O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Fanerofitlar 
guruhi – novdalari qishda qurib qolmaydigan, hamda yangilanish 
kurtaklari yerdan yuqorida turadigan buta va daraxtlar kiradi.
Hamefitlar
guruhi – o’t va chala buta o’simliklari bo’lib, ularning yer usti 
poyasi batomam qurimaydi, lekin, novdalari past bo’yli bo’ladi yoki yer bag’irlab 
o’sadi. Yangilanish kurtaklari yer betiga yaqin turadi. Artikada o’sadigan ko’pgina 
butalar va mo’tadil kengliklar florasining ba’zi turlari hamefitlar guruhiga kiradi.
Gemikriptofitlar
guruhi – yerda novdalari deyarli ostigacha qurib qoladigan 
o’simliklar bo’lib, ularning tiklanish organlari (kurtaklari) deyarli yer yuzasida 
turadi. Ko’pgina yaylov o’simliklari gemikriptofitlar guruhiga kiradi.
Kriptofitlar 
guruhi – o’simliklarning yer usti organlari batamom qurib qoladi. 
Tiklanish organlari yilning noqulay davrlarida yer ostida yoki suvda (suv 
o’simliklariniki) saqlanib qoladi. Bu guruhga piyozli, tuganakli, ildizpoyali 
o’simliklar kiradi. 


169 
Terofitlar
guruhi – o’simliklarning yer usti va yer osti organlari batamom 
quriydi. Yilning noqulay davrlarida ularning faqat urug’lari saqlanib qoladi. Bu 
guruhga bir yillik o’simliklar kiradi.
Ko’p yillik va bir yillik o’tlar vegetativ davrining turlicha davom etishi bilan 
ham farqlanadi. Bularning ba’zilari bahordan kuzgacha, boshqalari yoz o’rtasigacha 
o’sadi. Ko’pchiligi esa bahor oxiri yoki yoz boshlarida jazirma issiqlar boshlanib, 
erning betidagi nam tugagandayoq rivojlanib bo’ladi. O’simliklarning o’sishini yoz 
boshida tugaydigan bunday turlari efemeriodlar (ko’p yillik o’tlar) yoki efemerlar 
(bir yillik o’tlar) deb ataladi. O’zbekiston sharoitida rang, qo’ng’irbosh, juda ko’p 
xil lolalar efemerlarga misol bo’ladi 
O’zbekiston o’simliklarini muhofaza qilish. 
Keyingi yillarda tashlandiq, 
bo’z va cho’l yerlarning o’zlashtirilishi, insonlarning o’z maqsadlari yo’lida tabiiy 
boyliklardan noto’g’ri foydalanishlari sababli, yovvoyi o’simliklarning turlari va 
boyliklari kamayib ketmoqda. Bundan tashqari, shifobaxsh o’simliklarning tabiiy 
boyliklarining hosildorligi har yilgi ob-havo sharoitiga bog’liq bo’lib, ko’pincha 
barqaror emas. SHu tufayli, foydali o’simliklarning 50 dan ortiq turi 
madaniylashtirilgan holda ekilmoqda. 
O’zbekistonda har xil bo’yoqlar, efir moylari va texnikada ishlatiladigan 
moddalar olinadigan ko’pgina o’simlik turlari ham bor. Ularning eng muhimlari 
toron (teri oshlashda ishlatiladigan tannid moddasi bor), anjabor (tarkibida oshlovchi 
modda bor), archa (yosh novdasidan efir moyi olinadi), tog’sag’iz (kauchuk moddasi 
bor), yersovun (ko’pirtiradigan modda — saponin olinadi), cho’l yalpizi (efir 
moddasi bor), yetmak (uning ildizidan ko’piruvchi saponin moddasi olinadi va 
shira’azlikda (konditer) ishlatiladi), pista (bargidan va bargidagi no’xatchalaridan 
bo’yoq olinadi), arslonquyruq (oshlovchi modda, efir moyi olinadi) va boshqalar. 
O’zbekistonda kishilarga estetik zavq berib, hordiq chiqaradigan chiroyli gulli 
o’simliklar lolalar (qizil, sariq, oq), chuchmomalar, eremurus, boyg’alcha, 
lolaqizg’aldoq, boychechak mavjud. Kishilar o’zlarining xo’jalik faoliyatida 
tabiatdan ko’p va betartib foydalanishi ta’sirida uning tabiiy holatida sezilarli 
darajada o’zgarishlar yuz berib, asrlar davomida shakllangan biogeotsenozlarga 
salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. 
Ayniqsa qishloq xo’jaligida yangi-yangi yerlarni betartib o’zlashtirilishi 
sanoat obhektlari va har xil qurilishlarning rejasiz joylashtirilishi, tog’-kon 
sanoatining ta’siri, yaylovlardan noto’g’ri foydalanish, mevali, dorivor, foydali 
o’simliklardan noto’g’ri foydalanish kabilar ta’sirida ekologik muvozanatda 
o’zgarish yuz berib, ba’zi o’simliklar turi kamayib bormoqda. Natijada hozir 
O’zbekiston hududida o’sadigan o’simliklarning 10—12% yoki 400 turi 
muhofazaga muhtoj noyob turga aylanib qoldi. Ba’zi o’simlik turlari esa, xususan 
lola, sallagullar, yetmak, bozulbang, anzur piyoz, zira, guli salim, kovul, sumbul, 
Korovin shirachi, Turkiston yovvoyi noki kabi o’simliklarning miqdori keskin 
kamayib, yo’qolib ketish xavfi ostida turibdi. 
Jumhuriyatimizda ayrim shaxslar (brakonerlar) o’simliklarni, ayniqsa dorivor 
va oziq–ovqat o’simliklarining piyozlarini, urug’ini, mevasini, bargini, ildizini, 


170 
tuganaklarini ruxsatsiz, o’zboshimchalik bilan qoida-qonunga xilof ravishda yig’ib, 
terib, qazib olishlari tufayli ularning turi kamayib ketmoqda. 
Shu sababli jumhuriyatimizni tabiiy holicha saqlab qolish, o’simliklar 
dunyosiga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo’lishga chek qo’yish bugungi 
kunning eng muhim masalasidir. 
O’zbekistonda noyob, endemik, relikt o’simlik turlarini saqlab qolib, himoya 
ostiga olish uchun akademiklar Ye.M.Lavrenko va A.L.Taxtadjyanlar tashabbusi 
bilan 1978 yili O’zbekiston «Qizil kitobi» tahsis etildi. Bu O’zbekiston «Qizil 
Kitobi»ga jumhuriyatimizda muhofaza ostiga olish zarur bo’lgan 272 o’simlik 
kiritilib, ular haqida mukammal ma’lumotlar (qisqacha tavsifi, tarqalishi, miqdori, 
kamayib ketish sababi, muhofaza kilishga qaratilgan choralar) berilgan. 
O’zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan o’simlik turlari 4 ta toifaga (tabiatni 
muhofaza qilish Xalqaro uyushmasi ishlab chiqqan klassifikatsiyaga ko’ra) 
ajratilgan. 


Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish