Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri.
Jahon psixologiya fanning nazariy mushohadalariga va o‘zimizning shaxsiy
ma'lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim
topdik.
61
I.
Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg‘unlashgan, ularning mohiyati
mezoni orqali o‘lchanuvchi motivlar;
1)
dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo‘lgan g‘oyaviy motivlar;
2)
ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy
pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar;
3)
jamiyatning ahloqiy me'yorlari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik
xususiyatlariga asoslanuvchi ahloqiy motivlar;
4)
borliq go‘zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in'ikos etuvchi nafosat (estetik)
motivlari.
II.
Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo‘yicha umumiylikka ega bo‘lgan,
boshqaruv boshqariluv xususiyatli motivlar:
1)
keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik);
2)
guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar;
3)
faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo‘naltirilgan protsessual motivlar;
4)
faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga mo‘ljallangan
rag‘batlanuv, mukofot motivlari.
III.
Faoliyat turlari mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi motivlar:
1)
Ijtimoiy-siyosiy voqyeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar;
2)
kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o‘zida namoyon etuvchi motivlar;
3)
o‘qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar.
IV.
Paydo bo‘lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan
umumiylikka ega bo‘lgan motivlar:
1)
doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar;
2)
qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motivlar;
3)
uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab
etuvchi motivlar.
V.
Vujudga kelishi, kechishi sur'ati bioquvvat bilan o‘lchanuvchi motivlar:
1)
kuchli, qudratli, ta'sir doirasidagi shijoatli motivlar;
62
2)
paydo bo‘lishi, kechishi o‘rta sur'atli motivlar;
3)
yuzaga kelishi, kechishi o‘rta sur'atli motivlar.
VI.
Faoliyatda, muomalada va hatti-harakatda vujudga kelishi xususiyati,
xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar:
1)
aniq, yaqqol, voqye bo‘luvchi real motivlar;
2)
zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar;
3)
imkoniyat (potensiya), zahira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini
o‘zida mujassamlashtiruvchi motivlar.
VII.
Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai razardan ierarxiya vujudga keltiruvchi
motivlar;
1)
biologik motivlar;
2)
psixologik motivlar;
3)
yuksak psixologik motivlar.
Zamonaviy mutaxassislar oldiga qo‘yiladigan muhim masalalardan biri -
malakali kadrlar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, intellekti, shaxsiy fazilatlarini
bilgan tarzda atrofdagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali
mehnatning barcha sahalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko‘rsatishdir. Bu
o‘rinda inson ruhiyati qonunlarini o‘rganuvchi psixologiya fanining o‘rni benihoya
katta.Yosh avlodni yangi ta'lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi
mutaxassislar qilib tarbiyalash OO‘Yuda ta'lim olayotgan yoshlar uchun yangi
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma'ruza matnlar tayyorlashning ham yangicha usullari
talab etilmoqda. Yangi pedagogik texnologiya usullarini mukammalashtirish va
amaliyotga tadbiq etish davr talabidir.
Gap fikr yuritish operatsiyalarini faollashtirish, aqliy faoliyatni faollashtish
xususida borar ekan, biz eng avvalo, e'tiborni o’quvchilarning yo‘nalganligini
aniqlashga qaratishimiz lozim. Yo‘nalganlik shaxsning atrof-muhitda ro‘y
berayotgan voqyea, hodisalarga nisbatan munosabatlar majmui bo‘lib, faoliyat
sifatini belgilab beradi. Hatti-harakatlar tuzilishining shakllanishiga ta'sir| o‘tkazadi
63
(yangi ehtiyojlar, maqsadlar, motivlar).Bu o‘rinda ustanovkalar ham alohida
ahamiyatga ega. O‘qish-bilim olish faoliyati shaxs kamolotida katta rol o‘ynaydi va
chuqur muammo kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka
va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi.
Faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulki
va o‘zini qanday tutishi, egallangan mavqyei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y
bermaydi. Faoliyatni amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun
psixologiyada “Motiv” va “motivatsiya” tushunchalari ishlatiladi.
“Motivatsiya” tushunchasi “Motiv” tushunchasidan kengroq ma'noga ega.
Motivatsiya-inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib
beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs
xulqini, ya'ni “nega?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?”, “qanday manfaat
yo‘lida?” degan savollarga javob qidirish - motivatsiyani qidirish demakdir.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasida xulqi va o‘zini tutish sabablarini
o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati
farqlanadi.
1.
Ichki sabablar, ya'ni xatti-harakat egasining sub'ektiv psixologik
xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar,
qiziqishlar va h.k.).
2.
Tashqi sabablar - faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlar. Ya'ni,
bular ayni konkret holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir.
Shaxs xulq-atvorini ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy
dispozitsiya deb
ham ataladi.Ular shaxs tomonidan anglanilishi yoki anglanmasligi
mumkin. Ba'zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi
o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o‘zi tushunib
yetmaydi. “Nega?” degan savolga “o‘zim ham bilmayman”, deb javob beradi. Bu
anglangan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror sohaga,
kasbga qiziqib, ongli tarzda, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil
64
harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, aniqrog‘i dispozitsiya anglangan,
ongli hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan motiv kengroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu
faollik usuliga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni
nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi ayniqsa,
shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta, keng qamrovli tadqiqotlar olib
borib, shuni aniqladiki, har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok
qilish va baholashga moyil bo‘ladi. Bu baholar turlicha xarakterga ega.
Shu ma'noda shaxs faolligining motivatsiyasi turli sharoitlarda orttirilgan
tajribaga tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiytajriba me'yorlarining ta'sirida
shakllanadigan sabablar majmuasini o‘zichiga oladi.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |