O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/238
Sana28.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#712739
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   238
Bog'liq
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Subtropik mevalar 
Suyutropik mevalarga stitruslar (apelsin, mandarin, limon, greyfurut), anor,, xurma, anjir 
va boshqalar kiradi. Respublikamizda etishtiriladigan asosiy subtropik mevalar anor, xurma, 


13 
anjir va limon (issiqxonalarda etishtiriladi) hisoblanadi. Bu mevalar bir guruhga kiritilsada 
kimyoviy tarkibi, shifobaxshlik xususiyatlari va sifat tahlilini o’tkazish uslublari bo’yicha 
ma’lum darajada bir-biridan farq qiladi. 
Anor.
Anorning mevasi yirik (diametri 12 sm gacha), sharsimon, po’sti oqish (oqpo’st) 
yoki qizg’ish (qizil po’st) bo’ladi. Ichida meva xonalarga bo’lingan, xonalarda ta’mi nordon-
shirin, rangi qizil yoki pushti sersharbat etga o’ralgan urug’lar bor. Anor mevalari bir donasining 
og’irligiga qarab katta (400 g dan ortiq), o’rtacha kattalikda (300-400 g) va kichik (300 g dan 
kamroq) bo’ladi. Anorlar tarkibidagi kislotalar miqdoriga qarab shirin, nordon-shirin va nordon 
guruhlariga bo’linadi. Shirin anorlar etida qand miqdori 15-19 foiz miqdorida bo’ladi. Anor 
tarkibida vitaminlar va xilma-xil mineral elementlar mavjudligi uchun ham shifobaxshlik 
xususiyatiga egadir. 
Muallifning Surxondaryo viloyatining Dashnobod, Bandixon va Farg’ona vodiysi Quva 
tumanining «Anor» xo’jaliklarida etishtirilgan anorlarning Qozoqi va Qizil anor navlari bo’yicha 
o’tkazilgan ko’p yillik tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, anor mevasi makro- va mikro 
elementlarga boyligi bilan alohida diqqatga sazovordir. Anor mevasi tarkibida kaliy, natriy, 
kalstiy, magniy kabi makroelementlar va rux, temir, marganest, nikel kabi mikroelementlar 
borligi aniqlangan. Anor sharbati tarkibida boshqa stitrus mevalaridagiga nisbatan S, V
1
va R 
vitaminlarining miqdori kamroq bo’lsada, bu mevalar ham inson organizmi uchun fiziologik faol 
moddalarning muhim manbai bo’lib xizmat qilishi tadqiqot natijalari asosida isbotlangan. 
Anorning sifati GOST 27573-87 nomerli standart talabiga javob berishi kerak. Bu 
standart talabi bo’yicha anor mevalari sifat darajasiga qarab birinchi va ikkinchi tovar navlariga 
bo’linadi. 
Har ikkala navga kiritiladigan mevalar yangi, butun, etilib pishgan, sog’lom, toza, 
ortiqcha namliklarsiz, ombor zararkunandlari bilan zararlanmagan, shakli va rangi bo’yicha 
aynan shu pomologik navga xos bo’lishi kerak. Ikkinchi tovar navida esa shakli va rangi 
bo’yicha shu pomologik navga xos bo’lmagan mevalar ham bo’lishiga ruxsat etiladi. Mevalar 
ta’mi va hidi bo’yicha esa o’ziga xos, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo’lishi kerak. 
Anor mevalarining sifatini baholashda aniqlanadigan asosiy ko’rsatkichlardan biri meva 
ko’ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich iste’molga mo’ljallangan 
mevalarning birinchi navida 75,0 mm dan, ikkinchi navida esa 60,0 mm dan kam bo’lmasligi 
standartlarda ko’rsatib qo’yilgan. 
Anor mevasida uchraydigan asosiy nuqsonlardan biri quyosh nuri ta’sirida anor 
po’stlog’ida qora doqlarning paydo bo’lib qolishi hisoblanadi. Shu sababli mevalarda ma’lum 
darajada bu nuqsonning bo’lishiga ruxsat etiladi. Anorning birinchi tovar navida anor yuzasining 
1/8 qismidan katta bo’lmagan, ikkinchi navida esa 1/4 qismida katta bo’lmagan qora dog’ga ega 
bo’lgan mevalar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Anorning sifat tahlilini o’tkazishda aniqlanadigan 
yana bir ko’rsatkich anor po’stlog’ining mexanik shikastlanganlik darajasi hisoblanadi. Birinchi 
navli anor mevasida po’stlog’i urilib shikastlangan mevalar bo’lmasligi kerak, ikkinchi navlarida 
esa yuzasi anor mevasi yuzasining 1/4 qismidan katta bo’lmagan jarohatli mevalar bo’lishiga 
ruxsat etiladi. Shuningdek, anorning ikkala tovar navida ham mexanik jarohatlari bitgan mevalar 
miqdori chegaralanmaydi. Lekin, standart talabi bo’yicha anorning har ikkala tovar navida ham 
chirigan, ezilib qolgan, pishmagan, qishloq xo’jalik zararkunandalari bilan zararlangan mevalar 
bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Xurmo.
Xurmo mevasi yassi, sharsimon, sirti silliq, po’sti zarg’aldoq-sariqdan to’q-qizil 
ranggacha bo’ladi. Xurmoning sifati RSTUz 854-98 nomerli standart talabiga javob berishi 
kerak. Bu standart talabi bo’yicha xurmo mevasi birinchi va ikkinchi tovar navlariga bo’linadi. 
Har ikkala tovar naviga kiritiladigan mevalar yangi, butun, toza, sog’lom, qishloq xo’jalik 
zararkunandalari bilan zararlanmagan, mexanik jarohatlanmagan, shakli va rangi bo’yicha shu 
pomologik navga xos bo’lishi kerak. Ta’mi va hidi esa yoqimli, o’ziga xos, begona ta’mlarsiz va 
hidlarsiz bo’lishi kerak. 
Xurmo mevalari uchun ham asosiy ko’rsatkichlardan biri meva ko’ndalang kesimining 
diametri hisoblanadi. Bu ko’rsatkich birinchi navga kiritiladigan mevalarda 60 mm dan kam 


14 
bo’lmasligi kerak. Ikkinchi navga kiritiladigan mevalar uchun esa bu ko’rsatkich 
me’yorlashtirilmaydi. 
Anor mevasidagi singari xurmo mevasida ham quyosh nuri ta’sirida qora dog’lar paydo 
bo’lishi mumkin. Standart talabi bo’yicha birinchi navga kiritiladigan xurmo mevalarida qora 
dog’lar bo’lmasligi kerak, ikkinchi navlarida esa xurmo yuzasining 1/8 qismidan katta 
bo’lmagan qora dog’li mevalar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Xurmo mevalari mexanik ta’sirga 
chidamsiz, nozik meva bo’lganligi sababli har ikala tovar navida ham po’stlog’i shikastlanib 
qolgan jarohatli mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Shuningdek, xurmoning ikkala tovar 
navida ham chirigan, ezilgan va pishmagan ko’m-ko’k mevalar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish