Sinov savollari
1. Linza deb nimaga aytiladi?
2. Linzaning optik markazi, bosh optik o`qi va bosh fokusi deb nimaga aytiladi?
3. Linzaning optik kuchi deganda nimani tushunasiz? Uning o`lchov birligi
qanday?
4. Yig`uvchi va sochuvchi linza deb nimaga aytiladi?
5. Linzalar qanday maqsadlarda ishlatiladi?
2. YORUG’LIKNING ELEKTROMAGNIT TO’LQIN TABIATI
2.1. Yorug’lik to’lqinlari va ularning xarakteristikasi.
Yorug‘lik qator hodisalarda to'lqin xususiyatini namoyon qiladi. Shuning
uchun to'lqinlarga oid ba'zi ma'lumotlarni dastlab yaqqollik uchun mexanik to'lqin
misolida ko'rib chiqamiz.
To'lqin
deganda tebranishlarining muhitda (bunga vakuum ham kiradi)
tarqalish jarayoni tushuniladi. Yorug‘lik to'lqinining tarqalish yo'nalishi
nur
deb
ixtiyoriy vaqtda tebranishlar yetib kelgan muhit zarralarining geometrik o'rinlari
to'lqin fronti
deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |