O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/293
Sana24.08.2021
Hajmi1,63 Mb.
#155158
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   293
Bog'liq
sotsiologiya fanidan izohli lugat

Burhoniddin Marg‘iloniy Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abul Jalil 


 
22 
al-Farg‗oniy  ar-Rishtoniy  (1121.23.9,  Rishton  —  1197.29.10,  Samarqand)–
fiqh  olimi.  ―Burhoniddin‖,  ya‘ni  ―Islom  va  shariatning  rad  qilib 
bo‗lmaydigan mutlaq isboti‖ faxrli unvon sohibi.  
B.M.  Rishton,  Marg‗ilon,  Buxoro,  Samarqand  va  b.  shaharlarda  o‗z 
padari  buzrukvori,  akalari  qo‗lida,  so‗ngra  maktabda  va  Marg‗ilondagi  Fur 
Siddiq  madrasasida  tahsil  oldi.  quroni  karim,  Hadisi  sharif,  tafsir  ilmini 
chuqur egalladi. 
B.  M.ning  ulug‗  faqih  bo‗lib  yetishishida  shariatning  asoschilari  va 
nazariyotchi mujtahidlari Abu Hanifa Imom ul-A‘zam, Abu Yusuf al-Xorijiy, 
Imom  Muhammad  ash-Shayboniy,  ayniqsa,  Imom  Abul  Hasan  Al-qodiriy  va 
uning  ―al-Muxtasar‖  nomli  shariatda  juda  mo‗‗tabar  manba  sanaladigan 
kitoblaridagi huquqiy naz-yalar, g‗oya va qarashlar asosiy o‗rin tutgan. 
B.  M.  1149  y.  haj  safarida  bo‗ldi.  qaytayotib  o‗z  bilimlarini 
teranlashtirish maqsadida Mavr shahrida farg‗onalik olim Tojiddin Ahmad ibn 
al-Husayn  al-Banandinjiydan  hadislar  tinglaydi.  Balxga  kelib,  Abu-shujo 
Umar  ibn  Muhammad  al-Bistomiydan  uning  ixtiyorida  bo‗lgan  barcha 
asarlarga  ijozat  oladi.  Tahsil  yillari  tugab,  B.M.  yetuk  faqih  darajasiga 
yetgach,  Samarqand  Shayx  ul-islomi  mansabiga  tayinlanadi.  o‗ndan  ortiq 
asarlar yaratadi. Shulardan 6 tasi bizgacha etib kelgan bo‗lib, saqlanganlarning 
barchasi fiqh (islom huquqshunosligi) masalalariga bag‗ishlangan. 
B.M.ning ―Al-Hidoya‖ asari mashhur. ―Al-Hidoya‖ hanafiya fiqhining 4 
asrlik rivojiga yakun yasadi. ―Al-Hidoya‖ 53 kitobdan (bo‗lim) iborat bo‗lib, 
amaliy  fiqhning  (furu‘  al-fiqh)  hamma  jabhalarini  qamrab  oladi.  Asarda 
islomning  asosiy  marosim  talablari,  huquqiy  va  axloqiy  qoidalari,  xususan 
tahorat,  namoz,  zakot,  ro‗za,  haj,  qurbonlik,  oila  va  nikoh  masalalari  b-n 
bog‗liq  qoidalar  batafsil  yozilgan.  Unda  mulkiy  va  moliyaviy  munosabatlar, 
jinoyat va jazo, fuqarolik huquqi, sudlar va protsessual masalalar, turmush va 
faoliyatdagi  taqiqlashlar  va  ijozatlar  haqida  ham  fikr  yuritiladi.  Bu  asar 
islomdagi  sunniylik  oqimining  hanafiylar  mazhabi  keng  tarqalgan 
mamlakatlarda amaliy qo‗llanma sifatida keng foydalaniladi. 
14-a.da  ―Al-Hidoya‖  hanafiy  dunyosida  mumtoz  asar  deb  tan  olindi. 
Shu  davrdan  boshlab  u  madrasa  tizimida  oliy  fiqhshunoslik  ma‘lumotini 
olishda  yod  olinishi  lozim  bo‗lgan  asosiy  o‗quv  qo‗llanma,  deb  hisoblana 
boshladi.  B.M.ning  bu  shoh  asari  arab  tilidan  fors,  ingliz,  rus,  o‗zbek  va  b. 
tillariga tarjima qilindi.  
Marg‗inoniylar sulolasi nomi b-n bog‗liq musulmon fiqhshunoslarining 
Farg‗ona  maktabi  nafaqat  Turkiston  hududida,  balki  butun  o‗rta  asr  arab-
musulmon  dunyosi  huquqshunoslik  ilmida  asrlar  bo‗yicha  etakchi  bo‗lib 
qolishida B.M. hal qiluvchi rol o‗ynagan. ―Al-Hidoya‖ o‗rta asrda ham, hoz. 
kunlarda  ham  nafaqat  shariat  qomusi,  qonunlar  chiqarish  ibtidosi,  balki, 
umuman, har qanday huquqiy ma‘rifat, ta‘lim va tahsilning birlamchi ibtidosi, 


 
23 
shariatdagi  hanafiya  huquqiy  maktabiga  ergashuvchi,  unga  amal  qiluvchilar 
uchun emas, balki shariatdagi barcha mazhablar uchun ham andoza manbaidir. 
B.M. imom, qonunshunos, hadisshunoslik ulamo, qur‘onni yoddan bilgan va 
tafsir qilgan, huquqiy bilimlarni to‗plab, ularni yaxlit va bir butun fan holatiga 
keltirgan tadqiqotchidir. 
B.M.  tarixda  chuqur  iz  qoldirdi.  Uning  uch  o‗g‗li  –  Jaloliddin 
Muhammad, Nizomiddin Umar, Imomuddin Abu Bakr otalaridan so‗ng uzoq 
muddatda  navbatma-navbat  Samarqand  shayx  ul-  islomi  bo‗lib  turdilar. 
Nevarasi  Abdurahim  ibn  Bakr  al-Marg‗inoniy  (vafoti  1253  y.dan  so‗ng) 
o‗zining  fiqhiy  asari  ―Al-Fusul  al-Imodiya‖  b-n  islom  dunyosida  shuhrat 
taratdi.  Evarasi  Abdulavval  ibn  al-Marg‗inoniy  (vafoti  1411  y.dan  so‗ng) 
Turkiyada mashhur olim va ustoz sifatida tanilgan. Amir Temur va temuriylar 
(1405—1500)  davrida  B.M.  avlodlari  Movarounnahrda  uzoq  yillar  shayx  ul-
islom lavozimini egallab turdilar. 
B.M.ning va umuman shariatning huquqiy merosini, undagi demokratik 
qadriyatlar,  adli-insof,  insonparvarlik  an‘analarini  o‗rganish  xalqimiz, 
millatimiz,  davlatimizda  siyosiy  ong,  madaniyat,  huquqiy  shuur,  malaka, 
qonunchilik  an‘analarini,  tarixiy  xotirani  tiklash,  qonunni  to‗g‗ri  tushunish, 
talqin etish va qo‗llashdagi xalqimiz, millatimizga hozirjavoblik va qat‘iyatlik 
xislatlarining  qaytadan  tiklanishi,  rivojlanishiga  va  demak,  huquqiy  jamiyat 
qurish ishiga xizmat qiladi. 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish