga xizmat qilib, o`zining 

itimoiy vazifasini to`liq ado etishga erishgan bo`ladi”

21



   Badiiy asar yaratish borliqni badiiy obrazlarda idrok etish va qayta yaratish 



jarayoni bo`lib, san`atkor zimmasiga umumxalq tili boylik va imkoniyatlaridan 

oqilona va unumli foydalanish mas`ulyatini yuklaydi. Badiiy asar tili ta`sirliligini 

oshiruvchi vositalarning asosiysi ko`chimlardir. 

   


Ko`chimlar  deyilganda  «adabiy  asarning  badiiy  qimmatini,  ifodaliligini, 

ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga 

ko`chirish yoki so`zlarning umuman ko`chma ma`noda ishlatilishi» nazarda tutiladi. 

So`z ma`nosining ko`chish jarayonlari turli ko`rinishlarda voqe bo`ladi, bu 

jarayonlar va ularning natijalari sifatida yuzaga keladigan hodisalar, bu 

hodisalarning turlari, o`ziga xos xususiyatlari kabi masalalar o`zbek tilshunosligida 

ancha batafsil o`rganilgan. Ko`chimlar deyarli ko`pchilik adabiyotlarda «troplar» 

atamasi ostida o`rganilgan. «Badiiy tekstning lingvistik tahlili» qo`llanmasida 

ko`chimlar quyidagicha tasnif qilingan: «LSo`z ma`nosining miqdoriy ko`chishiga 

asoslangan troplar: a) giperbola; b) meyozis. 2.So`z ma`nosining sifatiy ko`chishiga 

                                                             

21

 Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch. −T., Ma’naviyat, 2008. 158-bet. 




55 

 

asoslangan troplar: a) metafora; b) metonimiya; v) ironiya.» qolgan tasviriy vositalar 



mazkur ko`chimlarning ko`rinishi sifatida beriladi: «simvol, jonlantirish, epitet, 

apastrofa - metaforaning; perifraza, sinekdoxa, allegoriya, epitet - metonimiyaning; 

antifraza, sarkazm - ironiyaning; litota - meyozisning ko`rinishlaridir» Badiiy 

matnni lingvopoetik tahlilga tortganda ko`chimlar deb ataladigan tasviriy 

vositalarning deyarli barchasining asosida o`xshatish, chog`ishtirishdan iborat 

mantiqiy tushuncha yotganligini unutmaslik kerak. 

Metafora. Narsa-buyum, voqea va hodisalar o`rtasidagi o`zaro o`xshashlikka 

asoslangan ma`no ko`chishiga metafora deyiladi. 

Metafora ko`chma ma`no hosil qilishning eng keng tarqalgan usullaridan biri 

bo`lib, mumtoz adabiyotshunosligimizda «istiora» deb yuritilgan. Metaforaning ikki 

turini farqlash lozim: lingvistik metafora va xususiy-muallif metaforalari. Lingvistik 

metaforalar til taraqqiyoti bilan bog`liq hodisa hisoblanadi. «Bunday metaforalar 

asosan, atash, nomlash vazifasini bajarganligi uchun ularda uslubiy bo`yoq, 

ekspressivlik, binobarin, ular ifodalagan nutq predmetiga nisbatan subektiv 

munosabat aks etmaydi». Faqatgina ma`lum bir so`zning ma`no doirasi kengayadi 

hamda yangi tushunchalarni atash uchun xizmat qiladi. Masalan: odamning oyog`i - 



stolning oyog`i, odamning ko`zi - uzukning ko`zi, ko`ylakning etagi -tog`ning etagi 

kabi. Xususiy-muallif metaforalari esa yozuvchining estetik maqsadi, ya`ni borliqni 

subektiv munosabatini qo`shib ifodalagan holda nomlashi asosida yuzaga keladi. 

Ular uslubiy jihatdan bo`yoqdorlikka va voqelikni obrazli tasvirlash xususiyatiga 

ega bo`ladi. Shuning uchun ham badiiy matnda qahramonning his-tuyg`ularini 

ta`sirchan, yorqin bo`yoqlarda, aniq va ixcham ifodalashga xizmat qiladi. Xususiy-

muallif metaforalarida hamisha konnotativ ma`no mavjud bo`ladi. «Metafora orqali 

ma`no ko`chishida konnotativ ma`no yorqinroq aks etadi. Masalan, ot, eshak, qo`y, 

it, bo`ri, tulki, yo`lbars, boyo`g`li, musicha, burgut, lochin, qaldirg`och, bulbul kabi 

hayvon va qushlarning nomlari bo`lgan leksemalar mavjudki, bu so`zlar o`z 

ma`nosidan tashqari, ko`chma ma`noda juda keng qo`llanadi. Otning baquvvatligi, 



56 

 

eshakning aqlsizligi,  qo`yning yuvoshligi,  itning  vafodorligi,  mushukning 



epchilligi,  tulkining  ayyorligi,  burgutning  changallashdagi  kuchliligi, 

lochinning ko`zi o`tkirligi kabi tipik xususiyatlari boshqa predmetlarga nisbatan 

metaforik usulda ko`chiriladi, natijada konnotativ ma`no yuzaga keladi hamda 

matnning ta`sirchanligi oshadi». Masalan: 



Arvoh:                                                                                                                         

Shaysan, 

ko`rib turibman.                                                                                         

Kim bo`larding, agar shunday tug`yon urmasang, 

O`lik daryo suvlarida bujmayib o`sgan. 

Baqa to`ni sassiq alaf bo`larding balkim. 

Eshit, Hamlet. Meni bog`da uxlab yotganda 

Ilon chaqib o`ldirdi, deb etishdi e`lon. 

Elni amal-taqal qilib aldashdi shundoq, 

Ammo, o`sha - meni chaqib o`ldirgan ilon 

Tojim kiyib o`ltiribdi. (44 - bet) 

Ilon - yovuzlik timsoli. Marhum qirol xiyonatkor qirolni ilon deb ataydi. 

Yoki, Hamlet va qirol dialogida ham metaforalar obrazlilikni oshirishga xizmat 

qilgan. Qirol: 

Ajib, hanuz arimabdi yuzingdan bulut? 


Download 392,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish