Didaktik vositalar
Jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska-Hitachi, LCD-monitor, elektron ko’rsatgich (ukazka).
Video - audio uskunalar: video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar.
Kompyuter va mul’timediali vositalar: komp’yuter, proektor, DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko’z (glazok).
BAHOLASH MEZONI
Umumiy talablar
Namunaviy o‘quv reja va ishchi o‘quv rejada mavjud fanlardan talabalar bilimini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018- son buyrug‘iga asosan baholash ularning o‘qitilayotgan fanni chuqur egallashi, topshiriqlarga ijodiy yondoshuvi, mustaqil fikrlash, o‘z bilimini muntazam ravishda oshirishga intilishi hamda adabiyotlardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni rivojlantirishi va shu tariqa raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga erishishdan iboratdir.
O‘quv rejasidagi har bir fanidan baholash mezon quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan:
talabalar fanni o‘zlashtirishini muntazam ravishda nazorat qilib borish, ularni semestr (o‘quv yili) davomida o‘z ustlarida uzluksiz faol ishlashlarini ta’minlash;
talabalar bilimini haqqoniy, aniq, adolatli va shaffof baholash hamda natijalarini ularga muntazam ravishda ma’lum qilish;
talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini keng rivojlantirish;
professor-o‘qituvchilarda ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, baholash savollarini tuzishda mas’uliyatini oshirish.
Fan bo‘yicha maksimal “5” (a’lo) baho quyiladi. O‘quv rejasida aynan shu fanga ajratilgan soatlar miqdori bilan belgilanadi.
Oliy talim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom va uning har bir bandi namunaviy o‘quv rejadagi va ishchi o‘quv rejadagi har bir fanning birinchi mashg‘ulotida talabalarga e’lon qilinadi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlari va malakaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi oraliq va yakuniy nazorat turlari o‘tkaziladi.
Baholash turlari va shakllari
Oraliq nazorat turi
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi.
Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning hususiyatidan kelib chiqqan holda 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin.
Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.
Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha oraliq nazorat turi o‘tkazilmaydi.
Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘kituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug‘ining ya’ni “Oliy talim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlarda faolligi uchun talabani baholash mezonida quyiladigan talablar qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |