1. Konstitutsiya (lotincha “constitutio”- tuzilish, tartib) – davlatning asosiy qonuni.
2. Parlament (fransuzcha “parler”- so’zlamoq, so’zlash) – rasmiy so’zlashish joyi ma’nosini anglatadi.
Talabalar ularga tavsiya etiladigan mavzular doirasida jami 30 ta termin yoki so’z birikmasining lug’aviy ma’nolari to’g’risida ma’lumotnoma tayyorlashlari lozim bo’ladi.
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan lug’at-ma’lumotnoma tayyorlash uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1
|
“Qayta qurish” siyosati va O’zbekiston
|
2
|
“Paxta ishi” va ubin oqibatlari
|
3
|
I.A.Karimov – O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
|
4
|
Davlat tili tog’risidagi Qonun
|
5
|
Mustaqillik deklarasiyasi
|
6
|
Prezidentlik boshqaruvi
|
7
|
Referendum
|
8
|
Oliy kengash
|
9
|
Konstitutsiya
|
10
|
Bayroq
|
11
|
Gerb
|
12
|
Konstititisya
|
13
|
Oliy Majlis
|
14
|
Vazirlar Maxkamasi
|
15
|
Sud tizimi
|
16
|
Ikki palatali parlament
|
17
|
O’zbekiston xalq demokratik partiyasi
|
18
|
Adolat sotsial demokratik partiyasi
|
19
|
Milliy tiklanish demokratik partiyasi
|
20
|
Ekalogik partiyasi
|
21
|
O’zbekiston liberal demokratik partiyasi
|
22
|
Harakatlar strategiyasi
|
23
|
“Besh muhim tashabbus”
|
24
|
Milliy madaniy markazlar
|
25
|
Toshkent – Islom madaniyati poytaxti
|
26
|
Ta’lim tizimidagi isloxotlar
|
27
|
Qadimiy shaharlar yubileylari
|
28
|
Allomalarimiz yubileylari
|
29
|
O’zbekiston va SHHT
|
30
|
“Yoshlar ittifoqi” faoliyati
|
Talabalar tomonidan tuzilgan lug’at-ma’lumotnoma fan o’qituvchilari ishtirokida qabul qilinadi va 6 ballik tizimda baholanadi.
5-TOPSHIRIQ
BLITS - SO’ROV BO`YICHA TAVSIYALAR
Blits savollar birqarashda oson va oddiydek tuyulsada o’ziga yarasha murakkablikka ega. Bilmagan savollarga javoblar qanchalik ko’p o’ylansa, talabaning shuncha zehni oshadi, xotirasi mustahkamlanadi, aqliy faoliyati rivojlanadi. Blits savollar talabalarda tezkor fikrlash ko’nikmalarini shakllantiradi, ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida olgan bilimlarini amalda qo’llay olish va foydalanishga o’rgatadi. Har bir guruhdagi talabalar sonidan kelib chiqib, talabalar soniga mos ravishda blits savollar o’qituvchi tomonidan tuziladi. Blits savollar aniq vatushunarli tuzulishi kerak, hamda fanning o’quv dasturidagi barcha mavzularni qamrab olishi lozim. Blits savollar har bir talabaga alohida alohida berilishi maqsadga muvofiq. Chunki har bir talabaga alohida savol berilsa talabaning bilim va o’zlashtirish darajasini aniq baholash imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, savollar xilma xilligi talabalarni darsga qiziqishini va e’tiborini yanada kuchaytiradi. O’qituvchi guruh talabalarini alohida kichik guruhlarga bo’lib, ularga blits savollarni berib talabalarda birgalikda, guruh bo’lib ishlash malakasini ham shakllantirishi mumkin. Blits savollarga to’g’ri javob berganta labalar yuqori baho bilan baholanadilar. O’qituvchi to’g’ri javob bergan o’quvchilarni rag’batlantirishi ham lozim.
O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan blits savollar:
1. O’zbekiston Respublikasida qaysi davlat birinchi bo’lib o’z elchixonasini ochgan?
2. O’zbekiston Respublikasida birinchi bo’lib qaysi orden ta’sis etilgan?
3. Bugungi kunda O’zbekiston jahonning eng xavfsiz mamlakatlari reytingida nechanchi o’rinda turadi?
4. Harakatlar strategiyasidagi siyoh rang mazmunini aytib bering?
5. Qaysi xalqaro tashkilot tomonidan 2007-yilda Toshkent shahriga “Islom madaniyati poytaxti” deb nomi berilgan?
6. Mamlakatimizdagi qaysi muzey “Sahrodagi Luvr” deb ta’riflanadi?
7. Mamlakatimiz oltin zahirlari hajmi bo’yicha dunyoda nechanchi o’rinda turadi?
8. Yurtimizning qaysi shahrida “Xalqaro hunarmandchilik festivali” o’tkazilgan?
9. Mustaqillik yillarida qaysi sportchimiz olimpiya o’yinlarida ilk oltin medalni qo’lga kiritgan?
10. Mamlakatimizning qaysi viloyatida Rossiya bilan hamkorlikda AES barpo etilmoqda?
11. O’zbekiston Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga qachon a’zo bo’lgan?
12. Mamlakatimizda ikki palatali parlament nechanchi yildan o’z faoliyatini boshladi?
13. Qaysi yili mamlakatimizda o’lim jazosi bekor qilingan?
14. Mamlakatimizda nechta diniy konfessiya faoliyat ko’rsatmoqda?
15. 2009 –yilda yurtimizning qaysi shahrining yubileyi nishonlangan?
16. Mamlakatimizda nechta milliy-madaniy markaz faoliyat ko’rsatmoqda?
17. O’zbekistonda birinchi erkin iqtisodiy zona qachon va qayerda tashkil etilgan?
18. Yurtimzida oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida o’tkaziladigan sport musobaqalari qanday ataladi?
19. Bugungi kunda nechta davlat O’zbekiston Respublikasi bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan?
20. O’zbekiston Respublikasida nechta siyosiy partiya mavjud?
21. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nechta palataga bo’linadi?
22. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida nechta deputat faoliyat olib boradi?
23. Bugungi kunda O’zbekistonda nechta millat vakillari istiqomat qiladi?
24. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nechchi marta umumxalq muhokamasiga qo’yilgan?
25. Xalqaro maqom festivali ilk marotaba yurtimizning qaysi shahrida o’tkazilgan?
26. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri qachon qabul qilindi?
27. Prezident Sh.Mirziyoyev BMTning 2017-yildagi 19-sentyabrdagi 72- sessiyasida qanday masalalarda O`zbekiston tashabbusini ilgari surgan edilar?
28. Bugungi kunda O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini necha foizi eksport qilinmoqda?
29. O’zbekiston Respublikasi mustaqillik deklaratsiyasi nechta moddadan iborat?
30. Yaponiyaning qaysi universitetida Alisher Navoiy haykali o’rnatilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |