Ishlab chiqarish kuchlari — Marks tomonidan jamiyatning iqtisodiy
o‗sishiga ko‗maklashuvchi omillarni ifodalash uchun qo‗llangan atama.
Ishsizlik — bir qism iqtisodiy faol aholining o‗ziga loyiq ish topa
olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi. I. inson manfaatlariga
to‗g‗ridanto‗g‗ri ta‘sir qiladigan yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri
hisoblanadi. Mamlakat miqyosida 3-5% darajasidagi I. iqtisodiyot uchun
normal holat (I. ning tabiiy chegarasi) hisoblanadi.
Ishchilar — industrial jamiyatda mehnatga layoqatli aholining yollanib
ishlovchi va jismoniy mehnat b-n shug‗ullanuvchi toifasi, ijtimoiy guruh.
XIX asr o‗rtalarida Evropada sanoat rivojlanishi b-n dehqonlar va
hunarmandlar hisobidan sanoat proletariati paydo bo‗ldi, I. ning kasaba
Do'stlaringiz bilan baham: |