Kontrollerlarning tuzilishi va asosiy xususiyatlari
Kontrollerlar va tez ishlovchi mikrokontrollerlarni yaratish uchun element asosining yaxshilanishi, boshqaruvchi hisoblash tarmoqlari puxtaligining ortishi, sanoat kontrollerlari va operatorlar stantsiyalari uchun samarali dasturiy ta’minotning ishlab chiqilishi Kontrollerning keng tarqalishiga ko’p jihatdan imkoniyat yaratdi. Hozirgi paytda Rossiya bozorida, shu yerda va xorijda ishlab chiqilgan yuzdan ortiq Kontroller tarqalgan. Rossiyada ishlab chiqilganlar orasida Kvint, Sorgan, KRUG, Kruiz, Dirijer, Texnokant, ajralib turadi. Kontrollerni ishlab chiqishda asos qilib qo’yiladigan umumlashtirish, bir xillashtirish va agregatlashtirish tamoyillari majmuaning barcha elementlarini, kontrollerlarni, OAO’M, operatorning displeyli pultlarini, interfeyslarni va tarmoq almashuvi protokollarini va boshqalarni ham hisobga olganda, to’la muvofiqligicha erishishga imkon beradi. Bunday yondashuv TJABT ni loyihalash va montaj qilishga, ishga tushirish-sozlash ishlarini o’tkazishga ketadigan vaqtni ancha kamaytirishga imkon beradi. Barcha universal mikroprotsessorli sinflarga ajratilib, ularning har biri bajariladigan vazifalarning ma’lum to’plamiga va boshqarish ob’ekti to’g’risida olinayotgan va ishlov berilayotgan axborotning tegishli hajmiga mo’ljallangan. Avtomatikaning boshqarish sxemalari Avtomatik tizimlar, elementlar va moslamalarning montaj, sozlash, rostlash, ekspluatatsiya qilish kabi ish jarayonlarni bajarish maqsadida avtomatik sxemalardan foydalinadi. Avtomatika sxemalari asosiy hujjat hisoblanadi va ular funksional, strukturaviy, prinsipial va montaj sxemalariga bo‘linadi. Funksional sxemalar moslamalarni, elementlarni, vositalarni o‘zaro bog‘lanishlarini va xarakatlanishlarini ifodalaydi. Elementlar sxemada to‘rtburchak shaklida belgilinadi, ularning orasidagi aloqalar esa strelkali chiziqlar bilan belgilanadi. Strelkaning yo‘nalishi signalning o‘tishini ko‘rsatadi (1.3 - rasm).
3.- rasm. Avtomatikaning funksional sxemasi. ТE - topshirish elementi; BK-boshqarish va qabul qilish elementi; IM - ijro mexanizmi; BE-boshqarish elementi; BU - birlamchi o‘zgartirgich. БК ИМ БО БУ Strukturaviy sxema avtomatik tizimni tashkiliy qismlarining o‘zaro bog‘lanishlarini ko‘rsatib, ularning dinamik xususiyatlarini tavsiflaydi. Strukturaviy sxemalar funksional va prinsipial sxemalar asosida ishlanadi. Strukturaviy sxemada aniq vosita, rostlagich, element ko‘rsatilmasdan, balki o‘tayotgan fizikaviy jarayonning matematik modeli ko‘rsatiladi. Strukturaviy sxemada elementlar to‘rtburchak shaklida ifodalanadi va ularning ichida elementning matematik modeli yoziladi (1.4- rasm).
Avtomatik rostlash tizimining keyingi tahlili elementlarning dinamik xarakteristikalarini aniqlash va tizimning strukturaviy sxemasini yaratishdan iborat bo‘ladi. Bu tizimning strukturaviy sxemasi 1.5 - rasmda keltirilgan.
Prinsipial sxemalar elementlarning o‘zaro elektrik ulanishlarni ifodalaydi. Ushbu sxemada avtomatika elementlari davlat standartlariga binoan belgilanadi. Prinsipial sxemadagi shartli belgilar butun mosmlamani, tizimning ish prinsipini tushunishga yordam beradi (1.6.- rasm)
Montaj sxemalar moslamalar orasidagi tashqi ulanishlarni yoki moslama ichidagi elementlarni o‘zaro ulanishlarni ifodalaydi. Ushbu sxemalar montaj ishlarini bajarayotganda ishchi chizmalar sifatida qo‘llanadi (1.7.- rasm)
DMA kontrollerlari va "voqealar tizimi" periferik aloqa.
AES va DES uchun tezkor kriptografiyani qo'llab-quvvatlash
AT Atmel ishlab chiqaruvchisini anglatadi, Mega mikrokontroller MegaAVR toifasiga tegishli degan ma'noni anglatadi, 16 16KB bo'lgan boshqaruvchi xotirasini anglatadi. Atmega16 arxitekturasining qurilish bloklarini quyidagi fikrlar tushuntiradi:
1.2.1-rasm. Boshqariluvchi .
AVR mikrokontrollerlari uchta toifada mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: |