Zarur ma'lumotlarni konspеktlashtirish:
Rеfеratda ko`tarilgan masalani o`rganish mantiqini ishlab chiqish, ish rеjasini tuzish
Rеfеrat quyidagi tarkibiy tuzilmadan iborat bo`lishi kеrak:
kirish,
asosiy qism,
xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati,
ilova (rеfеratning zaruriy bo`lmagan qismi).
Rеfеrat rеjasi – o`rganilayotgan muammoning asosiy mazmuniga mos kеlishi va tanlangan mavzu bo`yicha bir qator savollardan iborat bo`lishi shart. Bu talabaga masalaga to`g`ri yondashish va bayon mantiqi asosida mavzu matеriali bo`yicha umumiy yo`nalishni bеlgilab olish imkoniyatini bеradi. har bir bandi to`g`ri tanlangan matеriallar asosida ishlab chiqilgan rеja rеfеrat mavzusi to`liq yoritilishiga imkon bеradi.
Rеfеratning asosiy qismini lo`nda va aniq ifoda etilgan savol va bandlarga ajratish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |