O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi Dorivor o’simliklarni standartlash metrologiya va sertifikatlash


-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari



Download 1,89 Mb.
bet124/170
Sana09.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#764084
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   170
Bog'liq
sta

3-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
124. Tashkilotlarda elektr qurilmalarni o‘rnatish va ulardan foydalanishda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) hamda Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
125. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi kerak.
126. Elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda elektr xavfsizligi bo‘yicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan o‘tishi shart.
127. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar yonmaydigan qilib montaj qilinishi lozim.
128. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan va elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
129. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
130. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim.
131. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
132. Tok uzatilmaganligi sababli uskuna to‘xtatilgan hollarda elektr dvigatellar o‘chirilishi kerak.
133. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
134. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
135. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
136. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
137. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va yerga ulangan bo‘lishi lozim.
138. Tashkilotning barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim.
139. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
140. Momaqaldiroq vaqtida elektr o‘lchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va chiqindilarni saqlash va transportda tashishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
141. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni transport vositalarida tashishda yuk tashish qoidalariga rioya qilishlari lozim.
142. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotning hajmi mazkur ishni bajaruvchi qurilmaning pasportida ko‘rsatilgan o‘lchamlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
143. Omborxonada xomashyo va materiallar bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
144. Omborxonada ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlari javonlar oralig‘idagi yo‘lakning eni 1,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
145. Omborxonaning devorlari bo‘ylab o‘ralgan har bir javonda olti taxlamgacha bo‘lgan miqdorda xomashyo, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni saqlash lozim. Taxlamlar oralig‘idagi masofa 0,5 m dan, yon tomon maydonlardagi taxlamlar bilan oralig‘i esa 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
146. Chiqindilarni inventarizatsiya qilish, shuningdek ularning turlari bo‘yicha xavflilik darajasini belgilash lozim.
147. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
148. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
149. Ikkilamchi xomashyolar tashkilotga infeksiyaga qarshi dorilangan va bog‘lamlarga o‘ralgan holda qabul qilinishi kerak.
150. Ikkilamchi xomashyo bog‘lamlarini yopiq omborxonalarda yoki qattiq qoplamali soyabonli maydonlarda saqlash lozim.
151. Ochiq saqlash maydonlari atrof hududiga nisbatan 0,2 m dan kam bo‘lmagan holda baland va 0,5 m dan kam bo‘lmagan holda yonmaydigan devor bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.
152. Ikkilamchi xomashyo taxlamlari balandligi 5 m dan va har bir taxlam o‘lchami 0,25 x 0,15 m dan oshmasligi kerak.
153. Quti va qoplardagi yuklar omborxonada ag‘anamaydigan va surilib ketmaydigan qilib ustma-ust taxlangan bo‘lishi lozim. Qo‘lda taxlanganda uning balandligi 3 m dan, yuk ko‘tarish mexanizmi yordamida taxlanganda esa 6 m dan oshmasligi lozim. Eng yuqoridagi qop bilan ship orasidagi masofa kamida 1 m bo‘lishi lozim.
154. Chiqindilarni yig‘ish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda bo‘lishi lozim.
155. Yuk saqlanadigan omborxona va maydonchalar hududining kirish joylarida transport vositalarning harakat yo‘nalishi hamda yuklarni ortish va tushirish joylari ko‘rsatilgan sxemalar osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
156. Omborxonalardagi belgilangan normadan ortiq bo‘lgan yuklarni tashish va taxlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
157. Kimyoviy moddalar maxsus jihozlangan binoda (omborxonada) kimyoviy ta’sir xususiyatiga ko‘ra bog‘liqligi bo‘yicha alohida joylarda saqlanishi zarur. Omborxonalarda har xil kimyoviy moddalar birgalikda saqlanishi uchun ularning ro‘yxati bo‘lishi lozim.
158. Har bir kimyoviy modda texnik ko‘rsatmalar talablari hisobga olingan holda saqlanishi lozim. Kimyoviy moddalarni ochiq holda (tarada) saqlash taqiqlanadi. Taralarda yozuv, etiketka yoki modda nomi tushirilgan yorliq, texnik talablar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
159. Kislota saqlash xonalarida favqulodda holatda kislota, suv, ohak eritmasi yoki to‘kilgan kislotani neytrallash uchun soda va himoya vositalari uchun zaxira idishlar bo‘lishi lozim.
160. Kislotali rezervuar va idishlarda “Xavfli kislota” yozuvi va kislotaning nomi yozilgan bo‘lishi lozim.
161. Kislota uchun rezervuarlarga benzin, kerosin, yog‘ va spirt tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
162. Ushlagichli savatlarga yoki yog‘och panjarali qutiga qadoqlangan kislotali butilkalarni guruhlari bo‘yicha 2 — 4 qator qilib, har bir guruhda 100 donadan ko‘p bo‘lmagan holda saqlash zarur. Guruhlar orasidagi o‘tish yo‘lagi kengligi 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
163. Butilkalar xlorli kalsiy eritmasi shimdirilgan material bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
164. Kislotalarni boshqa kimyoviy moddalar va materiallar bilan birgalikda saqlamaslik kerak.
165. Qattiq o‘yuvchi natriy (o‘yuvchi kaliy) temir barabanlarda, suyuq o‘yuvchi natriy (kaliy) — temir banka, idish (bak), barabanlarda, yozda esa shisha butilkalarda yumshoq qatlam bilan panjaralangan holda saqlanishi lozim. O‘yuvchi natriyli idishlarda “Xavfli — o‘yuvchi natriy” (o‘yuvchi kaliy) yozuvi bo‘lishi lozim.
166. Sianidli birikmalar va kislotalarni birgalikda saqlamaslik kerak.
5-§. Elektr jihozlar, elektron hisoblash va tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
167. Elektron hisoblash va tashkiliy texnika bilan ishlashda zararli ishlab chiqarish omillarini inson salomatligiga salbiy ta’sirini bartaraf qilishga yo‘naltirilgan xavfsizlik talablari SanQvaM 0224-07 “Kompyuter, videodispleyli terminal va tashkiliy texnika bilan ishlashda sanitariya qoidalari va normalari”ga muvofiq bo‘lishi lozim
168. Xonalarda havo almashinuvi GOST 12.1.005-76 “OSBT. Ish zonasi havosi” talablariga mos bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish xonalaridagi ventilatsiya tizimi bir xodim uchun soatiga kamida 30 m3 havoni tashqaridan uzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.
169. Ekran oldidagi ish joyi shovqinsiz bo‘lishi lozim. Displeyli zallarda konditsionyerlar, telefon ovozi, protsessorlar keltirib chiqaradigan shovqin minimal darajada kamaytirilgan bo‘lishi zarur. Ish joyida shovqin darajasi GOST 12.1.003-83 “Shovqin. Xavfsizlik umumiy talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
170. Elektron hisoblash vositalaridan (bundan buyon matnda EHV deb yuritiladi) foydalanish gigiyenik talablarga javob beruvchi tabiiy va sun’iy yoritiladigan binolarda amalga oshirilishi lozim.
171. Displeylarni bino va xonalarning shimoliy, shimoliy-sharqiy yoki shimoliy-g‘arbiy qismida joylashtirish lozim.
172. Ish maydonlari bitta xodimga 4,5 m2 dan kam bo‘lmasligi va ishlab chiqarish xonalarining maydoni esa bitta xodimga 15 m3 dan kam bo‘lmasligi lozim.
173. Stolning o‘lchami kompyuter ekranining o‘lchamidan kelib chiqib belgilanishi kerak. Umumiy holda stolning uzunligi 160 sm; kengligi 0,90 m; yuzasi 1,44 m2; balandligi operatorning antropometrik xususiyatlariga qarab 0,68 m dan 0,84 m gacha bo‘lishi lozim.
174. Ekranning o‘z o‘qidan vertikal harakati +/–100 ni tashkil etishi lozim. Ko‘rish burchagi 20 — 30 min atrofida bo‘lishi kerak.
175. Ekran operator ko‘zidan 40 — 90 sm masofada joylashtirilishi kerak. Ekrandagi 2,5 mm o‘lchamdagi belgilarni ko‘rish uchun 50 sm, 3-4 mm o‘lchamdagi belgilarni ko‘rish uchun 0,80 m gacha bo‘lgan masofa bo‘lishi lozim.
176. Oyoq qo‘yish uchun mo‘ljallangan taglikning o‘lchamlari 40 x 30 x 15 sm bo‘lishi kerak.
177. Ish joyining yoritilganligi 300 dan 500 lyuks atrofida bo‘lishi lozim.
178. Ish joyidagi yorug‘lik operatorning ko‘rish doirasida mutanosib taqsimlanishi lozim.
179. Displey o‘rnatilgan zallarni yoritish uchun lyuminessentli lampali yoritqichlardan foydalanish lozim.
180. Yoritqichdan tushayotgan nur ekranda aks etmasligi uchun nur to‘g‘ridan to‘g‘ri kompyuter ekraniga tushmaydigan qilib joylashtirilishi kerak.
181. Ekranda yorqin dog‘lar aks etmasligi uchun ish joyida yaltiroq predmetlar bo‘lmasligi, operatorning ust kiyimi to‘qroq rangda bo‘lishi va uning ortidagi barcha predmetlar kam yorqinlikka ega bo‘lishi lozim.
182. Jihozlar bir qator qilib joylashtirilganda to‘g‘risida turgan ekranlarning yorug‘ligi bir-biriga tushmasligi uchun ular oralig‘iga to‘siqlar qo‘yilishi zarur.
183. EHV bilan ishlashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
EHVdan foydalanish gigiyenik talablarga javob beruvchi tabiiy va sun’iy yoritiladigan binolarda amalga oshirilishi;
elektron nurli trubka asosidagi videodispleyli terminallardan foydalanishda bir ish joyining maydoni kamida 6 m2, yassi diskret ekranli (suyuq kristalli, plazmali) monitorlardan foydalanishda esa kamida 4,5 m2 ni tashkil etishi;
videodispleyli terminal ekranidan ko‘zgacha bo‘lgan masofa 600 — 700 mm atrofida bo‘lishi va 500 mm dan yaqin bo‘lmasligi;
EHV bo‘lgan xonaning poli va mebellari har kuni namlangan holda tozalab chiqilishi va EHV ishlatilayotgan xona har bir soatda shamollatib turilishi;
ayollar homiladorligi belgilangan vaqtdan boshlab EHVdan foydalanmasligi;
ish va dam olish rejimi reglamentlashtirilmaganda videodispleyli terminalda uzluksiz ishlash vaqti 2 soatdan oshmasligi;
elektrostatik maydonning ruxsat etilgan darajasi 20 m2 dan oshmasligi.
184. Xodim EHVdan foydalanmayotgan vaqtda ishlab turgan kompyuterdan kamida 2 m masofada bo‘lishi yoki monitor quvvatdan uzilgan bo‘lishi lozim.
185. Ayollar kompyuter, videodispleyli terminal va tashkiliy texnika bilan ishlashda sanitariya qoidalari va normalari talablariga muvofiq homiladorligi belgilangan vaqtdan boshlab va bolani ko‘krak bilan boqish davrida EHVdan foydalanish bilan bog‘liq ishlarga qo‘yilmasligi va boshqa ishga o‘tkazilishi lozim.
186. Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasidan foydalanishda quyidagi asosiy xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi lozim:
xonalar yetarli darajada tabiiy va sun’iy yorug‘lik bilan ta’minlanishi;
nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish uchastkalarini yerto‘lada joylashtirmaslik;
hajmi 15 m3 dan kam bo‘lmagan nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi uchun bir ish joyining maydoni kamida 6 m2 bo‘lishi.
187. Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi bilan ishlashda quyidagilar taqiqlanadi:
nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasini elektr tizimidan o‘zmagan holda tozalash;
nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasining nusxa ko‘chirish oynasiga suyanish, uning ustiga nusxasi ko‘paytiriladigan materiallarni va boshqa buyumlarni qo‘yish;
nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish oynasi darz ketgan texnikasini ishlatish;
apparatga tiqilib qolgan qog‘ozni nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasini elektr tarmog‘idan uzmagan holda olish.
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga (qurilmalariga) qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
188. Uskunalarning konstruksiyasi GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish jihozlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq hamda ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan uskunalar soz holatda bo‘lishi lozim.
189. Qo‘llaniladigan elektr jihozlar davlat standartlari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
190. Uskunalarning konstruksiyasida uning tarkibiy qismi bo‘lgan bug‘ o‘tkazgichlar va elektr simlarining zararlanish xavfi bartaraf etilgan bo‘lishi kerak.
191. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab bo‘ladigan o‘tkir bo‘g‘inli, hoshiyali va tikanli bo‘lmasligi lozim.
192. Uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari uning korpusida joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
193. Uskunalarning ish jarayoni kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, to‘r) yoki tez ochiladigan bo‘lishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar ochilganida avtomatik ravishda uskunalar ishini to‘xtatish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
194. Uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak.
195. Xavfli joylarda muhofazalash qurilmalari va himoya vositalari bo‘lmagan jihozlarda ishlash taqiqlanadi.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish