13-ma‟ruza
Til sistemasi, til birliklari o`rtasidagi munosabatlar.
Sintagmatika va paradigmatika
Reja:
1.
Til sistemasi o`rtasidagi munosabatlar
2.
Sintagmatik munosabatlar
3.
Til sistemasidagi birliklarning paradigmatik munosabati
Asosiy tayanch tushunchalar:
Til ikkilamchi material sistema sifatida ideal sistemalarning, yani g‘oyalar, fikrlar,
tushunchalarning "moddiylashishi", voqelashishi uchun xizmat qiladi.
Til sistemasi - bu lisoniy (lingvistik) birliklar va ularning jamiyat talabiga - kommunikativ
jarayonga mos holda o`zaro bog‘lanishi, mantiqiy munosabatga kirishishi uchun xizmat
qiladigan muayyan qoidalar xazinasidir, imkoniyatdir.
Til sistemasi tarkibidagi moddiy kommunikativ birliklar muayyan qoidalar asosida o`zaro
zaruriy aloqaga, munosabatga kirishadilar, muayyan guruhlarni (paradigmalarni) tuzadilar, nutq
birliklarini - hosilalarini yaratadilar. Bu aloqa munosabatlar mutlaqo mantiqiy, ob‘ektiv, ijtimoiy
bo`lib, ikki yo`nalishda paradigmatik va sintagmatik bog‘lanishlarda kuzatiladi, reallashadi.
Ushbu aspektlarda tadqiq va tahlil qilinadi, o`rganiladi. Anig‘i, til birliklari orasidagi bog‘lanish,
169
aloqa paradigmatik va sintegmatik munosobatni hosil qiladi. Demak, til sistemasi tarkibidagi
birliklarning asosiy munosabatlari paradigmatik va sintagmatik munosabatlar hisoblanadi. Til
sistemasi faoliyati, amaliyoti, harakati, mavjudligi aynan mana shu paradigmatik va sintagmatik
munosabatlar asosida yuz beradi. SHunga ko`ra til sistemasi bilan bevosita — tabiiy bog‘liq
paradigmatika - paradigmatik munosabat va sintagmatika sintagmatik munosabat kabi
tushunchalarni aniqlash, ularning til sistemasidagi mavqeini, ahamiyatini, o`rnini belgilash
nazariy tilshunoslukning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Eslatamiz, paradigmatika, paradigmatik munosabat (assotsiativ aloqa) va sintagmatika,
sintagmatik munosabat tushunchalari Ferdinand de Sossyur tomonidan tilshunoslik nazariyasiga
kiritilgan.
Paradigmatika til birliklarini til sistemasining elementlari sifatida, struktural birliklarning
jami sifatida tekshirish aspekti hisoblanadi. Aytmoqchimizki, paradigmatikada til sistemasining
struktural birliklari muayyan paradigmalarga birlashib, o`zaro bir-biri bilan taqqoslanishiga,
qiyoslanishiga ko`ra xarakterlanadi. Demak, paradigmatika ayni vaqtda paradigmalar
sistemasidir. Paradigmalar sistemasi esa aytilganidek, til birliklariga aniqrog‘i, ularning umumiy
va xususiy ma‘nolariga ko`ra - ular asosida tashkil topadi, ya‘ni paradigmalar o`zaro mantiqiy
munosabatga kirishgan qator til birliklarinnng umumiy ma‘nolariga ko`ra birlashib, xususiy
ma‘nolariga ko`ra esa farqlanadi. Masalan: otlarning kelishik bilan turlanishi hamda grammatik
son va egalik shakllari paradigmasi, fe‘llarning shaxs-sonda tuslanish paradigmasi va boshqalar.
Demak, paradigma hosil qilgan ayni birliklar leksik (umumiy) ma‘nosiga ko`ra bir xil
grammatik (xususiy) ma‘nosiga ko`ra esa farqlanishi bilan o`ziga xosdir. SHuningdek,
paradigmalar sistemasi ko`pincha tik (vertikal) joylashishi bilan ham ajralib turadi.
Ma‘lum bo`ldiki, muayyan paradigmaga birlashuvchi til birliklarining o`zaro munosabati
paradigmatik munosabat sifatida namoyon bo`ladi.
Paradigmatik munosabat bir paradigma bir birliklari doirasidagi - orasidagi munosabatdir,
ichki jarayondir.
Til va nutq dixotomiyasiga ko`ra paradigmatika-paradigmatik munosabat tushunchasi til
bilan - til imkoniyati bilan bog‘lanadi. CHunki paradigmatik munosabat birliklari ham aslida
imkoniyat sifatida nutqda - Nutq birliklarida voqelashadi, muayyanlashadi, nutq uchun ashyo,
zaruriy, material vazifasini o`taydi, nutqqacha bo`lgan jarayon hisoblanadi. SHunga ko`ra ular
sintagmatik munosabatdan farqlanadi, ular kabi bevosita ruhiy - fikriy ta‘sir qilish quvvatiga —
kommunikativ aloqa imkoniga ega bo`lmaydi, umumiylik sifatida mavjud bo`ladi.
Paradigmatik munosabat tushunchasi keng bo`lib, lisoniy birliklarning, masalan, so`zlarning
muayyan bog‘lanishlarini sinonimlar (bo`kmoq, ivimoh, ozmoq, oriqlamoq, ozg‘inlamoq,
shalpaymoq, shalvaymoq, shalviramoq) tematik guruhlar (suv, ariq, kanal, ko`l, daryo, dengiz,
okean), (shimol, janub, sharq, g‘arb), (tepalik, balandlnk, tog‘, cho`qqi) so`z turkumlari (ot, sifat,
son, olmosh, fe‘l, ravish); antonimlar (keng-tor, kun-tun, qattiq-yumshoq, oq-qora, yaxshi-
yomon, achchiq-shirin, yosh-qari) kabilarni ham o`z ichiga oladi.
Demak, paradigmatik munosabatlar lisoniy birliklarning o`xshash, umumiy belgi-
xususiyatlariga ko`ra bog‘langan, birlashgan gururuhlaridir, sistemasidir. Ular til birliklari
orasidagi o`xshashlik va farqlanishga asoslanadi.
Paradigmatik munosabat til bnrliklarining nutqqacha bo`lgan munosabati, imkoniyat sifatada
til hodisasi bo`lib, tilshunoslikda assotsiativ munosabat, assotsiativ aloqa nomi bilan ham
yuritaladi.
Paradigmatik (assotsiativ) munosabatni tashkil qiluvchi til birliklarining miqdori
chegaralanmagan, nisbatan noaniq, davomiydir. SHuningdek, paradigmatik munosabatdagi
birliklar o`zaro hokim-tobelik aloqasiga kirishmaydi, kirisha olmaydi. CHunki ular muayyan
umumiy belgi asosida bog‘langan alohida teng huquqli mustaqil birliklar-paradigma birliklari
sifatida paradigmatik munosabatni hosil qiladi. SHunga ko`ra paradigmatik munosabat til
birliklarining nutqqacha-nutq faoliyatigacha bo`lgan munosabati, aytilganidek, imkoniyat
sifatidagi til faktidir. Demak, til va nutq dialektikasi nuqtai nazaridan paradigmatika-
paradigmatik munosabat umumiylik sabab, imkoniyat sifatidagi, til hodisasi hisoblanadi.
170
Paradigmatika, paradigmatik munosabat bilan bog‘liq bo`lgan sintagmatika sintagmatik
munosabat esa til va nutq dixotomiyasiga ko`ra ularning qaysi biri bilan bog‘lanadi?
Til sistemasi o`z mavjudligi va amaliy qudratini, ijtimoiy harakatin ushbu tayanch, eng
asosiy munosabatlarga ko`ra amalga oshirar ekan, qayd etilgan savolning berilishi mutlaqo
mantiqiydir.
Ta‘kidlaymiz, til sistemasi uning birliklari va qoidalari paradigmagika-paradigmatik
munosabat birliklari-paradigma a‘zolari til hodisasi, til fakti sifatida o`zining ta‘sir kuchini,
harakatini, ijtimoiy-amaliy faolligini va faoliyatini-kommunikativ vazifasini sintagmatikada-
sintagmatik munosabatda namoyon qiladi, ko`rsatadi. CHunki paradigmatik mutosabat birliklari
ijtimoiy amaliyot natijasi, fakti, hodisasi sifatida sintagmatik munosabat orqaligina til
birliklarining valentlik munosabatiga kirishuvi semantik-sintaktik bog‘lanishiga ko`ra amalga
oshadi. Demak, sintagmatika, sintagmatik munosabat nutq bilan, nutq jarayoni bilan bog‘lanadi,
nutq hodisasi, nutq fakti hisoblanadi. CHunki nutq, nutq faoliyati kommunikativ faoliyatdir, fikr
almashish jarayonidir, til sistemasining. noparadigmatik munosabati birliklarning jamiyatdagi
faolligidir, harakatidir.
Nutq hodisasi, nutq fakti bo`lgan sintagmatika, sintagmatik munosabat tushunchalari o`ziga
xos xususiyatlari, muayyan "shaxsiy" jihatlari bilan ajralib turadi. Aniqrog‘i, sintagmatika til
sistemasi birliklarining nutq faoliyatida muayyan tartibda, ketma-ketlikda joylashishi o`zaro
mantiqiy munosabatga kirishishidir.
Ma‘lum bo`ldiki til sistemasi birliklarining faollashishi, nutqning aniq birligiga aylanishi
sintagmatika, sintagmatik munosabat tufayli yuz beradi. Bundan mantiqiy ravishda
paradigmatikaning sintagmatika bilan bog‘liqligi kelib chiqadi. Aytish mumkinki, sintagmatika
paradigmatikaning mavjudlik va namoyon bo`lish shaklidir.
Sintagmatika til birliklarining nutq jarayonida o`zaro bog‘langan holda qo`llanishini
tekshiradi.
Demak, lisoniy birliklarning - masalan, so`zlarnnng nutq faoliyatida ketma-ket kelishi
muayyan tartibda joylashishi sintagmatika sifatida namoyon bo`ladi.
Sintagmatikada lisoniy birliklar orasidagi munosabatlar aniqligi va izchilligi bilan ajralib
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |