Peshqadam
guruhning qolgan barcha a’zolari uchun o’zlarining manfaatlariga daxldor
8
Kelvin Seifert va Rosemary Sutton. Educational
Psychology Copyright © 2009 Kelvin Seifert. 43-45 pages.
211
bo’lgan hamda butun guruh faoliyatining yo’nalishini va xususiyatini belgilab
beradigan eng mas’uliyatli yechimlarni qabul qilishga haqli deb hisoblangan shaxsdir.
Mehnatga moslashish omillari
- bular mazkur jarayonning kechishi, muddatlari,
suratlari va natijalariga tasir ko’rsatuvchi shart-sharoitlardir.
Obektiv omillar
ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq omillar bo’lib, ular
xodimga
unchalik
bog’liq
bo’lmaydi.
FОYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YХАTI.
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi Qarori. //Xalq
so’zi, 2005 yil.
2.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bozor islohotlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida»gi Farmoni. //Xalq so’zi, 2005 yil, 15 iyunb, 1-bet.
3.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlarini
huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida»gi Farmoni. //Xalq so’zi, 2005 yil, 16-iyunb, 1-bet.
4.
Kelvin Seifert va Rosemary Sutton. Educational Psychology
Copyright © 2009 Kelvin Seifert.
5.
Bordavskaya N.V., Rean A.A. Pedagogika.-M.: Piter, 2004.
6.
Professionalnaya pedagogika. Uchebnik dlya studentov. - M.:
Pedagogika, 2002.
7.
Nishonova S. Komil insonni tarbiyasi: o’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari uchun qo’llanma. -T.: Istiqlol. 2003
8.
G’ulomov S.S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. T.:
“SHarq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi, 2000.
9.
Egamberdiev E., Xo’jamqulov H. Kichik biznes va tadbirkorlik. - T.:
Ma’naviyat, 2003.
10.
Xoshimov K. va boshqalar tahriri ostida. Pedagogika tarixi - T.:
Fan,
2001.
212
11.
Э. F. Fc№eB, К. К Мямедэв. Kac6 ncMxanorncn. Т. 2003 й.
12.
Н. В. rat^ypoBa, В. Л. Ля^ Е. В. Фесют и др. “nfflxomiw
npcx|)eccromiibHoio oGpaBoBaHHH” (сибирский (J^epanbHbrn университет)
СФУ, 2010г.
Internetresurslari
1.
www.edu.uz
2.
www.ziyonet.uz
3.
www.tuit.uz
14 -mavzu: O'qituvchining kasbiy xususiyatlari. Kasbiy faollik
Reja:
1.
Pedagogning
kasbiy xususiyatlari haqida tushuncha.
2.
Kasbiy qiziqishlar va o'zini -o'zi baholash
3.
Kasbiy faollik.
1.
Pedagogning kasbiy xususiyatlari.
O'qituvchi-pedagoglarning shaxsiy ijtimoiy sifatlariga azal-azaldan e'tibor qaratib
kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib, pedagogga qo'yiladigan talablar
takomillashib, murakkablashib boravergan.
O’quvchilarga bilim berish o'qituvchining mas'uliyatli burchidir, o'qituvchining
shaxsiyati qanday bo'lishi kerakligi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:
O’quvchilar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo'lish;
Beriladigan bilimni o’quvchilar qanday o'zlashtirib olayotganiga e'tibor berish;
Ta'limda turli usul va shakllardan foydalanish;
O’quvchining xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini
bilish; O’quvchilarni fanga qiziqtira olish;
O’quvchilarga berilgan bilimlarning eng muhimini ajratib o'qitish;
Bilimlarni o’quvchilarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
G'arb olimlari o'qituvchining xususiyatlari haqida shunday fikr bildirganlar:
“Yaxshi o'qituvchi o'zining tarbiya prinsiplaridan hech qachon qaytmaydi. O'qituvchi
o'z ustida doimo mustaqil ishlashi lozim. Yomon o'qituvchi haqiqatni aytib qo'ya
qoladi, yaxshi o'qituvchi esa bolalarga haqiqatni topishga o'rgatadi” degan.
Ko'p yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar o'qituvchi va pedagog, ya'ni o'ziga
yosh avlodni tarbiyalashni kasb qilib tanlagan inson quyidagi ijtimoiy sifatlarga ega
213
bo'lishi shart ekanini ko'rsatdi:
*o'qituvchi falsafani yaxshi bilishi shart. Chunki falsafa odamga abstrakt fikr
yuritishni o'rgatadi. O'qituvchi sinf yoki auditoriyaga kirganda, unda abstrakt tafakkur
sust rivojlangan bo'lsa, o'zini yo'qotib qo'yadi. Sinf va auditoriyadagilar diqqatini
o'ziga qaratib olishi uchun, kishida abstrakt tafakkur yaxshi rivojlangan bo'lishi kerak.
Undan tashqari, falsafa dars paytida kechadigan bilish jarayonini o'rgatadi. Bilish
jarayonini, ya'ni gnesologiyani bilmagan o'qituvchi dars o'tishda bir qator
qiyinchiliklarga duch kelib, darsni amalga oshira olmaydi, oshirganda ham noto'g'ri
dars o'tadi.
Shu bilan bir qatorda, falsafaning asosiy qonunlari insonning barcha amaliy
faoliyatida, shu jumladan, pedagogik faoliyatda ham umumiy metodologik asos
vazifasini o'taydi.
*pedagog aholi ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanishni o'ziga kasb qilib olgan ekan,
pedagogikaning jamiyat hayotidagi o'rnini, uning paydo bo'lish tarixini yaxshi bilishi
kerak. Pedagogika tarixini o'rganish jarayonida kishi pedagogik faoliyatning inson
hayotidagi o'rnini, pedagogikadagi asosiy qonun-qoida va tamoyillari hamda asosiy
tushunchalarning shakllanish tarixini bilib oladi. Shuningdek, pedagogikaning nazariy
asoslari bilan qurollanish uchun didaktikani yaxshi bilishi kerak. Chunki u bilim berish
va uni hayotda qo'llashga o'rgatish jarayonini amalga oshirishning asosiy tamoyillariga
amal qilishlikni ilmiy tomondan asoslab beradi. Pedagogikaning umumiy masalalarini
yoritib beruvchi Umumiy pedagogikani, fanning o'ziga xosliklarini yoritib beruvchi
Xususiy pedagogika (metodika)ni mukammal bilishi lozim bo'ladi.
*o'zi o'qitadigan fandagi bilimlarni puxta egallagan bo'lishi shart. O'qituvchi
o'qitayotgan predmetini va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib
o'quvchi va o’quvchilarga etkaza olishi ularning shu predmetga bo'lgan qiziqishini
oshiradi. Bu esa o'qituvchining obro'sini ko'taradi.
*pedagog bolalarga bilim berishda muayyan yoshdagi bolalar vujudida sodir
bo'layotgan fiziologik va ruhiy hodisalarni yaxshi bilishi kerak. Aks holda o'zini ham,
bolalarni ham qiynab, dars oldiga qo'yilgan maqsadiga eta olmaydi. Buning uchun
pedagog bolalar anatomiyasi va fiziologiyasini hamda psixologiya fanlaridan to'liq
214
bilimga ega bo'lishi kerak.
*o'qituvchi bolalarga o'z fanidan bilim berish jarayonida, ularni muayyan jamiyat
va unda olib borilayotgan siyosat bilan tanishtirib borish shart. Shu sababli o'qituvchi
va pedagoglar siyosatshunoslik bilimlarini puxta egallab, ularni hayotda qo'llay
olishlari lozim.
*pedagog muayyan jamiyatda tarixan shakllangan ijtimoiy guruhlardan ham
o’quvchilarni xabardor etmog'i lozim. Buning uchun o'qituvchi va pedagog
sotsiologiya bilimlaridan xabardor bo'lib, ulardan pedagogik amaliyotda foydalana
olishi kerak.
Shu bilan bir qatorda, o'qituvchi bolalarga madaniyat to'g'isida boshlang'ich
tushunchalar berib, ularda madaniyat elementlarini shakllantirib borishi lozim. Buning
uchun o'qituvchining o'zi madaniyatshunoslik bilimlarini egallagan va ularni
amaliyotda qo'llay oladigan bo'lishi kerak.
*
yosh avlodga muayyan fan bilimlarini o'rgatuvchi pedagog, ularni axloq va
odobga ham o'rgatishi shart. Bu o'qituvchining burch va mas'uliyatiga kiradi. Buning
uchun u avvalo, o'zi tarbiyalangan bo'lishi lozim.
O'qituvchiga xos bo'lgan fazilatlarni undagi pedagogik odob shakllantiradi.
Pedagogik odob bu- o'qituvchining yuksak kasbiy fazilatidir. U o'qituvchiga sabotli
bo'lish, o'z hissiyotini idora qila olish, bolalarga pedagogik ta'sir o'tkazish vosita va
me'yorini belgilash, aniqlashda yordam beradigan fazilat hisoblanadi. Yuksak
pedagogik odobga ega bo'lgan o'qituvchigina sinfda mo''tadil psixologik muhit o'rnata
oladi, bolalar qalbiga tez yo'l topa oladi.
*ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanuvchi inson so'zsiz, estetik tarbiyalangan bo'lishi
shart. Estetik tarbiya ma'naviy tarbiyaning muhim va tarkibiy qismi ekanini
unutmaslik kerak. estetik didning pastligi ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga salbiy
ta'sir ko'rsatadi.
2.
O'qituvchining kasbiy qiziqishi va o’z o'zini baholash.
O'qituvchining kasbiy shakllanishi oliy o'quv yurti dargohida kasbiy ta'lim olish
jarayonida boshlanadi. Kasbiy ta'lim yo'nalishining o'quv-reja va fanlar bo'yicha
dasturlarida bo'lajak o'qituvchilarga shu kasbning sir-asrorlarini o'rgatish, ilmiy
215
bilimlar berish, o'qituvchi kasbi haqida ma'lumot berish va ko'nikma hosil qilish
nazarda tutiladi.
Ta'lim jarayonida fanlar bo'yicha amalga oshiriladigan seminar, amaliy va
laboratoriya mashg'ulotlari nazariy bilimlarni mustahkamlashga hamda ularni
ko'nikmaga aylantirishgagina emas, balki ularni amaliy ish jarayonida qo'llashga ham
imkon beradi. Bunday mashg'ulotlar tanlagan kasbi to'g'ri ekaniga ishonch hissini
uyg'otadi.
Yosh o'qituvchilarga tajribali o'qituvchilarni biriktirib qo'yish, ularning darslarini
kuzatish, uslubiy ishlarga jalb etish kollej rahbariyatining asosiy vazifalaridan biri.
O'qituvchi o'z kasbini sekin-asta o'zlashtirib borishi bilan birga ota- onalar o'rtasida
pedagogik bilimlarni targ'ib etadi. Shu yo'l orqali ham kasbiy shakllanishi
takomillashib boradi.
O'qituvchilik kasbini va pedagogik mahoratni egallash, o'qituvchilar jamoasiga
kirishib, unda o'z o'rnini topib keta olish yosh o'qituvchining o'ziga bog'liq. Jamoaning
yordamidan yuz o'girmaslik, qiyinchiliklarga duch kelganda ruhan tushmay, o'z
xatolarini ko'ra bilish va uni bartaraf etish uchun harakat qilish uning o'qituvchi bo'lib
shakllanishidan darak beradi.
Shu bilan birga, o'qituvchining kasbiy shakllanishi o'z-o'zini tarbiyalab borishga,
o'z ustida tinmay ishlashga va o'z vaqtida malakasini oshirib borishga uzviy bog'liq.
Bularning hammasi kasbiy fazilatlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
O'qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirish uchun avvalo pedagogik ishni
ilmiy asosda tashkil qilish lozim. Buning uchun o'qituvchining istak va qiziqishlarini
hisobga olish, uning intilishi va boshqa tashqi omillarini bir-biriga uyg'unlashtirib,
kasbi va shaxsining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faolligini oshirishni nazarda
tutish kerak. Bu hol tinmay izlanishlar, kuzatishlar, tajribalarni o'rganish, tahlil qilish
va xulosalar chiqarish lozimligini talab qiladi. Ilmiy pedagogik ta'limot, o'tmish
ajdodlarimizning tajribasi va ta'lim muassasasining amaliy faoliyati shundan dalolat
bermoqdaki, kasbiy mohirlik, muntazam ilm olish bilan shug'ullanish, mashq qilish,
takrorlash, xulosalar chiqarish, chiqarilgan xulosalar asosida ish olib borish orqali
qo'lga kiritiladi. Pedagogik mahorat avvalo falsafiy, pedagogik, psixologik, metodik
216
bilimlar, o'quv predmeti bo'yicha keng va chuqur ma'lumotlarga ega bo'lish va ularni
takomillashtirib borish orqali shakllanadi.
Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, o'qituvchi-tarbiyachi pedagogik mahoratining
shakllanishiga muayyan tarzda ta'sir etuvchi omillar mavjud. Bu omillarni e'tiborga
olmaslik kasbiy pedagogik mohirlikning tarkib topishini qiyinlashtiradi. Ularni
inobatga olish esa o'qituvchi mahoratining pedagogik va psixologik funksiyalarini
rivojlanishini, uning madaniy-tarixiy xususiyatini oshirishini ta'minlaydi.
“Pedagogik nazariya va amaliy faoliyat natijalariga ko'ra, o'qituvchi pedagogik
mahoratining shakllanishiga ta'sir qiluvchi omillari mavjuddir. Shuningdek, bu kasbiy-
shaxsiy xususiyatlar o'qituvchi-tarbiyachiga, o'quvchi yoshlarning ruhiy-jismoniy
rivojlanishlari, o'quv-biluv faoliyatlarining faollashuvini ta'minlash kabi bir necha
pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishning tamal toshi bo'la oladi.
Qayd qilib o'tganimizdek, pedagogik mahorat har bir o'qituvchi- tarbiyachi uchun
xos bo'lgan ta'lim-tarbiya ishlarini doimo yuksakka ko'tarishga, uni takomillashtirishga
asos bo'luvchi san'atdir. Bu san'at o'z ishini bilish faoliyatini muntazam tartibga solib,
nazorat qilib, yuksaklikka ko'tarish bilan tavsiflanadi. Unda eng asosiysi pedagogik-
psixologik nazariyalarni samarali qo'llash nazarda tutilgan.
Ushbu xulosalardan kelib chiqib, pedagogik mahoratni shakllantirishda
mutaxassislik kasbini tez va oson egallash yo'lini anglash muhim rol o'ynaydi. Zero,
pedagogik mahorat bu maqsadning aniqligi, sub'ekt va ob'ekt aloqasining uzviyligini
ta'minlovchi pedagogik hosiladir. Shu o'rinda e'tirof etish joizki, uning shakllanishi va
takomillashuvi, murakkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Bu jarayon
o'qituvchi-tarbiyachidan pedagogik- psixologik, nazariy va metodik tayyorgarlikni
chuqur egallash bilan birga pedagogik axborotlarni qunt bilan muntazam o'qib
borishni, mavjud nazariy- amaliy pedagogik yutuqlardan o'z faoliyatida o'rinli
foydalana olishga o'rganishni talab etadi”
9
.
3.
Kasbiy faollik
O'qituvchi pedagogik mahoratini shakllantirishning birinchi sharti faoliyatdir.
Zero, pedagogik mahoratni egallash va takomillashtirishda faoliyat etakchi omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |