O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti udk magistratura bo’limi boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi


O’quvchilarda mustaqil o’qish ko’nikmasini didaktik o’yin texnologiyalari asosida shakllantirish



Download 0,99 Mb.
bet11/26
Sana06.07.2022
Hajmi0,99 Mb.
#750104
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
3.06.2022. Кохинур магис. дисс

2.2. O’quvchilarda mustaqil o’qish ko’nikmasini didaktik o’yin texnologiyalari asosida shakllantirish

Boshlang’ich sinf o’qituvchisining asosiy maqsadi – o’quvchilarning bilimli, va fikrlash doirasi keng bo’lishini ta’minlash. Ularning ma’lumotlarini tahlil qilib, keng miqyosda foydalanilishiga erishish. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang’ich sinflarda o’qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnalogiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ilg’or pedagogik tajribalardan mohirona foydalana olishi, ta’lim berishning yangi yangi usullarni ishlashi juda nuhim ahamiyat kasb etadi.
Oʼqitish tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini taʼlim mazmunida, oʼqitish metodlarida, dars shakli, oʼqitish turlari, oʼqitish vositalarida koʼrishimiz mumkin.
Taʼlim mazmuniga innovatsiya anʼanaviy, noanʼanaviy va masofaviy oʼqitish turlarining kirib kelishi bilan izohlanadi.
Oʼqitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv metodlarining kirib kelishi misolida koʼramiz. Aktiv metodni qoʼllash talabalarni dars jarayonidagi faolligini oshirishga xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha berilishi bilan izohlanadi. Interaktiv metod esa birgalikda faol harakat qilishi (oʼqituvchi bilan talaba, talaba bilan talaba) tushuniladi.
Dars shakliga innovatsiyani kirib kelishini standart, nostandart hamda virtual dars shakllari misolida koʼrishimiz mumkin.
Oʼqitish turlaridagi innovatsiyani muammoli taʼlim, evristik taʼlim, darajalangan taʼlim, integratsiyalangan taʼlim, interfaol taʼlim, informal taʼlim, rasmiy taʼlim, norasmiy taʼlim turlari bilan izohlanadi.
Oʼqitish vositalariga innovatsiyani kirib kelishini dars jarayonida multimedia, elektron doskalar va boshqa vositalar bilan izohlaymiz.
Oʼqitish metodlaridagi innovatsiyani quyidagi metodlarda koʼrish mumkin:
1. Aktiv metod. Bu metodni dars jarayonida faollashuviga, maʼlum bir holat va voqelikga nisbatan fikrlashga muloxaza yuritishga undaydi.
2. Passiv metod. Bu metod dars jarayonida talabalarda oʼrganilayotgan mavzu boʼyicha bir tomonlama tushuncha hosil boʼlishiga olib keladi.
3. Interaktiv metod. Bu metodni maqsadi dars jarayonida oʼqituvchi va talabalarni birgalikdagi faol xatti-harakatlariga asoslanadi.
Dars shaklidagi innovatsiyani quyidagi shaklda koʼrishimiz mumkin:
a) standart dars – dars ichidagi struktura oʼzgarmaydi;
b) nostandart dars – dars ichidagi struktura oʼzgaradi;
v) virtual dars – yani masofadan oʼqitish.
Pedagogik innovatsiyada “Yangi” tushunchasi markaziy oʼrin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va subʼektiv yangilikka qiziqish uygʼotadi. Xususiy yangilik V.A.Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni koʼzda tutadi. Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi maʼlum unsurlarning yigʼindisi shartli yangilik hisoblanadi. Yangilik – bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. V.I.Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga taʼrif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina gʼoya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari boʼlib, oʼzgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda taʼlim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilgʼor boshlanmalarini oʼzida aks ettiradi.
R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka oʼqitish va tarbiya berishda avval maʼlum boʼlmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning oʼzgarib turishi mumkin boʼlgan mazmuni sifatida qaraydi.35
Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iborat boʼlib, innovatsiya jarayonlari, ularning funktsiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini oʼrganish oliy oʼquv yurti oʼquv oʼquv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
Boshlang’ich ta’lim tizimining samaradorligini oshirish uchun darslarimizda ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalarini, didaktik o’yinlar va interfaol usullardan foydalanishimiz darkor.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun didaktik o’yinlar bilim olishning faollashtiruvchi ish turlaridan biri bo’lib o’quvchilarda tafakkur, og’zaki va yozma nutq ko’nikmalarini shakllantiradi. Didaktik o’yinlar o’qish darslarida o’quvchilarning qiziqishini o’stiruvchi vositalardan hisoblanadi. Didaktik o’yinlarning maqsadi o’quvchilarning fanga, ta’lim olishga, kitobga bo’lagn qiziqishlarini uyg’otishdir.
Didaktik o’yin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg’otadi va ma’lummotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu o’yinlar bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Didaktik o’yinlar o’quvchilar uchun qiyin bo’lgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Ta’limiy o’yinlardan, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma’lum qismida foydalanish lozim. Boshqotirma, tez aytish kabi o’yinlar muntazam o’tkazib turilsa, o’quvchilarda ma’lum bir ko’nikmalar hosil bo’lib boradi. Dars jarayonida o’yinlarni to’g’ri tashkil etish va o’tkazishda vazifalar, qoidalar va ularning natijalarini tashkil qilishni aniq belgilab olish lozim. Masalan, o’qish darslarida “So’zdan so’z yasash” o’yinini o’tkazish o’quvchilarning lug’at boyligini oshirishga, so’z boyligini o’stirishga yordam beradi.36
Didaktik o’yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo’ish, jasur, qat’iyatli bo’lish qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarini rivojlantirishga ham yordam beradi. Didaktik o’yinlar maktab o’qituvchilari va murabbiylar tomonidan ijod qilingan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tayyorlov guruhlaridagi bolalarga va maktab o’quvchilariga mo’ljallangan. O’yin orqali bola jamoani tushunadi. O’zi bajarayotgan mashg’ulotga nisbatan ongli munosabatda bo’ladi. Didaktik o’yinlar o’quvchilardagi tortinchoqlik, xato qilishdan qo’rqish kabi noqulayliklarga barham beradi. Shunday ekan har bir darslarda didaktik o’yinlar va interfaol metodlardan unumli foydalanmog’imiz darkor.
O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini o’quvchilarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O’yin olimlar tadqiqotlariga ko’ra mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.
O’yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi. O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo’llanadi. O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko’nikmalarni qo’llash, umumta’lim malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo’ladi. O’yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi.
Ta’lim jarayonida o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchlarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli o’quvchlarning ta’lim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

    • o’yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi ortadi;

    • o’yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;

    • shaxsning o’z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o’zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;

    • hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;

    • o’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;

    • shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;

    • insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi;

    • o’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.

Didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’quvchlarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini, konferentsiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O’qituvchi-pedagog avval o’quvchlarni individual (yakka tartibdagi), so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng esa, ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o’quvchlar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish