77
aytganidek, mehnat qurollarini yaratuvchi jonzotdir.
Oilaviy munosabatlar va axloqiy normalar. I. hayvondan farq qiluvchi
eng muhim xususiyatlardan biridir. Mas., qadim zamonlardan buyon
hayvonlarga xos quyidagi
qiliqlar, odatlar mutlaqo ta‘qiqlandi:
1. o‗zining yaqin qavm-qarindoshi b-n jinsiy aloqada bo‗lish;
2. eng yaqin kishisiga qo‗l ko‗tarish, taniga jaroqat
etkazish;
3. o‗zining yaqin kishilariga suiqasd qilish.
Bunday nomaqbul qiliqlar hayvonlarga xos bo‗lgani uchun qam qattiq
qoralangan. Qad. axloqiy normalar, turgan gapki, hali takomillashmagan, o‗ta
oddiy edi. Shunga qaramasdan, bunday normalar insoniylikning eng oddiy
ko‗rinishlari paydo bo‗layotganidan dalolat berardi. Ular asta-sekin
rivojlanib, umum-insoniy qadriyatlarning vujudga kelishi uchun zamin
yaratdi. Ko‗rinib turibdiki, antroposotsiogenez tufayli I. axloqiy mavjudot
sifatida ham shakllandi, biologik mavjudotning ijtimoiy mavjudotga aylanishi
jarayoni sodir bo‗ldi. Oddiy axloqiy normalar yordamida ibtidoiy jamoa o‗z
a‘zolarini barchaga maqbul bo‗lgan tartib va intizomlarni bajarishga majbur
qildi. Xuddi shu holat I.ning hayvondan uzil-kesil ajralib chiqqanligidan
dalolat berardi. o‗z navbatida, ushbu voqea ijtimoiy holatning biologik holat
ustidan qilgan buyuk g‗alabasi edi. Odamning mehqnat qilishni, mehnat
qurollari yasashni o‗rgangani, axloqiy normalarga rioya eta boshlagani ulkan
neolitik inqilob edi. Bunday neolitik inqilob tufayli odam asta-sekin
ijtimoiylashib bordi. Odamning dastlabki ajdodi ov qilib, terib-tergilab
yashashga asoslangan faoliyatdan ishlab chiqaruvchanlikka, yaratuvchanlikka
asoslangan turmush tarziga (dehqonchilik, chorvachilik, kosibchilik va b.)
o‗ta boshladi. Xuddi shu holat odam ijtimoiy-tarixiy mavjudot bo‗lib
shakllanayotganidan, mujassamlanayotganidan dalolat berardi. Bugungi
kunda fay.lar inson uchta buyuk qudrat – tana, ruhiyat va ma‘naviyatning
yig‗indisi ekanligini uqdirmoqdalar. Insonning biologik holati deganda uning
tanasida sodir bo‗ladigan morfofiziologik, genetik, miyasida ro‗y beradigan
elektro-ximik o‗zgarishlar, uning yoshi, irqi va jinsini ifodalovchi alomatlar
tushuniladi.
Insonning ruhiy holati ha
qida fikr yuritganda uning his-
tuyg‗ulari, kayfiyati, kechinmalari, irodasi, temperamenti anglanadi.
Insonning ma‘naviyati jamiyatda mavjud bo‗lgan ob‘ektiv shart-sharoitlar va
sub‘ektiv omillar natijasida shakllangan fazilatlar, xislatlar, qobiliyatlar,
malakalar yig‗indisidir. Yuhoridagi fikr-muloqazalar insonning murakkab,
bir butun biosotsial jonzod ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: