O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan Davlat Universiteti


O`zbekistonda Prezidentlikni joriy qilinishi va I. A. Karimovning xuquqiy davlat qurishdagi nazariy asoslari



Download 0,61 Mb.
bet47/49
Sana12.06.2022
Hajmi0,61 Mb.
#659582
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
SIYOSIY VA XUQUQIY TA`LIMOTLAR TARIXI

O`zbekistonda Prezidentlikni joriy qilinishi va I. A. Karimovning xuquqiy davlat qurishdagi nazariy asoslari.
O`zbekiston Respublikasida Prezidentlik institutining joriy qilinishi mustaqillik davrida davlat qurilishi va boshqaruvida yuz bergan o`ta muxim o`zgarishlardan biri bo`ldi. Prezident O`zbekistonda "davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig`idir" (Konstitutsiya 89-moddasi). endilikda Prezidentning yuridik maqomi, huquq va majburiyatlari Konstitutsiya va qonunlarda ochiq ravshan ifodalangan. CHunonchi, Konstitutsiyaning 93-moddasida Prezidentning ichki va tashqi masalalarni xal etishdagi vakolatlari belgilab qo`yilgan.
Xuddi shunday talablar, qoida-normalar Vazirlar maxkamasi, mahalliy davlat vakillik va ijroiya organlari, saylov tizimi, sud hokimiyati, prokuratura organlariga nisbatan ham Konstitutsiyada qonunan mustahkamlanib qo`yilgan. Prezident Konstitutsiyaning kafili sifatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, O`zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini muhofaza qilish davlat organlarining o`z vazifalarini bajarishlarini ta`minlash, konstitutsiyaviy tuzumni mustahkamlash bo`yicha barcha sharoitlarni yaratish zarur chora-tadbirlarni ko`radi..
Islom Karimov davlatning milliy manfaatlarini himoya qilish, butun mamlakat xududida tinchlik, barqarorlik va qat`iy konstitutsiyaviy tartibni kafolatlash bo`yicha o`z majburiyatini bajarar ekan, xalq ishonchini oqlamoqda. Mustaqil O`zbekistonning birinchi Prezidenti mamlakat Konstitutsiyasining xaqiqiy kafili bo`ldi. Konstitutsiyada Prezidentga respublika oliy hokimiyati va boshqaruv organlarining bahamjixat ishlashini ta`minlash vazifasining yuklatilganligi hokimiyat bo`linishi printsipi amalga oshishining garovi va davlat hokimiyati organlari o`rtasida qarama-qarshilik bo`lishiga yo`l qo`ymaydigan muhim shartdir.
Prezident I.Karimov huquqiy davlatining yaratish jarayonida ijro etuvchi hokimiyatning mustaxkamlash zarurligini nazariy asoslarini yaratdi. Prezident fikricha "Kuchli ijroiya xokimiyati bo`lmasa, xatto eng demokratik yo`l bilan qabul qilingan qarorlar ham bajarilmasligi mumkin. Bu esa qonuniy qarorlarning ro`yobga chiqarilishini, fuqarolarning huquq va erkinliklari himoya qilinishini, siyosiy va iqtisodiy islohotlar turmushga tatbiq etilishini ta`minlaydigan Prezidentlik hokimiyatini mustahkamlash va rivojlantirishni taqozo etadi".
Hokimiyat bo`linishi faqat turli hokimiyat tarmoqlari orasida vakolatlarning taqsimlanishidagina emas, balki markaziy organlar bilan maxalliy organlar vakolatining to`g`ri taqsimlanishida ham namoyon bo`ladi. Ijro etuvchi organlar faoliyatini takomillashtirish, ularning ishlash imkoniyatini oshirish, huquq va majburiyatlarini yanada aniqroq belgilashda O`zbekistonda joriy qilingan hokimlik instituti alohida ahamiyatga ega bo`ladi.
Davlatning salmoqli vazifalarini mahalliy davlat organlari bajaradi. Respublikamizda mahalliy davlat organlarining tizimini belgilashda bir-biridan mustaqil, lekin o`zaro hamkorlikda, bir-birini nazorat qilish asosida faoliyat ko`rsatadigan ikki organ, ya`ni vakillik organi- xalq deputatlari Kengashlari va ijroiya hokimiyati organi hokimliklar bo`lishi nazarda tutiladi. Ijroiya hokimiyatiga boshchilik qiluvchi hokimlar yangi institut bo`lsa, xalq deputatlar Kengashlari mustaqil demokratik davlatimiz xarakteriga moslashtirildi."Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida"gi qonunda shu masalalar mustahkamlangan.
Joylarda vakillik hokimiyati va ijroiya hokimiyati organlarini tuzishdagi asosiy maqsad davlat organlari ishlarida aholining ishtirokini ta`minlash, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni ko`pchilik bilan bamaslahat bo`lib muhokama qilish va to`g`ri qaror qabul kilish, ijroiya hokimiyati organlari faoliyati ustidan mahalliy miqyosda nazorat o`rnatishdan iborat edi.
Vakillik organlari roliga bepisandlik bilan qarash, ayrim joylarda hokimlarning xizmat vazifasini suiste`mol qilishiga sabab bo`lganligini, O`zbekiston Prezidentining nutqlaridan ko`rish mumkin, I.Karimov hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlaridan iborat mustaqil uch tizimga taqsimlash ishini amalda ro`yobga chiqarish zarurligiga katta e`tibor beradi. "Joylarda ham har qaysi bo`g`inda shu taqsimot ogishmay joriy etilmogi shart. Bu uch tizim bir-birining ishiga aralashmasdan, bir-birini nazorat qilgan xolda faoliyat olib borishiga erishish lozim".
Prezident I.Karimov nutklarida mamlakatimizda tarkib topgan davlat boshqaruv tizimi samarali ishlashi, bu tizimning xar bir bo`g`ini zimmasiga yuklatilgan vazifalari va burchlarini sidqidildan bajarishda nazorat faoliyatining ahamiyatiga alohida to`xtaladi. "Ijro hokimiyati ustidan jamoatchilik, avvalo, saylab qo`yiladigan hamda vakolatli organlar nazoratini, boshqacha aytganda, zarur vakolat berilgan xalq deputatlari amalga oshiradigan nazoratni butun choralar bilan kuchaytirish lozim, degan edi.
Bundan tashqari O`zbekiston Prezidenti mahalliy ijroiya hokimiyat organlarining boshqaruv tizimini rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida takomillashtirib borishga, yuqori malakali kadrlar bilan ta`minlash, rahbarlarning xalq oldida xisobot berib turishi kabi masalalarga diqqatni jalb qiladi. Xozirgi kunda "Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari to`grisida"gi qonun yangi taxrirda qabul qilindi. "Mahalliy davlat hokimiyati to`grisida"gi qonunning ham tahrirdagi loyihasini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Ijroiya va vakolatli hokimiyatlar o`rtasidagi siyosiy va hukuqiy muvozanatning ta`minlashda sud hokimiyati alohida ahamiyat kasb etadi. Sud sistemasining mustaqil hokimiyat sifatida rivojlanishi va takomillashtirish yo`lida mamlakatda qatta ishlar qilindi va qilinmoqda. Mustaqillik yillarida sud-hukuk tizimini erkinlashtirish va demokratlashtirish borasida muhim qadamlar ko`yildi. Buning natijasida mamlakatimizda zamonaviy demokratiya talablariga javob bera oladigan sud tizimi shakllana boshladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov o`z nutqlarida sud-huquqiy sohasiga daxldor islohotlarni o`tkazish masalalariga to`xtalib, bu islohotlarning barchasi sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta`minlashga qaratilmog`i lozim deb aytgan edi. Sobiq ittifoq vaqtida sud davlatning jazo mahkamasi sifatida faoliyat ko`rsatdi. Yurtboshimiz ta`kidlaganidek: "Bular barchasi odamlar ongiga chuqur o`rnashib qolgan. Bizning vazifamiz ushbu ko`nikmalarni, psixologiyani tubdan o`zgartirishdan iborat. Xalq sudini faqat odamlarni qoralaydigan, jazolaydigan organ deb emas, aksincha, ularning haq-huquqlarini va manfaatlarini himoya qiladigan organ, deb bilishi kerak.
Bu-o`ta muhim. yana qaytaraman, odamlar sud organlarini o`zlarining himoyachisi, adolat posboni deb bilishi kerak. Sud tizimini isloh qilish bilan bog`liq muammolar orasida sud’yalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash masalasi nihoyatda jiddiy. BMTnmng "Sud organlarining mustaqilligiga doir asosiy tamoyillar" rezolyutsiyasida shunday yozilgan: sudga tanlangan shaxslar yuksak axloq va iste`dod soxiblari, shuningdek, xuquq sohasida ma`lum tayyorgarlikka, malakaga ega bo`lmog`i lozim.
Sud tizmmini isloh qilish sohasidagi asosiy yo`nalishlarni yurtboshimiz aniq ko`rsatib berdi. Bular yuqori malakali hukukshunos mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, qonunchilik faoliyatimizdagi kamchiliklarni tanqidiy baholab bartaraf etish, qonunlarimizning mukammal va izchil bo`lishiga erishish, sud jarayonida ayblov va himoyaning amalda tengligini ta`minlash va buning uchun advokatura idoralarining mavqeini ko`tarish, jinoiy va fuqarolik ishlarni ko`ruvchi sud’yalarning ixtisoslashuvini amalga oshirish va boshqalar.
Sud bugungi kunda inson huquq va erkinliklarining ishonchli tarzda himoya qilishga qaratilgan chinakam mustaqil davlat institutiga aylanmoqda. Fuqarolarning sudga ishonchi mustahkamlanib bormoqda.
1993 yili qabul qilingan "Sudlar to`g`risida"gi birinchi Konunidayoq sud ish yuritishining, tom ma`nodagi mustaqil va faqat qonun oldida javob beruvchi sud tizimining qonuniy asoslari yaratildi. "Fuqarolarning huquqlari va erkmnliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida"gi, "Advokatura to`g`risida"gi, "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to`g`risida"gi qonunlar, fuqarolar, yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini sud orqali himoya qilishni kuchaytirishga, sud tizimini demokratlashtirishga qaratilgan boshqa qonunlar qabul qilindi. Jahon tajribasini htsobga olib, birinchi marta O`zbektston Konstitutsiyaviy sud ta`sis etildt, xo`jaltk sudlari tizimi yaratildi. 2000 yilda tahrirdagi "Sudlar to`g`risida"gi qonunning qabul qilinishi sud tizimini isloh qilishda muhim bosqich bo`ldi. Unda sud faoliyatini yanada demokratlashuvi va takomillashuvi uchun sharoit vujudga keltirildi.
Eng muhimi shundaki ushbu qonun sudning mustaqilligini ta`minlashning mustahkam mexanizmini yaratdi. Sud’yalik lavozimlariga nomzodlarni tavsiya etish, ularning vakolatlarini to`xtatish va muddatdan ilgari tugatish haqida taqdimnomalar kiritish vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzurida tuzilgan Sud’yalarni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasi zimmasiga yuklandi.
Umumiy yurisdiktsiya sudlarining ixtisoslashuvi konuniy mustahkamlandi, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha alohida sudlarni tashkil etish mexanizmi joriy kilindi. "Sudlar to`g`risida"gi yangi qonun asosida sud kadrlarini tanlash va tayinlashning samarali va demokratik huquqiy mexanizmi yaratildi. Bu mexanizm sud hokimiyatining amaldagi mustaqilligini, sud’yalik lavozimiga tayinlashda xolislikni ta`minlashga qaratilgandir. Huquqiy davlatni vujudga keltirishning bosh ommllaridan biri - mukammal qonunchilikni yaratishdir. Ana shu o`lchov boshqaruv tizimidan tortib, hayotning eng kichik sohalarigacha daxldor bo`lgan qonunlar tizimini ishlab chiqish zaruratga aylanmoqda.
O`zbekiston Prezidenti I.Karimov demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va pirovardiga etkazish borasida yangi qonunlar qabul qilish, amaldagi qonunlarni esa tanqidiy ko`z bilan baholab, ularga zamon talab qilayotgan o`zgarishlarni kiritish maqsadida katta ishlarni amalga oshirish lozimligini uqtiradi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sud tizimi bilan bir qatorda jamiyatda qonuniylikni va huquq-tartibotni ta`minlovchi tizimida joriy qilinayotgan islohotlarni tanqidiy baholab, ularni yanada chuqurlashtirish va qat`iyatlik bilan olib borish zarurligini uqtiradi.
"Bugun bizning huquqiy doktrinamiz mutlaqo yangicha, demokratik tamoyillarga asoslangan. U, eng avvalo, O`zbekiston Konstitutsiyasi talablariga ko`ra, inson huquqlarining ustivorligini ta`minlaydi. Inson himoyaning bosh sub`ekti bo`lib, uning hayoti va sog`lig`iga suiqasd qilish og`ir jinoyat hisoblanadi" - deydi I.Karimov. Mana shu doktrinaga tayangan xolda Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining oltinchi sessiyasi mamlakatimiz Prezidentk I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan "Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat,, Jinoyat-protsessual hamda Ma`muriy javobgarlik Kodekslariga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish to`g`risida" gi qonun qabul qilinishi sud-huquq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish uchun katta ahamiyatga ega bo`ldi.
yangi taxrirdagi "Prokuratura to`g`risida"gi qonun, avvalambor, qonuniylik va huquq tartibotini mustahkamlashga, Konstitutsiya va qonunlar ustivorligi tamoyilini ta`minlashga qaratilgandir.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish