O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti


O`rta Osiyo xalqlarining XVII asrning oxiri XVIII asrning birinchi yarmida ijtimoiy fikr



Download 0,61 Mb.
bet34/49
Sana12.06.2022
Hajmi0,61 Mb.
#659582
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
Bog'liq
SIYOSIY VA XUQUQIY TA`LIMOTLAR TARIXI

O`rta Osiyo xalqlarining XVII asrning oxiri XVIII asrning birinchi yarmida ijtimoiy fikr
XVII asrning oxiri XVIII asrning birinchi yarmida yashagan va ijod qilgan mutafakkirlardan biri So`fi Olloyor edi. Uning asarlari asosan islom dini va tasavvufning qonun-qoidalari va marosimlariga bag`ishlangan bo`lsada, ularda insonning ahlokiy poklik va ruxiy kamolotga chaqiruvchi goyalar katta o`rin egallaydi. So`fi Olloyorning fikricha, inson saxiy, ochik yuzli, muruvvatli, shirinsuxan va xushmuomalali bo`lishi lozim. Bunday xislatlarga ega bo`lgan odam ajdarxoni engishi, gumrohlarni to`g`ri yo`lga boshlashi, xarom-xarish ishlardan o`zini tiyishi mumkin. Bu maslahatlarni hukmdorlarga ham uqtirishga harakat qildi. Mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o`rnatishni istagan hukmdor o`z fuqarolariga rahmdil va xushmuomala bo`lishi lozim, deydi u.
So`fi Olloyorning ma`naviy merosini o`rganish va ilmiy taxlil qilish falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fikr tarixiga katta hissa bo`lib kiradi. O`zbekiston ijtimoiy-siyosiy fikr tarixida iz qoldirgan ilg`or qishilardan biri Munis Xorazmiy (1778-1829). Tarixchi, tarjimon, xattot, ma`rifatparvar shoir Munis Xiva xonining saroyida farmonlarni yozuvchi kotib bo`lib xizmat qilgan, zamonasining mashxur olim, shoir va san`atkorlari bilan yaqin aloqada bo`lgan, bor bilimi, salohiyati va kuch-quvvatini ijodga, ilm-fan va ma`rifatga bag`ishlagan..
Munis Xiva xonligi tarixi ustida ishladi, ko`p ilmiy va badiiy asarlarning tarjimasini qildi, insonparvarlik va taraqqiyotga undovchi g`oyalar bilan sug`orilgan she’rlar yaratdi. Siyosiy qarashlari jihatidan Munis odil va ma`rifatli hukmdor tarafdori edi. U mamlakatda adolat o`rnatilishini, ilm-fan, san`at rivoj topishini orzu qildi. Hukmdorlarni shu yulda harakat qilishga chaqirdi.
O`zbek xalqining XIX asr ijtimoiy-siyosiy fikri tarixida Muhammadrizo Ogahiy aloxida o`rin egallaydi (1809-1874 yy.) Ogahiy Xorazmda tug`ildi va umrining oxirigacha shu erda yashadi va ijod qildi.. U shoir, tarixchi, tarjimon va davlat arbobi ham edi..
Ogahiy o`z umri mobaynida bir necha Xiva xonlarining idora qilish faoliyatining guvoxi bo`lgan. U saroyda bosh mirob lavozimida xizmat qilgan, xonlarning yaqin maslaxatchisi va nasihatgo`yi bo`lgan. Ogahiy Xorazmshohlar davlatchiligi, ularning yuksalish va inqirozga uchrash tarixini xam o`rgangan, ayrim siyosiy masalalarni tadqiq qilgan va asarlar yaratgan.
Ogohiyning siyosiy ideali ma`rifatli, odil hukmdordir. U o`zining «Ogohnoma» qasidasida bo`lgusi hukmdor qanday xislatlarga ega bo`lishi kerakligini bayon qiladi. Bular: himmat, shijoat, adolat, siyosat, mardlik. g`ayrat, saxovat, hayo, va`daga vafo qilmoklik, yaxshi niyat, muruvvat, shariat hukmiga rivoj bermoq, kufr dardiga iloj topmoq, lutfu karam bilan lashkar ko`nglini olmoq. Ogahiy fikricha, ana shu omillarga amal qilingandagina davlatda tartib va intizom o`rnatiladi.
Davlatni inkirozga olib keluvchi sabablar: ogohlikni unitish, sustlik, shariatni unitish, xalqning arzini tinglamaslik, jaholat, fisq-fasod va bid`atga yo`l bermoq, jabru zulmga moyil bo`lmoq xasislik, baxillik, lashkarni tushkun axvolda qoldirish, aysh-ishratga berilish, davlat va mamlakat ahvolidan bexabarlik, azizlarni xor va bee`tibor etish, bezori, battol odamlarga muruvvat ko`rsatish, xiyonatkor xasadguylarga yaqin bo`lish va shu kabi nuqsonlar. Bu qusurlar davlat va hukmdor uchun o`ta zararli hamda xatarlidir, deydi Ogahiy va ogohlikka da`vat etadi.
Ogahiy adolat g`oyasiga ham katta ahamiyat beradi. U shohga murojaat qilib aytadiki, oftob o`z nurini vayrona va obod makonlarga teng sochgani singari, xukmdor xam raxm-shavkat, ximmat-saxovat ko`rsatganida barcha insonlarga barobar munosabatda bo`lishi kerak. Shundagina jamiyatda adolat ta`minlanishi mumkin.
Ogaxiyning fikricha, hukmdor davlatni boshqarishda donishmand, davlatchilik tajribalarini yaxshi biladigan, xayrixox-ezgulik istovchi kishilarga tayanmog`i lozim. Pastximmat, nodon, davlatchilik ilmidan bexabar kishilar hukmdorga madadkor bo`laolmaydi. Bunday odamlar el molini o`z nafslarini qondirish ishlariga sarflaydilar. Shox bu ogoxlarni unitmasa xalq tinch, mamlakat osoyishta buladi. Ogaxiy ijodidagi bu g`oyalar hozirgi milliy davlatchiligimizni tiklash va shakllantirish ishiga ko`maklashadi.
Rejafa qaytish

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish