Sotsiologiyada funksional maktab — hozirgi zamon G‗arb
sotsiologiyasidagi maktablardan biri. Malinovskiy, Redklif-Braun, Merton,
Parsons, P.Sorokinning nuqtai nazariga ko‗ra, jamiyat yagona, o‗zaro
aloqador ―sotsial sistema‖, bu sistemaning har bir elementi muayyan
funksiyani bajaradi. Komponentlarining o‗zaro ta‘siri va yagona belgilovchi
asosning yo‗qligi — bunday sistemaning muhim xususiyatidir. Ammo,
haqiqatda ―ruhiy qadriyatlarning tiplari‖ S.f.m.da sistemaning asosiy
belgilovchi qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |