Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi: tadqiqotning muhim nazariy g’oya va amaliy natijalari “Ta’lim tizimida ijtimoiy gumanitar fanlar” jurnalida, “Yoshlarni qo’shimcha kasbga tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik masalalari” mavzusida 2016 yil 15 mart kuni Andijon davlat universitetida bo’lib o’tgan respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to’plamida chop etildi. Shu joylarini o’zinggizga moslab, chop etilgan ishlarni qo’yasiz.
Tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 3 bob, 7 bo’lim, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, jami 80 sahifani tashkil qiladi
I BOB. O’QISH DARSLARINI TASHKIL ETISHGA INNOVATSION YONDASHUVNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Innovatsiya va u bilan bog’liq tushunchalarga tavsif
Globallashuv jarayoni jahonda ijtimoiy-madaniy mohiyatiga ko’ra raqobatbardosh, kompetentli kadrlar tayyorlashni taqozo etmoqda. Binobarin, innovatsion ta’lim texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo’llash natijasida ro’y beradigan o’zgarishlar – o’qituvchining yangi pedagogik malakalari manzarasini tasvirlaydi. Shu o’rinda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”13, degan fikrlari ishimizning maqsadiga bevosita mos keladi.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari ilmiy va ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik faoliyat strategik rivojlanishning muhim yo’nalishi sifatida qaralmoqda.
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion faoliyat tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o’zining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini o’ylab topishdan, algoritm va nanozarralar, zamonaviy innovatsion kompyuter, quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf etishgacha bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tdi.
Innovatsion rivojlanish va o’zgarish davri, albatta, bizning jamiyatimizda ham o’zinig ahamiyatli yo’nalishlariga ega. Xususan, yurtimizdagi yaqin yillar haqida mulohaza yuritadigan bo’lsak, “O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi Qarori14 va “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo’yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni15 qabul qilindi.
“Innovatsiya” tushunchasi (ingl. Innovation-kiritilingan yangilik, ixtiro) yangilikka investitsiya kiritish ma’nosida ishlatiladi. Innovatsiya tushunchasi iqtisodiyotga XX asr boshlarida kirib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeter birinchi marotaba innovatsiyalarga oid masalalarni ko’rib chiqqan va innovatsion jarayonga to’liq ta’rif bergan. Iqtisodiy adabiyotlarda “innovatsiya” tushunchasiga ko’pchilik mualliflar tomonidan turlicha yondashuvlar keltirilgan.16 Ko’pchilik mualliflar yangilik kiritishni iqtisodiy tadbiq etish jihatidan nazarda tutadi, ya’ni yangi resurslarni tashkil etish yoki mavjud bo’lganlarini noan’anaviy holda yangicha ishlatilishini nazarda tutadilar
Innovatsiya – bu g’oyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali tarkibiy tuzilishiga ko’ra yangi mahsulotlar, texnologiyalar ixtiro qilish bo’lib, ijtimoiy (texnik-iqtisodiy) jarayon hisoblanadi. Bunda yangiliklar kiritishning rivojlanishi vaqtga bog’lik bo’lib, u aniq ifodalangan bosqichlarga ega.17
Amaliyotda “yangilik”, “yangilanish”, “yangilik kiritish” tushunchalari ko’pincha tenglashtiriladi, lekin ularning o’rtasida ba’zi bir farqlar mavjud. Yangilik – yangi tartib, yangi uslub, yangi metod, yangi ixtirolar bo’lishi mumkin, buni quyida keltirilgan fikrlar tasdiqlaydi.18
Yangilik kiritish – bu yangilikni qo’llanishini bildiradi. Yangiliklarni amaliyotda qo’llash va ommalashtirishga kirishilgan vaqtda u yangi sifatga ega bo’ladi va innovatsiyalar vujudga keladi.19
A.Busiginning fikriga ko’ra, innovatsiya bu asosiy kapital yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ilm fan, texnika va texnologiyalar yordamida yangilashdir. R.Fatxutdinov innovatsiya yangilikni tadbiq etishning yakuniy natijasi bo’lib, ob’ekt boshqaruvini o’zgartirish ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, texnikaviy, ekologik va boshqa ko’rinishdagi samaradorlikdir, degan xulosaga keladi.20
Innovatsion ta’lim mohiyatini aniqlash maqsadida tadqiqotchilar E.A.Alisov va L.S.Podimovalar quyidagilarni qayd etiadi, uning muhim belgilaridan biri “ta’lim oluvchilarning ijodiy salohiyatini amalga oshirishga yo’naltirilgan shaxsni rivojlantiruvchi asosiy omillar sintezi – hayotiy faoliyat, tarbiya, o’z-o’zini tarbiyalash va mustaqil ta’lim. Bunday muhit innovatsion pedagogikaning vazifalarni bajarish va ularni amalga oshirishning asosiy tamoyillarini namoyon etadi va o’quv muassasasining yagona ta’limiy makonini tashkil qiladi. Bunda u bo’lajak mutaxassislarni sifatli tayyorlashdan manfaatdor bo’lgan barcha subyekt va obyektlarning bor imkoniyatlarini birlashtiradi”.21
Do'stlaringiz bilan baham: |