O‘quv faoliyati va kasb motivatsiyasi.
Psixologik ma'lumotlarga ko‘ra, har qanday faoliyat muayyan motivlar ta'sirida
vujudga keladi va yetarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. Shuning
uchun ham ta'lim jarayonida o‘zlashtirish, egallash va o‘rganishni amalga oshirishni
58
ta'minlash uchun o‘quvchilarda o‘quv motivlari motivlari mavjud bo‘lishi shart.
Bilish motivlari shaxsning (sub'ektning) gnoseologik maqsad sari, ya'ni bilish
maqsadini qaror toptirishga, bilim va ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltiriladi. Odatda
bunday turdosh va jins, motivlar nazariy ma'lumotlarning ko‘rsatishicha, tashqi va
ichki nomlar bilan atalib, muayyan toifani yuzaga keltiradi.
Tashqi motivlar
jazolash va taqdirlash, xavf-xatar va talab qilish, guruhiy
tazyiq, ezgu niyat, orzu-istak kabi qo‘zg‘atuvchilar ta'sirida vujudga keladi.
Motivlarning navbatdagi toifasiga, ya'ni ichki motivlar turkumiga individual
xususiyatli motivlar kiradiki, ular o‘quvchi shaxsida o‘qishga nisbatan individual
maqsadni ro‘yobga chiqaruvchi qo‘zg‘alish negizida paydo bo‘ladi. Chunonchi,
bilishga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi shaxsning ma'naviy (madaniy)
darajasini oshirish uchun undagi intilishlarning yetilishidir. Bunga o‘xshash
motivlarning ta'sirida o‘quv jarayonida nizoli, ziddiyatli holatlar (vaziyatlar) yuzaga
kelmaydi. Albatta bunday toifaga taalluqli motivlar paydo bo‘lishiga qaramay,
ba'zan qiyinchiliklar vujudga kelishi ehtimol, chunki bilimlarni o‘zlashtirish uchun
irodaviy zo‘r berishga to‘g‘ri keladi. Bunday xossalarga ega bo‘lgan irodaviy zo‘r
berishlar tashqi xalaqit beruvchi qo‘zg‘atuvchilar (qo‘zg‘ovchilar) kuchi va
imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan bo‘ladi.
Ta'lim jarayonida bunday vaziyatlarni yaratish o‘qituvchining muhim vazifasi
hisoblanib, uning faoliyati ichki anglanilgan motivlar o‘kuvchilar xulq-atvorini
shunchaki boshqarish bilan cheklanmasdan, balki ular shaxsini shakllantirishga,
ularda maqsad qo‘ya olish, qiziqish uyg‘otish va ideallarni tarkib toptirishga
qaratilgan bo‘ladi.
Aniq narsalar, hodisalar va xatti-harakatlar insonning faolligi muayyan
manbalar bilan uzviy bog‘lanishga ega bo‘lsa, uyg‘unlashib borsa faoliyat motivlari
darajasi o‘sib o‘tadi. Psixologiyada manbalar o‘z mohiyatiga ko‘ra turkumlarga
ajratib talqin qilinadi.
A)
Inson ehtiyojlari bilan belgilanuvchi ichki manbalar. Organizmning tabiiy
59
ehtiyojlarini namoyon qiluvchi tug‘ma xususiyatli va jamoada shakllanuvchi ijtimoiy
ehtiyojlarni vujudga keltiruvchi orttirma xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Tug‘ma ehtiyojlar orasida o‘qishga nisbatan ma'no kasb etuvchi alohida
ahamiyatga ega bo‘lgan faollikka nisbatan ehtiyoj va axborot, ma'lumot, xabarlar
olishga ehtiyoj muhim rol o‘ynaydi.
Motivga genetik yondashilganda shu narsani alohida ta'kidlab o‘tish lozimki,
bola tug‘ilgandan e'tiboran bevosita faollik ko‘rsatishga moyillik hukm suradi: u
kuladi (noverbal muomala shakli), qimirlaydi (fazoda o‘rin almashish), qo‘l va
oyoqlarini harakatlantiradi (moslashish), o‘ynaydi (muhim - bola munosabati),
gaplashadi (shaxslararo munosabatga kirishish), savollar beradi (dialogik muloqot va
boshqalar). Unga o‘xshash xatti-harakatlarning o‘zi ularni qoniqtiradi, voqyelikni
insonning axborotlarga nisbatan ehtiyojini tajribalarda ko‘rsatish mumkin: agar
tekshiriluvchini ma'lum vaqtga tashqi olamdan ajratib qo‘yilsa, natijada uning
irodasida, hissiyotida, intellektida buzilish sodir bo‘lishi, zerikishi, irodaviy akt
tizimi yo‘qolishi, fikr yuritish jarayonining parchalanishi, illyuzion gallyusional
holatlar uchrashi mumkin.
Ijtimoiy turmush sharoitida faollik va informatsion taqchillik odamlarni salbiy
his-tuyg‘u va kechinmalarga olib keladi, faoliyat tuzilishi va uning dinamikasiga
putur yetkaziladi. Ijtimoiy turmushda shakllanuvchi ehtiyojlar orasida o‘quv
faoliyatida muhim rol o‘ynovchi va uni kuchaytiruvchi ijobiy xususiyatli ijtimoiy va
gnostik ehtiyojlar alohida ahamiyat kasb etadi, shaxsni kamol toptirish jarayonida
hukmron voqyelikni egallaydi. Ularning turkumiga bilimlarga nisbatan ehtiyoj,
jamiyatga foyda keltirishga intilish, umumbashariy yutuqlarga erishishga intilish
kabilar kiritiladi.
-
Inson hayoti va faoliyatining ijtimoiy sharoitlarida aniqlovchi tashqi
manbalar. Bunday manbalarning talabchanlik, orzu (kutish) va imkoniyatlar tashkil
qiladi. Jumladan, talabchanlik insonga faoliyat va xulq-atvorning muayyan turini
hamda shakli (ko‘rinishi)ni taqozo etadi. Mazkur holatni quyidagi mulohazalar
60
yordamida izohlash mumkin: ota- ona boladan ovqatni qoshiqda yeyishni, stulda
to‘g‘ri o‘tirishni, “rahmat” deyishni talab qilsa, maktab o‘quvchidan ma'lum
belgilangan vaqtda darsga yetib kelishni, o‘qituvchilarga quloq solishni, berilgan
vazifalarni bajarishni qat'iy belgilaydi. Jamiyat esa xulq, fe'l-atvor orqali ma'lum
axloqiy me'yorlar va qoidalarga rioya qilishni, shaxslararo muomalaga kirishish
shakllari(vositalari)ni egallashni hamda aniq vazifalarni bajarishga amal qilishlarini
o‘z fuqarolariga o‘rgatadi.
Etnopsixologik
stereotiplarda
uyg‘unlashgan
xulq-atvor
belgilari
va
faoliyatning shakllari o‘ziga xoslikka ega. Odatda odamlar 1 yoshli bola tik yurishi
kerak, deb hisoblaydilar va ular bu tuhfani boladan kutganligi tufayli unga alohida
munosabatda bo‘ladilar. Psixologiyada kutish tushunchasi talabdan farqli o‘laroq,
faoliyat yuzaga kelishi uchun umumiy muhit yaratadi.
Imkoniyatlar to‘g‘risida fikr yuritilganda ma'lum faoliyatning kishilar irodasi
bilan bog‘liq (iroda akti, sifati, prinsipi) ob'ektiv shart sharoitlarni o‘zida aks ettiradi.
Agarda odamlarning shaxsiy kutubxonasi boy bo‘lsa, ularning o‘qish imkoniyati
yuqori darajaga ko‘tariladi. Kishilarning xulq-atvori psixologik nuqtai-nazardan
tahlil qilinganda, ko‘pincha ularning ob'ektiv imkoniyatlardan kelib chiqib, unga
yondashiladi.
Agarda bola qo‘liga tasodifan biologiya kitobi tushib qolsa, uning shu
predmetga nisbatan qiziqishi ortishi kuzatiladi.
V) Shaxsiy manbalar — odamlar qiziqishlari,intilishlari, ustanovkalari va
dunyoqarashlari
jamiyatbilan
munosabatini
aks
ettirishdan
iboratdir.
Insonfaolligining manbai-qadriyat orqali ifodalanib, shaxs statusi (roli)da egallana
boriladi.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: |