O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik qurilish instituti


Mikrokontrollerning protsessor yadrosi



Download 1,2 Mb.
bet7/16
Sana11.07.2022
Hajmi1,2 Mb.
#773861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
2 5235480505788405899

Mikrokontrollerning protsessor yadrosi
Mikrokontroller protsessor yadrosining unumdorligini belgilab beruvchi asosiy ko‘rsatgichlari quyidagilardir:
-oraliq axborotlarni saqlash uchun registrlar to‘plami;
-protsessorning buyruqlar tizimi;
-xotira maydonini va operandlarni manzillash usullari;
-buyruqlarni tanlash va bajarish jarayonlarini tashkillashtirish.
Buyruqlar tizimi va operandlarni manzillash usullari nuqtaiy nazaridan hozirgi zamon 8-razryadli mikrokontroller protsessor yadrosi protsessorlarning qurilish tamoyillarining ikkitasidan birida joriy etiladi:
CISC – arxitekturali protsessorlar, to‘liq buyruqlar tizimini joriy etuvchi deb nomlanuvchi (Complicated Instruction Set Computer);
RISC – arxitekturali protsessorlar, qisqartirilgan buyruqlar tizimini joriy etuvchi (Reduced Instruction Set Computer).
CISC –protsessorlari, katta to‘plamli buyruqlarni rivojlangan imikrokontrolleroniyatli manzillashi loyihalashtiruvchiga kerakli operatsiyalarni bajarish uchun juda mos
keladigan buyruqlarni tanlash imikrokontrolleronini beradi. 8-razryadli mikrokontroller CISC – arxitekturali protsessorlarni tatbiq etilganda bir baytli, ikki baytli va uch baytli (to‘rt baytli kam hollarda) buyruqlar o‘lchami (formati) bo‘lishi mumikrokontrollerin. Bu holda odatda, buyruqlar tizimi protsessorning xohishiy registrlariga nisbattan hamma buyruqlar ham barcha manzillash usullarini ishlata olmaydilar. Buyruqlarni ishlatish uchun tanlash mikrokontroller bir necha ishlash sikllari davomida baytlab amalga oshiriladi. Buyruqlarni bajarilish vaqti 1 dan to 12 ta siklgacha tashkil etishi mumikrokontrollerin. CISC – arxitekturali mikrokontroller Intel firmasining MCS-51 yadroli mikrokontroller kiradi, hozirgi vaqtda bir qator ishlab chiqaruvchilar tomonidan quvvatlanayotgan quyidagi HC05, HC08, HC11 mikrokontroller oilasi Motorola va boshqa firmalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Zamonaviy 8-razryadli mikrokontrollerning buyruqlarni bajarilishi va tanlash
jarayonlarini tashkillashtirish nuqtai nazaridan eslatib o‘tilgan ikkita MPT arxitekturasidan (fon-neyman (prinston) yoki garvard) biri qo‘llaniladi.
Fon-neyman arxitekturasining asosiy xususiyati axborot va dasturlarni saqlash
uchun umumiy xotirani ishlatilishidadir, 2-chizmada keltirilganidek.
Fon-neyman arxitekturasining asosiy afzalligi – MPT qurilmalarining soddalashishida bo‘lib, chunki faqat bitta umumiy xotiraga murojaat amalga oshiriladi. Undan tashqari, xotiraning yagona umumiy hududidan foydalanish dastur bilan axborotlar hudud resurslarini operativ ravishda taqsimlash va qayta taqsimlash imikrokontrolleronini beradi, bu esa dasturni loyihalashtiruvchi nuqtai nazaridan jiddiy afzalliklar beradi. Stekni umumiy xotiraga joylashtirilishi uning qiymatlariga egalik qilishni yengillashtiradi. Shuning uchun Fon-Neyman arxitekturasi tasodifan emas albatta universal kompyuterlarning va shu jumladan shaxsiy kompyuterlarning ham asosiy arxitekturasi bo‘lib qolgan.

2-chizma. Fon-neyman arxetekturali MPT tarkibi.
Garvard arxitekturasining asosiy xususiyati – bu axborotlar va buyruqlarni
saqlash uchun alohida manzillar maydonini ishlatilishidadir, 3-chizmada
keltirilganidek.

3-chizma. Garvard arxitekturali MPT tarkibi.
Hozirgi zamon 8-razryadli mikrokontrollerlarning ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilari Garvard arxitekturasidan foydalanadilar. Ammo Garvard arxitekturasi ba’zi bir dasturiy amallarni joriy etishda yetarli darajada oslashuvchang emas. Shuning uchun turli arxitekturada bajarilgan mikrokontroller o‘zaro solishtirishda aniq ilovaga tatbiqan amalga oshirish kerak bo‘ladi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish