O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»


Foydalanish uchun adabiyotlar ro’yhati



Download 7,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/244
Sana12.06.2022
Hajmi7,02 Mb.
#660106
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   244
Bog'liq
UMK 2-kurs Nazariya

Foydalanish uchun adabiyotlar ro’yhati
56.
A. Abdullaev. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» 
(1-jild) / Toshkent / «NAVRO’Z» nashriyoti, 2017. - 392 bet. 
57.
Abdumalikov R. Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat va sport 
tarixi. O‘quv qo‘llanma Toshkent 1993 y.
58.
Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. O‘quv 
qo‘llanma Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti 
2002 yil. 
59.
Yunusova Yu.M. Teoriya i metodika fizicheskoy kulturы. 
Uchebnoe posobiya Toshkent UzGoslFK 2007 g. 
60.
Salomov R.S. Sport mashg‘ulotning nazariy asoslari - 
Toshkent., O‘quv qo‘llanma O‘zDJTI, 2005 yil - 238 b. 
61.
Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va 
metodikasi Toshkent., darslik “Iqtisod -moliya” 2008 yil - 300 b. 
62.
Matveev L.R. Teopii metodika fizicheskogo vospitanie - 
Uchebnik Mockva «Fizkulьtura i sport» - 2005 g. 
63.
David C. Watt Sports management and administration © 1998 
David C. Watt
64.
Sultonov, Akmal."Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi"  OʻzME. B-
harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000 -yil 
65.
 
Satipov G’. M., Ametov Z. «Jismoniy tarbiya gigiyenasi» 
(O’quv uslubiy qo’llanma) 
1.
 
Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari
Jismoniy 
tarbiya 
jarayonida 
havo, 
quyosh 
nuri, 
suv 
tabiatning 
sog’lomlashtaruvchi kuchlaridan vosita sifatida foydalaniladi. Insonning moddiy 
va ma’naviy hayot sharoiti, turmushi davomidagi moddiy ne’mat yaratish, yashashi 


141 
jarayoni tashqi muxitning har xil holatiga to’g’ri kelishi mumkin. Bunga ko’nikish, 
unga tayyor bo’lish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tabiatning in’omi - 
havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini 
mustaxkamlashning asosiy vositasi, deb qaraladi. 
Jismoniy tarbiya jarayoni mashg’ulotlari ochiq havoda, quyosh nurida va 
boshqalardan ijobiy foydalanish bilan tashkillansa, jismoniy mashqlarning 
samaradorligi ortadi. Quyosh nuri, havoning namligi yoki quruqligi, suv-yomg’ir 
ostida mashqlanish, mehnat qilish, shug’ullanuvchi organizmiga turlicha ta’sir 
ko’rsatadi. Faqat jismoniy yuklamaning ortishi yoki kamayishi bilangina emas, 
organizmda 
kechadigan 
modda 
almashinuvi 
va 
boshqa 
funktsional 
almashinuvlarga ta’sir qilishi amalda isbotlangan.
Cho’milish, oftobda toblanish, havoning issiq-sovug’i organizmni tabiatning 
yoki tashqi muhitning zararli oqibatlariga bardoshlilikka o’rgatash jismoniy tarbiya 
jarayonini tashkillashda jonajon diyorimizning geografik, ijtimiy va ekologik 
holatining turli xilligini xisobga olishning hozirgi kundagi ahamiyati e’tiborga 
loyiq. 
Afsuski, hozirgacha barcha viloyatlar va xududlar uchun tabiatning 
sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishning ilmiy asoslangan tizimini 
yaratish muammosi hal qilinmagan. Masalan, quyosh nuri ostida shug’ullanish, suv 
yoki havo namligi, quruqligidan foydalanishda soat 10.00 dan 12.00 gacha quyosh 
nurining organizmga ta’siri Buxoroda, Farg’onadagiga nisbatan boshqacha ta’sir 
kuchiga ega. 
Ultrabinafsha nurlarining yetib kelishi va ta’siri qayd qilingan viloyatlarning 
geografik o’rni, ekologik muxiti biri-biridan farq qiladi, ta’sir kuchi ham turlicha. 
Shunga ko’ra oftobda toblanish yoki qanday haroratda necha soat shug’ullanish, 
havo namligi darajasining necha foyizi organizmning funktsional tayyorgarligiga 
ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligi ilmiy asoslanmagan. 
Jismoniy mashqlarning me’yori, yuklamaning umumiy miqdori, mashqning 
intensivligini e’tibordan chetda qoldirish, yoshi, jinsi va boshqa individual 
xususiyatlarini xisobga olmasdan suv, havo namligi yoki quruqligi, quyosh nurida 
toblanish tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy 
natijalarga olib kelishini unutmasligimiz lozim. 
Shug’ullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlari 
va ulardan tizimli foydalanish, havoning o’zgarishi organizmning issiq-sovuqqa, 
keskin o’zgarishlarga tez moslashishi individning yoshligidan yo’lga qo’yishning 
samarasi katta. Har tomonlama chiniqtirish tabiatning sog’lomlashtiruvchi 
omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qo’shib olib borilishi tashqi 
muxitning salbiy ta’sirlariga organizmning qarshilik ko’rsata olish qobiliyatini 
yanada oshiradi. 
Jismoniy tarbiya jarayonida erishilgan chiniqishning samarasi “ko’chuvchan” 
bo’ladi, ya’ni u insonning boshqa faoliyati (asosan, mehnat, harbiy xizmat)da 
namoyon bo’ladi va jismoniy tarbiya jarayonining hayotiy amaliyligini isbotlaydi. 
Qolaversa ruhiy irodaviy xislatlarini ham kuchaytiradi. Ayniqsa chayqalish 
tebranish, me’yorsiz nagruzkaga chidash, vaznsizlik holatiga tez moslashishdek 
yuqori jismoniy tayyorgarlik vazifalarini oson hal qilishga yordam beradi. 


142 
Gigienik omillar jismoniy tarbiya jarayonining umumiy maqsadini, 
vazifalarini hal qilishning vositalaridan biri. Shug’ullanuvchilar salomatligi 
profillaktikasini yo’lga qo’yish, organizmning optimal hayotiy faoliyati uchun 
lozim bo’lgan sharoitlarni yaratish, sog’liqni yaxshilash va uning uzoq umr 
ko’rishini ta’minlash orqali hayoti davomida yuqori ishchanligini oshirishga 
yordam berishdan iborat. 
Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigiyenasi talablarini o’zida
 
mujassamlashtiradi. Shaxsiy gigiyena umumiy gigiyena qoidalarini o’z ichiga 
oladi, ular: aqliy va jismoniy mehnatni to’g’ri navbatlashtirish, jismoniy madaniyat 
mashg’ulotlari bilan shug’ullunish, ovqatlanishning sifati va me’yori, mehnatning 
aktiv dam olish bilan to’g’ri navbatlashuvi, to’laqonli uyqu. 
Shaxsiy gigiyena tarkibiga o’z vujudining tozaligi, soch, tirnoq, og’iz 
bo’shlig’ining tozaligi, toza kiyim-bosh (sport formasi) sport anjomlari, 
jihozlarning, sport inshootlaridagi tozalik, tashqi muhitning zararli faktorlari va 
boshqalar kiradi. Ulardan jismoniy tarbiya darslari, jismoniy mashqlar bilan 
mustaqil shug’ullanish mashg’ulotlari, sport trenirovkalari, sog’lomlashtirish 
trenirovkalarida maqsadli foydalanish jismoniy mashqlarning ta’sirchanligini, 
jismoniy tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishi isbotlagan. 
Gigiyenik talab va normalarning hayotiy - amaliyligi, ularni qo’llashga 
sharoitning yetarli darajadaligi ta’lim, tarbiya jarayonining moddiy-texnik bazasini, 
sport anjomlari, jihozlar va mavjud kiyimboshlardan belgilangan muddat davomida 
foydalanishga imkoniyat yaratadi. 
Pedagogik jarayon qanchalik puxta tashkillanmasin, ovqatlanish, uyqu kun 
tartibiga rioya qilinmasa, shuningdek, mashg’ulotlar tibbiyot tapablariga javob 
bermaydngan joy va jihozlar bilan o’tkazilsa, ular albatta samarasiz bo’ladi. 
Manashuning uchun ham mamlakatimiz ta’lim tizimi o’quv muassasalarining 
jismoniy tarbiya dasturlariga gigiyenaga oid bilimlar mazmunini ifodalovchi 
nazariy ma’lumotlar, mavzular tavsiya qilingan. Ular jismoniy tarbiya jarayonidan 
tashqaridagi insonning hayotiy faoliyatini tashkillovchi va jismoniy tarbiya 
jarayoni tarkibidagn vositalardir. Gigenik omillar jismoniy tarbiyaning maxsus 
yetakchi vositasi xisoblanmasa ham, jismoniy tarbiyaning vazifasini to’laqonli hal 
qilish uchun ahamiyati katta. 
Jismoniy mashqlar, tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik 
omillarni rotsional qo’llash inson salomatligini mustaxkamlaydi va jismoniy 
qobiliyatlarini me’yorli rivojlanishiga zamin yaratadi. Mashg’ulotlar inson hayotiy 
faoliyatining organik qismiga aylansa, jismoniy tarbiya tizimi o’zining maqsadi va 
vazifalarini ijobiy hal qilishga qodir jismoniy tarbiya vositalariga ega degan xulosa 
qilish o’rinli bo’ladi. 

Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish