G.
Kulagin ham maktabni bitirib chiqayotganlar orasida turli kasblarning
qanday mavqeiga ega ekanligi haqida asosli ma’lumotlarni keltiradi.
Kasbiy o’zini o’zi aniqlash ko’p bosqichli jarayon bo’lib unga turli xil nuqtai
nazardan yondashish mumkin. Birinchidan, bu jarayonni jamiyatda shakllanib
borayotgan shaxs oldiga quyuvchi vazifalar sifatida qarash mumkin. Bunda shaxs
ushbu vazifalarni muayyan vaqt davomida va muayyan ketma-ketliklarda bajarish
zarur. Ikkinchidan kasbiy o’zini o’zi aniqlash qaror qabul qilish jarayoni sifatida
namoyon bo’ladi. Bunda shaxs o’z moyil va hohishlarini mavjud ijtimoiy tuzum
ehtiyojlari asosida shakllantiradi hamda optimallashtiradi. Uchinchidan u individual
hayot uslubining tarkib topish jarayoni sifatida ifodalanishi mumkinki, uning tarkibiy
qismi kasbiy faoliyatdir. Bu uch yo’nalish muammoning turli tomonlarini tavsiflaydi:
birinchi qarash sotsiologik, ikkinchisi ijtimoiy-psixologik va uchinchisi differensial
psixologik qarash bo’lib, ular o’zaro bir-birlarini to’ldiradilar.
YOsh davrlari psixologiyasida kasbiy o’zini o’zi aniqlash odatda bir qancha
bosqichlarga bo’linadi:
Birinchi bosqich-bolalar o’yini. O’yin davomida bola o’ziga turli kasb rollarini
oladi va bu kasbga tegishli xatti-harakatnig alohida elementlarini amalga oshiradi.
321
Ikkinchi bosqich -o’smirlik davridagi fantaziya. O’smir o’zini unga yoqadigan
orzusida qanday kasb namoyondasi sifatida ko’radi.
Uchinchi bosqich o’smirlik davrini hamda ilk o’spirinlik davrini qamrab oladi.
Faoliyatning har xil turlari avvalo o’smir qiziqishlari so’ngra uning qobiliyatlari va
nihoyat uning qadriyatlari tizimi nuqtai nazaridan baholanadi.
Ammo shuni ta’kidlash lozimki, qiziqish, qobiliyat va qadriyatlar kasb
tanlashning barcha bosqichlarida namoyon bo’ladi. Qadriyatlar tomoni qiziqish va
qobiliyatlarga nisbatan ancha keyinroq shakllanadi.
To’rtinchi bosqich -amaliy qaror qabul qilish kasb tanlash bosqichi bo’lib u o’z
ichiga ikkita muhim tarkibiy qismni oladi:
A)
bo’lajak mehnat malakasi darajasini unga ko’riladigan tayyorgarlikning
hajmi va davomiyligini aniqlash;
B)
aniq mutaxassislikni tanlash;
Qaror qabul qilishda qiziqish, qobiliyat va qadriyatlardan tashqari o’z ob’ektiv
imkoniyatlarini oilaning moddiy sharoitlari o’quv tayyorgarlik darajasi sog’lig’ining
ahvolini baholash ham muhimdir.
Kasb tanlash o’quvchida ikki turdagi axborotning mavjud bo’lishini talab qiladi.
Bular:
1.
Umuman kasb dunyosi haqida va ulardan har birining talab imkoniyatlari
to’g’risida.
2.
O’z haqida o’zining qobiliyatlari va qiziqishlari haqida.
O’spirinlarda har ikkala turdagi axborot ham yetishmaydi. Sotsiolog
V.N.Shubkin o’tkazgan tadqiqotlarining ko’rsatishicha 17 yoshdagi o’spirinlarning
kasblar dunyosiga bo’lgan munosabatlari ota-onalari, tanish bilishlari, do’stlari,
tengdoshlari, kitob, kinofilm, teleko’rsatuvlaridan olingan tajribalari hamda
ma’lumotlari asosida shakllanadi.
O’quvchilar kasbiy tiklashishi xususiyatlarini baholashda “Men” obrazining har
bir komponenti holati uch yo’nalishda o’zini o’zi tahlil qilish, kasbiy faoliyat tahlili,
kasbiy sinovlarda baholanadi.
Men obrazining kognitiv komponenti shaxsiy, psixologik komponentlik darajasi,
322
psixologik bilimlardan atrofdagi voqealarni anglash o’z hulqi, individual psixologik
xususiyatlari bilan belgilanishi mumkin. Komponent to’liqligi adekvatligi insonning
mehnat va kasblar dunyosi haqidagi bilimlari bilan ham belgilanadi. Kognitiv
komponent rivojlanganligi ko’rsatkichi bo’lib kasbiy sinovlarning tayyorlov
bosqichini muvaffaqiyatli egallash ham xizmat qiladi.
Hozirgi kunda kasblar haqidagi yangi tasavvur ishlab chiqilmoqda. U yaxlit faol
o’z faoliyatini loyhalashda amalga oshirish va ijodiy o’zgartirishda erkin va
mas’uliyatli sub’ekt hisoblanadi.
Refleksiya (o’zini o’zi jumladan faoliyat usullarini anglashi)ni shakllanishi va
“zararlanishi”
jarayonlariga
ya’ni
motivatsiyalashganlikda
hamda
spontant
yetilishidagina iborat emas. Kasbiy ong rivojlanishi ya’ni kasbiy tiklanishga nisbatan
o’zini o’zi belgilanishi ya’ni kasbiy tiklanishga nisbatan o’zini o’zi belgilash o’z
sub’ektligini anglash refleksiyasining aniqlangan roli bosh qobiliyat insonning
professional sifatida o’zini o’zi rivojlantirishning asl mexanizmi sanaladi.
YUqoridagi fikrlardan ko’rinadiki, kasbiy o’zlikni anglash jarayonida shaxsning
o’zini o’zi anglash baholash shaxs xususiyatlari muhim aspekt sifatida ko’rsatib
o’tiladi.
Nazorat savollari:
1.
Shaxsda kasbiy anglshni shakllanishi.
2.
Kasbkorlik deganda nimani tushunasiz.
3.
O’quvchida kasbga bo’lgan qiziqishni shakllantirish.
4.
Kasbkorlikni yuqori darajasi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi Qarori. //Xalq
so’zi, 2005 yil.
2.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
«Bozor
islohotlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi
Farmoni. //Xalq so’zi, 2005 yil, 15 iyun, 1-bet.
3.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlarini
323
huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi
Farmoni. //Xalq so’zi, 2005 yil, 16-iyun, 1-bet.
4.
Kelvin Seifert va Rosemary Sutton. Educational Psychology Copyright ©
2009 Kelvin Seifert.
5.
W.Bruse Walsh. Mark L. Savickas. Handbook of Vocational Psycnoligy.
Mahwah, New Jersey London.2005.
6.
Contemporary modelsin vocational psychology^ Volume in Honorof
Do'stlaringiz bilan baham: |