86
1. Bikbayeva N.U., Ibrohimova Z.I., Qosimova X.I. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish. – T.: O‘qituvchi, 1995.
2. Bikbayeva N.U. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda matematik
tasavvurlarni rivojlantirish. – T.: 1996.
3.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.:
Ilm ziyo, 2006.
4.Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni
shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007.
5. Михайлова А., Носова Э. Д., Столяр А. А., Полякова М. Н.,
Вербенец А. М.Теории и технологии математического
развития детей
дошкольного возраста. – Издателство «Детсво-пресс». Санкт-петербург,
2008.
BOLALARDA SHARTLI O‘LCHOV
YORDAMIDA TURLI
O‘LCHAMLARNI O‘LCHASH HAQIDAGI TASAVVURLARNI
SHAKLLANTIRISH
Tayanch so‘z va iboralar:
o‘lchov, shartli o‘lchov, uzunlikni o‘lchash,
og‘irlikni o‘lchash, suyuqlikni o‘lchash.
Predmetlar o‘lchamini idrok qilish va taqqoslash.
Bolalarga shartli
o‘lchovlarni o‘rgatishdan oldin o‘lchovning aniq chiqishiga yordam beradigan
quyidagi qoidalarni tushuntirish lozim:
1. Hap doim o‘lchovni eng chekkadan boshlash kerakligi haqida.
2. O‘lchovning oxirini belgilab qo‘yish kerakligi haqida.
3. Predmetning uzunligini o‘lchash vaqtida o‘lchov chapdan o‘nga qarab, eni
bilan bo‘yini o‘lchagan vaqt o‘lchov yuqoridan pastga qarab olinishi haqida.
4. Keyingi o‘lchovni oxirgi belgi qo‘yilgan
joydan boshlash kerakligi
haqida.
5. O‘lchov olayotgan vaqtda albatta uning sonini sanash kerakligi haqida.
87
Bolalarni uzunlikni o‘lchashga o‘rgatish vaqtida o‘lchovning soniga qarab,
lentachalarning uzunligini o‘lchash yoki chiziqchalarda ramka chizishni taklif
qilinadi.
Bolalar rasmdagi predmetlarning o‘lchamlarini olishga qaraganda,
tayyor
predmetlarning o‘lchamlarini olish vaqtida uncha qiynalmaydilar. Shuning uchun
bolalarga to‘g‘ri o‘lcham olishni o‘rgatish vaqtida tayyor predmetlardan
foydalanish kerak. Shuningdek ma’lum sondagi o‘lchovlar ko‘p bo‘lmasligi, ya’ni
5-6 ta bo‘lishi kerak.
Kundalik hayotda
olib borilgan maxsus mashg‘ulotlar
davomida bolalar
uzunlik o‘lchashning turli usullarini o‘rganib oladilar. Enini o‘lchashga o‘rgatish
vaqtida bolalarga o‘lchovni predmetning ko‘ndalangiga qarab qo‘yganligini
tushuntirishning o‘zi kifoya. Predmetning uzunligi va enini o‘lchash vaqtida olgan
ko‘nikmalarni balandlikni o‘lchash vaqtida qo‘llaydilar, shuning uchun bu
o‘lchovni olishda qiynalmaydilar va birinchi mashg‘ulotdayoq o‘lchovni to‘g‘ri ola
boshlaydilar.
Tajriba va kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, 6-7 yoshli bolalar uzunlikni
o‘lchashni to‘la egallash qobiliyatiga egadirlar.
Og‘irlik o‘lchamini bolalar qanday tushunadilar? Kuzatish va bolalarning
javobi shuni ko‘rsatadiki, 6-7 yoshli bolalar og‘irlikni tarozi orqali o‘lchash
kerakligini biladilar.
Xaltacha (qop)larda qancha shakar bor degan savolga bolalar «Uni tarozida
tortish kerak» deb javob beradilar.
Bu savolga maishiy uy tajribasini ifodalovchi javoblar ham beradilar.
Masalan: «Stakan bilan o‘lchash kerak». Bolalar shu narsalarning og‘irligi
uning
toshi ekanligini bilmaydi. Toshlar katta va kichik, og‘ir va yengil bo‘ladi. Agar
bolalarning uzunlik va og‘irlik haqidagi bilimlari taqqoslansa, ularning og‘irlik
haqidagi bilimlari ko‘p ekaniga ishonch hosil qilamiz. Bolalarning suyuqliklar
sig‘imi haqidagi bilimlari juda past ekanligi aniqlangan. Bolalarning ko‘pchiligi
ko‘zadagi sutni qanday o‘lchashni bilmaydi. Ularni «santimetr» bilan,
lineyka
bilan, gradusnik bilan deb javob beradilar. Bolalarning javoblari ularning
88
suyuqliklarni, sochiluvchi jismlarni o‘lchash haqidagi bilimlari yo‘qligini
ko‘rsatadi. Bolalar suyuqliklarni o‘lchash qoidalarini, suyuqlikning o‘lchami
nimaligini bilmaydi. Bolalarning hikoyalarida ularning onalari bilan bir litr sut
olganliklarini
aytadilar, lekin ular litr suyuqliklarning o‘lchov birligi ekanligini
bilmaydilar. Turli narsalarni o‘lchay olishga o‘rgatish bolaning aqliy taraqqiyotiga
katta ta’sir qiladi. Shuning uchun bog‘chaning katta tayyorlov guruhlarida olib
borgan ta’lim-tarbiyalari natijasida ularga uzunlikni o‘lchash, og‘irlikni o‘lchash,
suyuqliklarning sig‘imini o‘lchash va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishtirib
borish kerak.
Ta’lim berish natijasida:
1. O‘lchash, bolaga o‘lchanayotgan obyekt haqida aniq bilim beradi.
2. O‘lchashlarning soni uning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘ladi.
3. O‘lchashlarning soni va ularning o‘lchami o‘rtasida funksion bog‘liqlik
borligini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, bolalarning shartli o‘lchov
haqidagi bilimlari ularning
umumiy o‘lchov haqidagi bilimlarini kengaytirishga olib keladi.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin:
Do'stlaringiz bilan baham: