O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy viloyat kasb-hunar ta’lim xududiy boshqarmasi Navoiy tibbiyot kolleji



Download 1,06 Mb.
bet68/109
Sana30.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#159701
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109
Bog'liq
2.Pediatriya maruza matn

. Bronxial astma

Bolalarda bronxial astma – bu qaytalanib turuvchi ekspirator hansirash, hushtaksimon xirillashlar bilan kechadigan nafas yo’llarining surunkali yallig’lanish kasalligi bo’lib, bunda eozinofillar asosiy rol o’ynaydi. Shuningdek, qaytalanib turuvchi va qaytar nafas yo’llarining obstruksiyasi, bo’lib, bunda bronxlarning yopishqoq balg’am, yo’tal, shilliq qavatining shishishi tufayli torayib qolishi va silliq mushaklarining spazmi kelib chiqadi.

2) Etiologiyasi

Nafas yo’llari sezuvchanlik reaksiyasi rivojlanishining trigger omili bo’lib allerginlar (kanalar, uy changi), ob-havoning o’zgarishi (sovuq, past atmosfera bosimi), havoning ifloslanishi, ruhiy va jismoniy stress hisoblanadi va bu o’ziga xos etiologik omil bo’lib xurujlar bilan kuzatiladi. Bolalar astmasida atopik moyillik, tashqi muhit sharoiti va atopik antitelo IgE ning 90 % dan yuqori bo’lishi aniqlanadi.

3) Belgilari

1. Nafas qisishi: nafas tezlashishi, burun kataklarining kengayishi va tortilishi , bolalarda tajanglik, bezovtalik, kuch bilan nafas olish keyinchalik ortopnoega o’tish kuzatiladi.

2. Hushtaksimon xirillashlar: hushtaksimon xirillashlar nafas chiqarganda baland, nafas olganda past eshitiladi. Bundan tashqari, nafas chiqarishning uzayishi va quruq xirillashlar aniqlanadi. Agar xuruj davom etsa nafas shovqinlari pasayadi va qiynovchi bezovtalik, rangning oqarishi, yopishqoq terlash, puls tezlashishi va ko’karish seziladi.

3. Yo’tal: bolalarda yo’tal bilan kechadi, yengil formalarida faqat yo’tal bo’lishi mumkin. Yo’tal hech qanday shovqinlarsiz bo’lgan hollarda yo’tal xuruji yoki hushtaksimon yo’tal deb ataladi.

4) Tashhisi

- Qon tahlili: periferik eozinofilezni tasdiqlanishi, qon zardobida IgE(RIST) hamda

asosiy IgE ( RAST ) bo’lishi

- Rentgen tasvirida o’pka maydoni tiniqligining kattalashgani va diafragmaning

zichlashgani, yurak soyasining qisqargani (o’pka emfizemasi ), bundan tashqari teri osti emfizemasi, ko’ks oralig’i emfizemasi va pnevmotoraks aniqlanadi.

-Bolalik davrida tashqi nafas funkciyasini tekshirish testi va nafas yo’llari giperaktivligini tekshirish testi o’tkaziladi.

5) Davolash

1. Hurujlar bo’lmagan vaqtda kordinatsiya va davolash

Hurujlar bo’lmagan davrda ularni oldini olish choralarini ko’rish juda muhim bo’lib, bundan asosiy maqsad nafas yo’llaridagi yallig’lanishni kamaytirish, allergen bilan kontaktni oldini olish va nafas yo’llari qarshiligini oshirishdan iborat.

Kattaroq yoshdagi bolalarda pikfloumetr ko’rsatkichlariga asoslangan monitoring o’tkaziladi, olingan sonli ma’lumotlarga asoslanib hurujlarni oldindan bilish mumkin.

a. Medikamentoz davolash

- Yengil hollarda: allergiyaga qarshi moddalar va kromolin (ichishga) buyuriladi. Bronxolitik moddalardan foydalaniladi.

- O’rtacha og’ir hollarda: ingalyatsion kortikosteroidlar, allergiyaga qarshi moddalar va kromolin buyuriladi, shuningdek teofillin va leykotrien antagonistlari peroral buyuriladi.

- Og’ir hollarda: beklometazon, kromolin, beta-2 stimullovchi moddalar buyuriladi hamda aminofillin ichishga beriladi.

- Davolash qiyin bo’layotgan hollarda: kortikosteroidlar ichishga buyuriladi.

Antigenni yuqotish: astmaning etiologik omili bo’lgan antigenni bartataf qilish va yashash sharoitini yaxshilash zarur.

O’ziga xos giposensibillovchi davolash: masalan uy changiga, kanalarga, mog’or va changga immunologik sensibilizasiya bunda yuqori sezuvchanlikni pasaytirish maqsadida etiologik omil bo’lgan antigen bilan kam miqdorda yuborib davolanadi.

. Davolashning boshqa usullari

Terini quruq sochiq bilan artish, nafas mashqlari va suzishni o’rganishga tayyorgarlik buyuriladi.

2.O’tkir hurujlar vaqtida davolash

Yengil huruj: B 2 stimullovchi moddalar buyurish.

O’rtacha og’irlikdagi huruj: yuqoridagi davodan so’ng ham ahvol yaxshilanmasa aminofillinni vena ichiga bolyus yoki infuziya ko’rinishida yuboriladi

Og’ir huruj: aminofillin va kortikosteroidlarni bir vaqtda vena ichiga infuziya qilinadi, nafas yetishmovchilik hollarida esa endotraxeal intubatsiya yordamida o’pkani sun’iy nafas oldiriladi.

6) Hamshiralik parvarishi

1. Hurujlar vaqtida hamshiralik parvarishi

Astma huruji vaqtida qiyin bo’layotgan nafas holati baholanadi, bemorning ruhiy va jismoniy iztirobini engillatish kerak. Hurujning og’irlik darajasi hafas holati va hayot faoliyati (uyqu, ovqatlanish, suhbat, o’yin, dars, jismoniy faoliyat), nafas trenajyori (pikfloumetr) ko’rsatkichiga, qonda kislorodning saturatsiyasiga va boshqalar aniqlanadi. Tananing qulay holatini ta’minlash va huruj darajasiga ko’ra regidratasiya, nafas holatini kuzatish, saturatsiya ta’minlanadi. Surunkali hurujlarda navbatdagi hurujlarni oldini olish uchun dorilarni o’z vaqtida va to’g’ri berish, balg’am chiqarib tashlashini ta’minlash va qulay sharoit yaratish kerak. Kattaroq bolalarda bezovtalik, qo’rqish va asab qilish kuzatiladi, bu holatni engillatish uchun tanani qulay holatda yotqizish va qulay sharoit yaratish, hamda ularga ahvollari haqida tushuntirish kerak.

2.Hurujlar bo’lmaganda hamshiralik parvarishi

- Eng muhimi o’z-o’zini boshqarish va hurujlar yuzaga kelishidan saqlanish.

- Kundalik hayotda stresslarni engillatish uchun yordam berish: ko’krak yoshida va maktabgacha yoshdagi bolalar dorilarni qabul qilishini va allergenlarsiz muhit yaratishni ona kontrol qiladi, bunda ota ham qatnashayotganini bilish kerak va bolani tarbiyalashda ona qiynalib qolmasligi uchun unga yordam berish lozim. Maktab yoshidagi va pubertat yoshidagi bolalar mustaqil bo’ladilar shuning uchun ularni quvvatlash va mustaqilligi uchun sharoit yaratish kerak.

- Maktab yoshidagi bolalarda o’z-o’zini parvarishlash xususiyatini rivojlantirish uchun instruktaj o’tkaziladi: ko’rinadigan belgilar bo’lmaganda dorilarni qabul qilish, nafas trenajyoridan (pikfloumetr)dan foydalanish, qorin tipida nafas olish xususiyatlarini o’zlashtirish va balgamni tuflash, kundalik hayot rejimi va organizmni chiniqtirish, to’g’ri hayot tarzi va zarur bo’lgan hayot sharoitlarini yaratishdan iborat.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish