Fuqaroviy befarqlik — bir joyda va bir paytda turgan individlarning
bir-birlarining borligini shunchaki anglashi, lekin do‗stlik ham, dushmanlik
ham namoyish qilmasligi jarayonlari.
Fuqarolik huquqlari — muayyan davlatning barcha fuqarolari ega
bo‗lgan yuridik huquqlar.
Fuqarolik jamiyati — mazkur mamlakatning har bir fuqarosiga
iqtisodiy va siyosiy turmushini o‗z ixtiyori asosida qurishga to‗la erkinlikni
kafolatlovchi ma‘lum ijtimoiy tizim. F.j.da davlat faoliyati yuzasidan
fuqarolarning to‗la nazorati o‗tkaziladi, davlatning ko‗pgina vazifalari
mahalliy joylarda fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlariga, jamoat
birlashmalariga, nodavlat tashkilotlariga o‗tadi. Davlat hokimiyati va
boshqaruv organlari esa umummilliy manfaatlarga daxldor eng muhim
vazifalar: mudofaa, davlat xavfsizligi, tashqi siyosat, pul-moliya va soliq
tizimini shakllantirish, qonunchilikni rivojlantirish kabilarni amalga oshiradi.
F.j. to‗g‗risida ko‗pgina faylasuflar, politologlar, huquqshunoslar qiziqqanlar.
Aristotelning ―Siyosat‖ asarida F.j. muammosiga e‘tibor berilib, unda
―Polis‖ga insoniyat jamiyatining baxtli hayotini ta‘minlashning eng oliy
shakli sifatida qaraladi. Asarda davlat tuzumlari haqida fikr yuritilib, bu
xususdagi Platon loyihasi tahlil etiladi, jamiyatni boshqarishda qonunlarning
to‗g‗ri va adolatli bo‗lishi, davlat farovonligi hamda umum manfaatiga
xizmat qilishi ta‘kidlanadi. o‗z davrida Forobiy ham ―Fozil odamlar shahri‖
asarida F.j. sharoitida boshqaruvning jamiyatchilik asoslari to‗g‗risida
dastlabki g‗oyalarni ilgari suradi. F.j. muammosiga oid bo‗lgan davlat va
jamiyat to‗g‗risidagi qarashlar I.Kant, Gegel, Russo, Temur, Ulug‗bek,
Bobur, Navoiy va b. Sharq va Yevropa mutafakkirlari tomonidan davom
ettirilgan. ―Davlat, — deb ta‘kidlaydi I.Kant, — alohida shaxslardan iborat,
ularning birligini, garchi u shunchaki umumiylikdan iborat bo‗lsada, uni
fuqarolar jamiyati deb tushunadilar‖ Gegelning huquq fal.sida ham F.j.ga
doir qarashlar ilgari surilgan. Hozirgi kunda o‗zbekistonda F.j. qurish
bo‗yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. ―Biz fuqarolik jamiyatini qurishga
intilmoqdamiz, - deydi Prezident I.A. Karimov, - buning ma‘nosi shuki,
davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini
bevosita xalqqa topshirish, ya‘ni o‗zini-o‗zi boshqarish organlarini yanada
rivojlantirish demakdir‖ (I.A. Karimov. O‗zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va
iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T., 1995, 14-bet). F.j. qurilishida
qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat, dunyoviy ne‘matlar orasida eng ulug‗i –
inson degan g‗oya asosida ―fuqaro – jamiyat va davlatning‖ oqilona huquqiy
yechimi topiladi. F.j.ni qurish vazifalari jamiyatda siyosiy, millatlararo
ijtimoiy va moddiy tenglikni ta‘minlovchi samarali tizimga asoslangan
qonunlarga tayangan holda amalga oshiriladi.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |