E
Edip kompleksi — Freyd fikriga ko‗ra, individning ilk psixologik
rivojlanish bosqichi bo‗lib, unda bola onasiga nisbatan kuchli sevgi hissini,
otasiga nisbatan esa nafrat hissini ko‗ngildan kechiradi. Freyd fikricha, Edip
kompleksini bartaraf qilish bola rivojidagi muhim chegara bo‗lib, uning
mustaqil shaxs ekanini anglatadi.
Egalitarizm
(fr.
egalitarisme
–
tenglik)
—
umumiy
baravarlashtirishning sotsiumni tashkil etish prinsipiga asoslanuvchi ijtimoiy
fikr yo‗nalishlaridan biri.
Egoizm (lot. men) — o‗z foydasi, manfaatini ko‗zlovchi xattiharakat,
o‗z manfaatini boshqa kishilar manfaatidan ustun qo‗yish. E.ning aksi -
altruizm.
Egotsentrizm — Piaje fikriga ko‗ra, hayotning ilk yillarida bolaning
alohida dunyoqarashi. Egotsentrik tafakkur ob‘ekt va hodisalarni bolaning
faqat o‗z yoshiga yarasha atamalar yordamida ifodalashi sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |