O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/103
Sana30.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#595729
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103
Bog'liq
2. YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA. Majmua. O.N. Imomov

 
2. Gipofiz bezi 
Gipofiz yoki pastki miya ortig’i kalla suyagining turk egari sohasida, 
miyaning asosida joylashgan (2-rasm) va oyoqcha (voronka) yordamida miya bilan 
tutashgan toq ichki sekretsiya bezidir. Bu bez ustki tomondan biriktiruvchi 
to’qimadan iborat kapsula bilan o’ralgan. Odamda 0,5 - 0,6 grni tashkil qiladi, bu 
bez uch qismdan: oldingi (adenogipofiz), oraliq va orqa qism (neyrogipofiz)dan 
tashkil topgan.
Yangi tug’ilgan bolada gipofiz noksimon shaklida bo’lib, o’rtacha og’irligi 
0,12g. Uning o’lchamlari bo’yiga 5,7-7,5 mm, ko’ndalangiga 7,9-8,5 mm va 
balandligi 4-4,9 mm. Gipofiz bola hayotining ikkinchi yilida, 4-5 va 11-12 
yoshlarda tez o’sadi. Bola 10 yoshga to’lganida uning og’irligi ikki marta, 15 yoshda 
esa uch marta oshadi. 20 yoshda u eng katta og’irlikka (530-560 mg) ega. Hamma 
yoshda gipofizning o’lchamlari va og’irligi ayollarda kattaroq bo’ladi. Gipofizning
faoliyati homila davrida boshlangan bo’lib, bu davrida u boshqa endokrin bezlarga 
ta’sir qiluvchi gormonlar ishlab chiqara boshlaydi.
Gipofiz hujayralarining xili organizmning holati va boshqa ko’pgina omillar 
ta’sirida o’zgarib turadi. Adenogipofiz ichki uyqu arteriyasidagi nerv tuguni va 
gipotalamusdan nerv tolalarini oladi (innervatsiyalanadi). Ko’pgina fiziologik 
tekshirishlar adenogipofizga parasimpatik nerv tizimi ham ta’sir qilib turishini 
ko’rsatadi. Neyrogipofiz gipotalamusdan suprooptik - gipofizar, paraventrikulyar - 
gipofizar, tubero - gipofizar yo’llar orqali nerv tolalari o’tadi. 
2-rasm.
Gipofiz bezining joylashuvi 


110 
Gipofiz organizmning turli funksiyalarini boshqarishda ishtirok etadi. Shu 
bilan birga boshqa ichki sekretsiya bezlarining faoliyatiga ham o’zining tegishli 
gormonlari bilan faol ta’sir ko’rsatadi.
Gipofiz gipotalamus bilan chambarchas bog’langan bo’lib, gipotalamo-
gipofizar tizimni tashkil qiladi (3-rasm). Gipofizning oldingi qismi - adenogipofiz 
uch xil: asidofil, bazofil va xromotob bez hujayralari borligi gistolik tekshirishlarda 
topilgan. 
3-rasm.
Gipofiz bezidan ajraluvchi gormonlar
 
Asidofil hujayralardan somatotrop yoki o’sish gormoni va prolaktin ishlab 
chiqadi. Oldingi bo’lakning hamma gormonlari oqsil moddalar bo’lib, organizmning 
o’sib rivojlanishini, bir qator ichki sekretsiya bezlarining faoliyatini, moddalar 
almashinuvi va ko’payish jarayonlarini, boshqarishda ishtirok etadi. Gipofizning 
oldingi qismi olinib tashlanganida, kasallik tufayli faoliyati susayganida, 
organizmda turli xil o’zgarishlar kuzatiladi. Jumladan, yosh hayvonlar o’smay 
qoladi, jinsiy bezlarining rivojlanishi susayadi, organizmning umumiy quvvati 
pasayib, moddalar almashinuvi buziladi, junlarning o’sishi susayadi.
Gipofizning oldingi qismi gipotalamus bilan chambarchas bog’liqdir. 
Gipotalamusni elektr toki bilan ta’sirlanishi gipofiz oldingi qismidan ko’proq 
gormonlar qonga chiqishiga sabab bo’ladi. Tiroksin gormonining ko’proq ishlanib, 
qonga chiqarilishi esa gipofiz oldingi qismi gormonlarining ajralishiga to’sqinlik 
qiladi. Bu gormonlarning ajralishiga yorug’lik ijobiy ta’sir ko’rsatadi, degan 
ma’lumotlar bor. Masalan, parandalarni kechasi yaxshi yoritilgan xonaga kiritish 
gipofizdan gonadotrop gormonlar ko’proq ajralib qoniga o’tishiga sabab bo’ladi. 
Gipofiz oldingi qismidan ajralib chiqadigan gormonlardan somatotrop gormon yoki 
somatotropin (STg) o’sish va rivojlanish jarayonlarining boshqarilishida ishtirok 
etadi. Bu gormon sut emuzuvchi hayvonlarning gipofizidan toza holatda ajratib 
olingan. Turli hayvonlarning somatotrop gormoni tarkibidagi aminokislotalar soni, 
molekulalari og’irligi va boshqa bir qator fizik-kimyoviy xususiyatlari jihatidan bir-


111 
biridan farq qiladi. Somatotrop gormon hujayralar bo’linishi, oqsillarning 
sintezlanishini tezlashtiradi va organizm to’qimasining miqdor jihatdan 
ko’payishiga sabab bo’ladi. Uning ta’sirida azot 
muvozanati
musbat bo’lib qoladi. 
Energetik ehtiyoj o’sishi tufayli yog’ kamayadi. Bu gormon tog’ay to’qimasiga, 
ayniqsa, kuchli ta’sir ko’rsatadi, naysimon suyaklarning uzunasiga o’sishi va 
suyaklashishini tezlashtiradi. Somatotrop gormon uglevod almashinuviga, ichki 
organlarning o’sib rivojlanishiga faol ta’sir ko’rsatadi. Bu gormon bolalarda zo’r 
berib ishlanib chiqadigan bo’lsa, gigantizm avj oladi, ya’ni bola juda o’sib, 
odatdagisidan katta bo’lib ketadi. Katta yoshdagi odamlarda esa somatotropinning 
ortiqcha ishlanishi akromegaliya kasalligiga sabab bo’ladi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish