O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari


YOD ELEMENTINING OChILISh TARIXI VA YOD TANQISLIGI MUAMMOLARI



Download 3,62 Mb.
bet76/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

YOD ELEMENTINING OChILISh TARIXI VA YOD TANQISLIGI MUAMMOLARI
2004 yilning 24 dekabrida Belorusiyada «Jahon miqyosidagi yod tanqisligi qo’limizda» shiori ostida Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (VOZ) ning yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda quyidagi ma’lumotlar bayon etildi. VOZ ma’lumotlariga ko’ra yod tanqisligiga uchragan davlatlarning soni keyingi 10 yil ichida 2 barobarga kamaygan. «Yod bilan ta’minlanganlikning dunyodagi holati» haqidagi ma’ruzada yodli tuz bilan turli xil yo’llar bilan ta’minlashlik «Strategiya»si o’z samarasini bermoqda. Ammo hozirgi kunda esa yod tanqisligi 54ta davlatda ro’yxatga olinganligi ta’kidlangan.
VOZ bosh direktori Chon Vuk Li ma’ruzasida yod tanqisligi insonlarning sog’ligi va rivojlanishi uchun dunyo bo’yicha katta havf tug’diradi, ayniqsa bolalar va homiladarlarda. Yod tanqisligining sababi erda yod elementining kamligi natijasida ovqat moddalarida etishmaydi, organizmda esa qalqonsimon bezi faoliyatining susayishi, gormonlar ishlab chiqarishning kamayishi, organizmda turli xil patologik o’zgarishlar, o’sishning orqada qolishi, bolalarda aqliy ojizlik va boshqalarga olib keladi. Ushbu «global masala» YuNISEF tomonidan boshqarilib, hozirgi kunda dunyo bo’yicha oilalar yodlangan tuz bilan ta’minlangan. VOZ ma’lumotlariga ko’ra agarda 1993 yilda yod etishmasligi qayd etilgan davlatlarning soni 110 ta bo’lgan bo’lsa, 2003 yilda 50 tani tashkil etdi. Yod iste’mol qilishlik normadan oshib ketsa qalqonsimon bezi faoliyatida «disfunktsiya»ga olib kelishini ham hisobga olish lozim. Yod elementi haqida ilmiy ma’lumotlar olima Lyudmila Dudnik «Yod – bitmas, tugalmas boylik, aql – idrok va hayotiy qudrat elementidir» degan mavzuda quyidagilarni bayon etadi. Yod elementi dunyoda eng kam uchraydigan tuliya va lyutetsiydan ham kam miqdorda uchrashiga qaramay, erda tog’ jinslarida, hayvonot dunyosida, o’simliklarda keng tarqalgan.
Yod elementining ochilish tarixi dastavval frantsuz Gey-Lyussak va ingliz Devilar nomi bilan bog’langan bo’lsa ham 1811 yilda frantsuz Bernard-Kruta yod elementini kashf qildi: uning sevimli mushugi sulfat kislotasi solingan idishchani ag’darib yuborgach, u dengiz o’simligi solingan spirtli eritmaga tushib ikkalasi aralashgach to’q havorang, gunafsharang tutun chiqib ketdi va uni u «yod» deb nomladi, chunki bunday rangni greklar «yod» deb atashgan ekan. Yana qizig’i shundaki, qadimgi yahudiy xalqi uchun «yod - intellektual kuch simvoli» bo’lgan ekan.
XVIII asrda yod tanqisligi bo’lgan joylarda pakanalik (karlik), tug’ma aqli zaiflik, buqoq kasalliklari ko’proq uchragan. Negadir, noma’lum tushuncha holida bo’lsa ham, Napoleon Bonapard ham o’z qaramog’idagilarni muntazam ravishda «buqoq» kasalligiga tekishirtirgan. XIX asrda esa yod preparati antiseptik sifatida qo’llanishi natijasida operatsiyadan keyingi asoratlar (tish olish, amputatsiya qilish) 20% ga kamaygan. Shvetsariyalik jarroh (xirurg) T.Koxer (1883 yil) kretinizm alomatlarini (qalqonsimon bezni olib tashlagach) bemorni jismoniy, aqliy tomondan kuzatdi. Ammo unga axamiyat bermadi, toki Bauman tomonidan buqoq bezi tarkibida yod borligi aniqlanganiga qadar. Buqoq bezining gormoni tarkibida 65% yod bo’lgani holda u organizmda moddalar almashinuviga javob beradi: oqsil, yog’, karbonsuvlarning sarflanishini boshqaradi, bosh miya va nerv tizimi, sut bezi va jinsiy bezlar faoliyatlarini tartibga soladi, organizmning o’sishi va rivojlanishini aniqlaydi. Shuning uchun ham yod etishmasligi natijasida, buqoq bezi kasalligida: o’sishning orqada qolishi, menstrual (hayz)ning buzilishi, ojizlik, buqoq alomatlari, charchashlik, bo’shashishlik, uyquchanlik, eslash qobiliyatining pasayishi, jizzakilik, hovliqishlik, terining quruqligi, sochning to’kilishi kabilar kuzatiladi. Bunday holatlarda albatta endokrinolog qabuliga shoshilish kerak.

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish