O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Saponinli o’simliklar vakillarining foydali xususiyatlari



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Saponinli o’simliklar vakillarining foydali xususiyatlari.
Saponinlar xalq 
ho’jaligida ham ko’p ishlatiladi. Oziq-ovqat sanoatida (holva, pivo, limonad 
tayyorlanadi), o’t o’chiradigan asboblarda, yengil sanoatda (nafis gazlamalarni 
yuvish) va boshqa sanoat tarmoqlarida qo’llaniladi.
 
Tibbiyotda saponindan tayyorlangan turli dori-darmonlardan keng 
foydalaniladi. Ayniqsa, balg’am ko’chiruvchi, siydik haydovchi, ekzema va bod 
kasalliklarini davolashda keng ishlatiladi. Dioskariya o’simligidan olinadigan 
saponindan diosgenin, kortizon, prednizolon va boshqa bir qancha qimmatbaho dori-
darmonlarni sintez qilishda asosiy xomashyo manbai hisoblanadi. O’simliklardan 
olinayotgan saponin moddalariga xalq xo’jaligimizning turli tarmoqlarida ehtiyoj 
kattadir. Ulardan ‘enobetonlar ishlab chiqarishda, oziq-ovqat sanoatida qandolatlar 
hamda nisholda tayyorlashda, to’qimachilik sanoatida jundan yasalgan gazmollarni 
tozalashda keng qo’llaniladi. SHuningdek metallurgiya alyuminini elektroliz 
qilishda ishlatiladi. Saponinli o’simliklar O’zbekiston florasida ham ko’p tarqalgan. 
Saponinlar o’simliklarning ahzolarida har xil miqdorda, yahni bargi, guli poyasi, 
mevasi, ildizi va tugunaklarida to’playdi. 


99 
Saponinlar miqdori o’simlik ahzolarida bir oz yoki ko’p to’planishi turli xil 
faktorlarga bog’liqdir. Avvalo, O’simliklarning o’sish sharoitiga, rivojlanish davriga 
hamda ko’p jihatdan yoshiga, agar ular ekin sifatida o’stiriladigan bo’lsa, 
qo’llaniladigan agrotexnik tadbirlarga bog’liqdir. O’zbekiston florasida 
uchraydigan, qimmatbaho xomashyo manbai hisoblangan, ammo o’rinsiz 
foydalanish tufayli O’zbekiston «Qizil kitobiga» kiritilgan (etmak yoki bex), ularni 
ekin sifatida o’stirish mumkin. SHu o’simliklardan ayrimlarini bayon etamiz. 
Saponinli o’simliklarning biologik xususiyatlari. 
Etmak
chinniguldoshlar oilasidan, bo’yi 50 — 80 sm ga yetadigan chala
buta shaklidagi ko’p yillik o’simlik. poyasi tik, yon shoxchalar hosil qilib o’sadi. U 
shunday yon shoxchalar hosil qiladiki, uning diametri 80 sm dan oshadi. poyalari 
oqish va to’q qizil tusda, bo’g’imlari yohg’on bo’ladi. Ildizi juda ham zich, 
yo’g’onligi 10 sm ga yetadi. Barglari poya va yon shoxchalarida bir-biriga qarama-
qarshi holda joylashadi. Bargi uzunchoq, bigizsimon shaklda, uzunligi 1 — 2 sm, 
eni 0,5 — 3,0 mm, tikanga o’xshaydi. Yetmak mart oyida gullab, ko’karadi. 
Gultojibarglarn oq, uzunligi 0.5 sm ga yaqin, to’pgullari poyasining uchida 
joylashgan.Gullari juda tez to’kilib ketadi. Mevasi may-iyun oylarida pishadi. 
Urug’idan yaxshi unadi. Yetmakning ildizida ko’pik hosil qiluvchi modda — 
saponin bor. Saponin moddasi konditer sanoatida (nisholda, bo’yoq ishlab chiqarish 
sanoatida), gazlamalarni yuvish, metallarni tozalash, hasharotlarga qarshi kurashish 
va o’t o’chirish ishlarida qisman dori tayyorlashda keng foydalaniladi.
O’zbekistonning ko’pgina joylarida, ayniqsa, Toshkent viloyatining Piskent va 
Ohangaron rayonlari atrofida ko’p uchraydi. 
Ersovun
zirkdoshlar oilasidan, bo’yi 20 — 45 sm ga yetadigan ko’p yillik 
o’simlik. Uning yer osti poyasi 20 — 30 sm uzunlikda bo’lib, poyasining asosida 
tugunaklari bo’ladi. Tugunaklarning kattaligi 15 sm dan oshadi. U fevralg’ oyida 
ko’karib, aprel oyida gullaydi. Gullari sarg’ish, 20 — 30 tasi birga to’planib, 
shodagul hosil qiladi. Dastlab ildiz bo’g’zidan chiqadigan ikkita bargi 3—5 sm 
ko’tariladi. Barg ya’rog’i uch bo’lakka bo’lingan. Bargi murakkab bargga o’xshab 
ketadi. poyadagi barglar soni 3 ta yoki 5 ta bo’ladi. Bulardan poyaning pastki 
qismidagi ikkitasi ildiz bo’g’zidagi barglarga o’xshashdir. Yersovun mevasi may 
oyida pishadi. U shishgan chanoqchadan iborat. U jumhuriyatimizning ko’pgina 
viloyatlarida qumloq va soz tuproqli yerlarda o’sadi. Ayniqsa, lalmikor yerlarda 
ko’p uchraydi. Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on noxiyalarida juda ko’p o’sadi. 
Uning ildizi tarkibida ko’pik hosil qiluvchi modda bo’lgani uchun ilgari vaqtda 
sovun o’rnida ishlatilgan. Tugunagida kraxmal ham ko’p. Undan spirt sanoatida, 
dori tayyorlashda foydalanish mumkin. Uni mollar deyarli yemaydi. 
Kachim
chinniguldoshlar oilasiga kiruvchi, balandligi 140 sm gacha 
boradigan ko’p yillik o’t o’simlikdir, poyasi etdor, bir qancha shox-shabbachalarga 
ega. Barglari uzun sershira, ko’k rangli, o’tkir, nashtarsimon. Gullari ro’vak holidagi 
to’pgullar hosil qiladi. Gultojibarglari och qizg’sh ranglidir. Kachim iyun-avgust 


100 
oylarida gullaydi, urug’i avgust-sentabr oylarida to’liq, pishadi. Kachim o’simligi 
tabiatda uncha keng tarqalmagan. U adir hamda tog’oldi qismida, sho’rxok yerlarda 
zaxroq joylarda tarqalgandir. Kachimning tabiiy boyliklari yohq. Lekin, uning 
xomashyosiga bo’lgan talab yildan-yilga oshib bormoqda. CHunki o’simlikning 
ildizlari 8 foizgacha saponin moddalarini saqlaydi. Uning yer ustki massasi qoramol 
va qo’y-echkilar uchun to’yimli oziq-xashak hisoblanadi. Xashak tarkibida 12 
foizdan ko’proq ho’l protein, 15 foizga yaqin oqsil moddalari hamda 2 foizdan ortiq 
yog’lar borligi aniqlangan. Kachim xomashyosiga bo’lgan talabni qondirish 
maqsadida uni ekinga aylantirish agrotexnika qoidalari O’zbekiston Fanlari 
akademiyasi Botanika ilmiy-tadqiqot instituti o’simlik xomashyolari bo’limining 
olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Ekinga aylantirilgan kachim o’simligidan 
olinadigan xomashyo uchinchi yiliyoq barcha texnik talablarga to’liq javob beradi. 
Bu davrda uning ildiz ,hosildorligi quruq vaznda gektaridan 18 t ga yetadi. Undagi 
saponin moddalarining miqdori esa 16 foizdan ortadi. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish