O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


§ 12.2. O’zbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

§ 12.2. O’zbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari
bilan iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi 
Hozirda O’zbekiston qator obro’li va jahon iqtisodiyotida muhim ahamiyatga 
ega bo’lgan xalqaro tashkilotlarning teng xuquqli a’zosi, jahonning o’nlab davlatlari 
bilan do’stona aloqalarini bog’lagan, yirik bank va moliyaviy organlar bilan hamda 
nodavlat va nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 43 ta 


chet davlatlarning elchixonalari, 15 ta hukumatlararo va 49 ta nohukumat 
tashkilotlar akkreditatsiya qilingan.
O’zbekiston turli darajadagi – global va mintaqaviy integratsion jarayonlarda 
qatnashish bilan bir paytda bir muhim tamoyilga rioya qiladi: bir davlat bilan 
yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish evaziga bo’lmasligi kerak. 
O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasining tarkibiy qismi turli 
davlat va xalqaro tashkilotlar bilan ko’p tarmoqli aloqalardir. 
Bunda Yevropa Ittifoqi muhim o’rin egallaydi. Yevropa Ittifokining jahon 
miqyosidagi o’rni kuchayib borgan sari, jahon mamlakatlari ushbu integratsion 
guruh bilan hamkorlik qilishga intilmokdalar. O’zbekiston Respublikasi ham tashqi 
iqtisodiy siyosatining ahamiyatli jihati sifatida YeI bilan munosabatlarini belgilab 
oldi. Prezident I. A. Karimovning quyidagi so’zlari ham ushbu fikrni to’la 
tasdiklaydi: «O’zbekiston tashqi siyosatining Yevropaga yo’naltirilganligi 
kuchaymokda. U Yevropa davlatlari, hamda hududiy integratsiya jarayonlari 
samarali amalga oshayotgan Yevropa qit’asi bilan hamkorlikni o’z ichiga oladi».
O’zbekiston Respublikasi uchun YeI bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni 
kengaytirish mamlakat uchun nafaqat iqtisodiy afzalliklar, balki shu bilan bir 
katorda O’zbekistonni jahondagi mavqeini mustaxkamlash imkoniyatlarini ham 
yuzaga keltiradi. Jahonning nufuzli integratsion guruhi bilan teng xuquqli hamkorlik 
o’rnatish O’zbekiston uchun dunyoning boshqa mamlakat va hududlari bilan teng 
xuquqli hamkorlik o’rnatish kafolati bo’lib xizmat qiladi. SHu bilan bir qatorda, 
O’zbekiston uchun YeIga a’zo-mamlakatlar bilan alohida-alohida munosabatlar 
o’rnatish va kengaytirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi hamkorlik 1992 yil 
15 aprelda O’zbekiston Respublikasi hukumati va Yevropa Ittifoqi qo’mitasi 
o’rtasida o’zaro hamkorlik to’g’risida Memorandumning imzolanishi bilan 
boshlangan. 
1994 yil 24 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida 
YeI Qo’mitasining O’zbekistondagi texnik aloqa hamkorligi bo’yicha byuro tuzish 
to’g’risida qaror qabul qilindi. Bu organlarning maqsadi O’zbekistonda iqtisodiy 
islohotlar jarayoni va bozor munosabatlariga o’tishda texnik yordam ko’rsatish, 
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi hukumati va YeI Qo’mitasining
hamkorligini kuchaytiishdir. 
O’zbekiston Respublikasi bilan Yevropa mamlakatlari o’rtasidagi ko’p 
tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 1996 yil 21 iyundagi sammitda 
YeI a’zo davlatlari rahbarlari bilan «O’zbekiston va Yevropa Hamjamiyati hamda 
unga a’zo davlatlar o’rtasida hamkorlik va sheriklik» to’g’risida bitim imzolandi. 
O’zbekiston Sobiq Ittifoq davlatlari ichida Rossiyadan keyin bunday bitim 
imzolagan ikkinchi davlatdir.


O’zbekistonning YeI va YeIga a’zo davlatlar o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlarning huquqiy asosini tashkil qiladi. SHuningdek, siyosiy, iqtisodiy, 
fan-texnikaviy va madaniy aloqalar uchun keng imkoniyat ochadi. 
1999 yil mayda Yevroparlament va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan 
sherikchilik va hamkorlik haqida bitim ratifikatsiyasi bo’yicha barcha muhim 
tadbirlar nihoyasiga yetdi. 1999 yil 1 iyulda «SHerikchilik va hamkorlik haqidagi 
bitim» kuchga kirdi va «EI-O’zbekiston» qo’shma qo’mitasi o’rniga O’zbekiston-
EI hamkorlik qo’mitasi tuzildi. YeI O’zbekistonning muhim savdo-iqtisodiy 
sheriklaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi va YeI mamlakatlari 
o’rtasidagi mol ayirboshlashning o’sishi ko’rsatkichlari savdo-iqtisodiy 
munosabatlarning muvaffaqiyatli rivojlanayotganligidan guvohlik beradi. 2007 yil 
yakuni bo’yicha O’zbekiston Respublikasining YeI mamlakatlari bilan ikki 
tomonlama mol ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 65,8 mln. AQSH dollarinini tashkil 
etgan, undan 520,6 mln. AQSH dollari eksport, import esa 545,2 mln. AQSH 
dollarini tashkil etadi. 2007 yil davomida mol ayirboshlash hajmi bo’yicha YeI 
mamlakatlari ichida respublikamizning eng yirik savdo sheriklari: Buyuk Britaniya 
(302,0 mln. AQSH dollari), GFR (250,8 mln. AQSH dollari), Italiya (123,8 mln. 
AQSH dollari), Belьgiya (95,5 mln. AQSH dollari), Frantsiya (91,5 mln. AQSH 
dollari), Niderlandiya (68,5 mln. AQSH dollari) bo’ldi.
EI mamlakatlari bizning yetakchi investorlarimiz bo’lib, hozirda 
O’zbekistonda YeI a’zo davlatlarining 147 firma va kompaniyalari akkreditatsiya 
qilingan. Respublika hududida YeI mamlakatlari firma va kompaniyalari kapitali 
ishtiroki bilan 480 korxona o’z faoliyatini amalga oshirmoqda, ulardan 114 tasi-
100% lik Yevropa kapitali bilan, 1995-2007 yillar davomida YeI firma va 
kompaniyalari, shuningdek bank tuzilmalari O’zbekistonda umumiy qiymati 8 mlrd. 
AQSH dollari atrofida bo’lgan yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishda 
ishtirok etdi. SHu bilan birga oxirgi yillarda Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, 
Belьgiya, Portugaliya, Avstriya, Gretsiya, CHexiya, Slovakiya, Ruminiya va boshqa 
qator davlatlar bilan to’g’ridan-to’g’ri ikki tomonlama aloqalar izchil va barqaror 
rivojlanmoqda. Yukoridagilaridan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, YeI 
O’zbekiston uchun xozirgi kundagi asosiy hamkordir. YeI bilan iqtisodiy 
munosabatlarni kay tarzda amalga oshishi O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi 
urnini belgilaydi. SHunday ekan O’zbekiston Respublikasining YeI davlatlari bilan 
iqtisodiy munosabatlarini chuqurlashuvi o’z-o’zidan siyosiy, madaniy hamkorlikni 
rivojlanishiga olib keladi. 
O’zbekiston - YeI munosabatlar kelajagi ko’p jixatdan transport muammolari 
xal bo’lishiga bog’lik. Bu sohada YeI ning TRASEKA dasturi alohida e’tiborga 
sazovor. 


O’zbekiston - YeI hamkorligining istikbolli sohalari, hamda ularning amalga 
oshirilishida YeI ning qaysi mamlakatlari bilan hamkorlik qilish maqsadga 
muvofiqligi bo’yicha tavsiyalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
• 
Kompaniyalarni turli investitsion loyixalarni amalga oshirishda ishtirok 
etishga jalb etish (Germaniya, Frantsiya, Daniya, Buyuk Britaniya, SHvetsiya 
va b.); 
• 
Kadrlar tayerlashdagi keng kamrovli hamkorlik (Germaniya, Frantsiya, 
Buyuk Britaniya, Niderlandlar); 
• 
Eksport imkoniyatlarini kengaytirish maksadida YeI davlatdarida o’zbek 
savdo uylarini ochish (EI barcha mamlakatlari); 
• 
Qo’shma korxonalar tashkil etish yo’li bilan YeI texnologiya va nou-xaularni 
O’zbekistonga keltirish (Germaniya, Frantsiya, Daniya, Buyuk Britaniya, 
SHvedtsiya vab.) 
• 
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda YeI a’zolari tajribasidan foydalanish 
(Belьgiya, Niderlandlar, Daniya, Irlandiya, Portugaliya); 
• 
Qurilish sohasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi hamkorlikni 
kengaytirish (Italiya, Frantsiya, Avstriya, SHvetsiya va b.); 
• 
Paxta tolasini qayta ishlash va kiyim-kechak, poyabzal ishlab chiqarishda 
hamkorlikni kengaytirish (Italiya, Germaniya, Avstriya, Ispaniya va b.); 
• 
Turizm sohasidagi keng qamrovli hamkorlikni kengaytirish (EIning barcha 
mamlakatlari); 
• 
Kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish. YeI a’zolari portlari, 
avtomobil 
va 
temir 
yullaridan 
foydalanishni 
yo’lga 
qo’yish 
(Niderlandlar,Germaniya, Finlyandiya, Gretsiya); 
• 
Bank sohasini isloh qilishda YeI a’zolari tajribasidan foydalanish (Germaniya, 
Frantsiya, Belьgiya va b.); 
• 
Suvni tozalovchi moslamalarga doir YeI yetakchi texnologiyalaridan 
foydalanish (SHvetsiya, Daniya, Germaniya); 
• 
Farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va O’zbekistonda 
doridarmon ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish (Belьgiya, 
Avstriya, Germaniya, Frantsiya, Irlandiya, Gretsiya); 
• 
Foydali kazilmalar ishlab chiqarish va kayta ishlashdagi hamkorlikni 
kengaytirish (Frantsiya SHvetsiya va b.) 
• 
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va kayta ishlashdagi 
hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanish (Belьgiya, Niderlandlar,
Daniya,Irlandiya) 
• 
Metallurgiya sohasidagi hamkorlik (Avstriya, Italiya, Lyuksemburg) 
• 
O’zbekiston aeroportlaridan tranzit uchun foydalanish masalalaridagi 
hamkorlikni o’rnatish va amalga oshirish. (EI ning barcha mamlakatlari.) 
O’zbekiston va AQSH.
 
Yirik siyosiy, iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega 
dunyoning yetakchi davlati - AQSH bilan ko’p tomonlama munosabatlarni 
chuqurlashtirish va rivojlantirish O’zbekiston uchun ustivor ahamiyatga ega. 
«O’zbekiston Respublikasi va AQSH o’rtasidagi strategik sheriklik va hamkorlik 


asoslari to’g’risida Deklaratsiya» ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikni 
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 
Respublikada Amerika investorlari ishtirokidagi 323 korxona ro’yxatga 
olingan, ulardan 233 tasi qo’shma korxonalar va 90 tasi 100% chet el kapitaliga 
qurilgan.
Amerika kapitali ishtirokidagi investitsion loyihalar tog’-kon va neftь gaz 
komplekslari, agrosanoat kompleksi texnologik bazalari, oziq-ovqat sanoati va 
transport infratuzilmasini rivojlantirish kabi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida 
amalga oshiriladi. 
Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgandan 
buyon Amerika kompaniyalari va moliyaviy institutlari ishtirokida amalga 
oshirilgan investitsion loyihalar umumiy summasi 2,4 mlrd. AQSH dollaridan ortiq, 
shundan 1,4 mlrd. AQSH dollarilik loyihalar Amerika moliyaviy institutlari 
tomonidan sug’urtalangan. AQSH O’zbekistonning muhim savdo hamkori bo’lib 
qolmoqda.
Yaponiya davlatiga to’xtaladigan bo’lsak, u O’zbekiston mustaqilligini 1991 
yil 28 dekabrda tan olgan. Ikki davlat o’rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 26 
yanvarda o’rnatilgan. 
Ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishida O’zbekiston Prezidenti 
I.A.Karimovning Yaponiyaga 1994 yil may va 2002 yil iyulda amalga oshirgan 
rasmiy tashriflari muhim rolь o’ynagan. Tashriflar chog’ida O’zbek-Yapon 
davlatlararo munosabatlariga asos bo’lgan qator xujjatlar imzolangan. SHu qatorda 
«O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya qo’shma bayonoti», «O’zbekiston 
Respublikasi hukumati va Yaponiya hukumati o’rtasida imzolangan bitimlarga 
O’zbekistonning xuquqiy vorisligi haqida maktublar almashinuvi», shuningdek, 
«O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida do’stona, strategik sheriklik va hamkorlik 
to’g’risida qo’shma bayonot» imzolandi. 
Ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishida 1994 yil tuzilgan iqtisodiy 
hamkorlik bo’yicha O’zbek-Yapon va Yapon-O’zbek qo’mitalari muhim rolь 
o’ynaydi. 
Muntazam ravishda respublikaga Yaponiyaning nufuzli parlament vakillari, 
ishbilarmon davralari va siyosiy partiyalari rahbarlari tashrif buyurmoqda. 
Mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirish va moliyaviy hamkorlik, neftь-gaz 
va to’qimachilik tarmog’i, mineral xom-ashyo bazalarini rivojlantirish bo’yicha 
investitsion seminarlar, konferentsiyalar, prezentatsiyalar tashkil etilmoqda. 
Yaponiyaning iqtisodiyot, savdo va sanoat hamda moliya vazirliklari bilan 
birgalikda doimiy asosda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirish masalalari 
bo’yicha konsulьtatsiyalar o’tkazilmoqda. 


Toshkentda Yaponiyalik investorlar ishtirokida tuzilgan 19 yirik Yapon 
kompaniyalari akkreditatsiya qilingan va 8 qo’shma korxona ishlamoqda. 
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishda strategik rejalarni amalga oshirishda 
muhim rolь o’ynovchi moliyaviy-iqtisodiy yordamga, Yaponiya bilan hamkorlikni 
rivojlantirishga ustuvor ahamiyat beriladi. 
O’z navbatida Yaponiya ham O’zbekistonga Markaziy Osiyodagi vaziyatga 
katta ta’sir ko’rsata oladigan mintaqaviy yirik davlat sifatida qaraydi. Hozirgi vaqtda 
ikki davlat o’rtasida savdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimi o’rnatilgan. 
O’zbekiston va Yaponiyaning iqtisodiy hamkorligi oxirgi yillar mobaynida 
barqaror rivojlanmoqda. O’tgan davrda respublikaga keltirilgan moliyaviy 
vositalarning umumiy hajmi 1,563 mlrd.dan ortiq AQSH dollarini tashkil etdi. 
Xalqaro hamkorlik Yapon banki (JBIC) tijoriy kreditlari orqali respublika 
yoqilg’i-energetika va to’qimachilik komplekslarida umumiy summasi 721,1 mln. 
AQSH dollari bo’lgan 8 ta investitsion loyihalarning amalga oshirilishi 
moliyalashtirildi. 
Beg’araz va insonparvarlik yordamlari bo’yicha sog’liqni saqlash, maorif, 
transport va madaniyat sohalariga umumiy summasi 130,83 mln. AQSH dollari 
bo’lgan resurslar Yaponiya tomonidan ajratildi. 
1993-2008 yillar davomida O’zbekistondagi tashkilot va muassasalarda 
iqtisodiyot, telekommunikatsiya, turizm, transport infratuzilmasini va boshqa 
sohalarda ishlash uchun 150 nafar atrofida ekspertlar jo’natildi. Bundan tashqari 
1993 yildan boshlab respublikaning turli vazirlik va muassasalaridan 500 ga yaqin 
mutaxassislar Yaponiyada amaliyot o’tab qaytishdi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish