Ovchi va termachilar qabilalari — odamlar ovchilik, baliqchilik va
iste‘molga yaroqli o‗simliklarni terish bilan kun kechiradigan jamiyat tiplari.
Ozchilik — mazkur jamiyatda ozchilikni tashkil qiladigan odamlar
guruhi bo‗lib, alohida madaniy yoki jismoniy belgilar tufayli jamiyatning
boshqa a‘zolariga nisbatan tengsizlik holatida bo‗lgan odamlar guruhi.
Og‗ish submadaniyati — a‘zolari jamiyatdagi ko‗pchilik e‘tirof
etadigan qadriyatlardan farq qiladigan qadriyatlarga rioya qiluvchi
madaniyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |