Mashina grafikasi
Videoadapterlar vazifasi – monitor ekranida asliga maksimal yaqin sifatli tasvirni olishni ta’minlashdir, bu esa aks ettirilayotgan ranglar sonini ko‘paytirish; aniq va har xil tasvirlash qobiliyatini orttirish; tasvirni ekranga chiqarish tezligini tezlashtirish bilan erishiladi. Videoadapterlarning takomillashish davomida oraliq plata va standartlarning bir necha avlodi almashdi. MDA – Monochrome Display Adapter (displeyning monoxrom adapteri), CGA – Color Graphics Adapter (rangli grafika adapteri), EGA – Enhanced Graphics Adapter (yaxshilangan grafika adapteri), VGA – Video Graphics Array videostandarti eng qulay, bugungi kungacha foydalanilayotgan bo‘lib, asta-sekin SVGA (Super-VGA) standartiga o‘tdi. VGA ning birinchi platalari 262 144 rang palitrasidan 256 rangni ekranga chiqardi. Keyinchalik VGA bilan birga mos keladigan juda ko‘p platalar paydo bo‘ldi, ularda mumkin bo‘lgan rang tuslari 16,8 milliongacha etdi (True Color rejimi).
Aniq va har xil tasvirlash qobiliyati (razreshayushaya sposobnost’) ekranga chiqariladigan tasvir nuqtalari – piksellar, gorizontal va vertikal bo‘yicha piksellar soni – 640x480, 800600, 1024768, 12801024, 16001200 va undan ko‘p nuqtali rejimlar qo‘llanmoqda.
Rang tasvirlash qobiliyati (tsvetovoe razreshenie) - tasvirning har bir nuqtasi uchun xotiraning necha biti ajratilganiga bog‘liq. Piksellar rangini kodirovkalash uchun sakkiz bit ajratilganda mumkin bo‘lgan ranglar soni 256 (ikkining sakkizinchi darajasida) ta, 16 bit 65 536 rang – High Color , 24 bit 16 777 216 rang - True Color rejimida erishiladi. Zamonaviy videoadapterlar bundan ham yuqori razryadga egalar, masalan bir nuqtaga 32 bit, lekin bunda ko‘rinadigan ranglar soni ortmaydi. Qo‘shimcha razryadlarda saqlanadigan informatsiya maxsus dasturlar tomonidan grafikani aks ettirish operasiyalarini tezlashtirish uchun yoki poligrafiya mahsulotini tayyorlashda kompyuterdan foydalanilganda rangni uzatishni yaxshilash uchun foydalaniladi.
Videoxotira - videokarta ta’minlaydigan aniq va har xil tasvirlash qobiliyati va rang chuqurligi qanchalik katta bo‘lsa videoxotiraga talab shunchalik katta bo‘ladi. Videoadapter platasiga yuqori tezlikda ishlaydigan maxsus xotira mikrosxemasi joylashtiriladi. Agar videoxotira 1 Mbayt xotiraga ega bo‘lsa, uning imkoniyati maksimal rejimda 256 rangda 1024768 nuqta yoki 16,8 mln. rangda 640480 nuqta bo‘ladi. Agar 2 Mbayt bo‘lsa, True Color rejimiga 800600 nuqta tasvirlash qobiliyatida, 4 Mbayt bilan esa – 12801024 nuqtada erishiladi. Videoxotiraning namunaviy o‘lchami kompyuter vazifasiga bog‘liq. Faqat oddiy hujjatlar bilan emas balki multimediali ilovalar blan ham ishlashini ta’minlash talab etilganda videoadapter kamida 32 Mbayt xotirali bo‘lgani ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |