O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/103
Sana30.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#595729
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103
Bog'liq
2. YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA. Majmua. O.N. Imomov

 
Tayanch so’zlar: 
gormon,
 
gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, me’da osti bezi, 
jinsiy bezlar.
 
1. Ichki sekretsiya bezlari va gormonlar haqida umumiy tushuncha. 
Ichki sekretsiya bezlari, ya’ni endokrin bezlar deyilganda mustaqil chiqaruv 
yo’llari bo’lmagan bezlar tushuniladi. Shu sababli bu bezlar o’zida hosil bo’ladigan 
oz miqdordagi biologik faol moddalarni bevosita qonga, limfaga yoki to’qima oraliq 
suyuqligiga ajratadi. Shu bilan birga, ba’zi organ yoki hujayralar guruhi ham ichki 
sekretsiya bezlari qatoriga kiradi. Organizmning boshqa organlari singari ichki 
sekretsiya bezlari ham hayvonlarda evolyutsion taraqqiyotning ma’lum bosqichida, 
jumladan, qurtlar va yumshoq tanalilardayoq paydo bo’lgan va asta-sekin rivojlanib, 
takomillashgan, bu bezlar umurtqali hayvonlarda yuksak darajada taraqqiy qilgan. 
Umurtqali hayvonlarning ichki sekretsiya bezlari quyidagilardir: gipofiz, 
qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezchalari, me’da osti bezining orolcha 


106 
apparati, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar, plasenta, epifiz, ayrisimon (timus) bez, 
GEP tizim, gipotalamus. Insonda ham ushbu bezlarning barchasi mavjud (1-rasm) 
Bulardan tashqari, organizmdagi turli organlarning maxsus hujayralari ham har xil 
biologik faol moddalarni ajratadilar. Ichki sekretsiya bezlaridan ishlanib chiqadigan 
mahsulotlar, ulardan ajraladigan suyuqliklarga - 
gormonlar
(horman - 
qo’zg’ataman) deyiladi. Gormonlar qonga yoki boshqa suyuqliklarga 
chiqarilgandan so’ng, ular bilan organizmning xilma-xil organ va to’qimalariga 
tarqaladi hamda tegishli organ yoki to’qimalardagi hayotiy jarayonlarining belgili 
tomonlariga ta’sir qilib, ular faoliyatini o’zgartiradi. Gormonlar ta’siri uch xil 
yo’nalishda amalga oshadi:
Birinchidan
, ularning ba’zilari to’qimalardagi moddalar almashinuviga ta’sir 
ko’rsatsa,
Ikkinchidan
, organizmning shakllanishiga, metamorfozga, to’qima va 
organlar ixtisoslashishining jadallashtiruviga ta’sir ko’satadi.
Uchinchi
xillari esa, organlar yohud organizm faoliyatini o’zgartiradi. 
Masalan, buyrak usti bezidan ishlanib chiqiladigan adrenalin gormoni, me’da osti 
bezining insulin va glyukogen gormonlari organizmda uglevod almashinuviga, 
uning boshqarilishiga faol ta’sir ko’rsatadi. Qalqonsimon bez gormoni esa 
organizmda organik moddalarni parchalanishini jadallashtiradi.
Bu bezning gormoni metamorfozga ham faol ta’sir ko’rsatadi. Uning bu 
xususiyatini ayniqsa, baqalarda yaxshi kuzatsa bo’ladi. Adrenalinning yurak ishini 
tezlashtirish, 
vazopressinning
(gipofizdan ishlanib chiqadigan gormon) qon 
tomirlarini toraytirishi gormonlarning organlar faoliyatini o’zgartirishiga ularning 
ishini boshqarishiga misol bo’la oladi va hakozo.
Demak, endokrin bezlar nerv tizimi bilan hamkorlikda organizm 
funksiyalarini boshqarishda (regulyatsiya qilishda) ishtirok etadi. Bu jarayonda nerv 
tizimi yetakchi o’rinni egallaydi. Shunday bo’lsada, funksiyalarning gormonlar yoki 
boshqa biologik faol moddalar bilan, ya’ni gumoral yo’l bilan boshqarilishi 
nihoyatda muhim.
Gormonlar bir qancha o’ziga xos xususiyatlarga ega va shu jihatdan nerv 
impulslaridan farq qiladi. Jumladan, qanday bo’lmasin ma’lum bir gormon 
organizmdagi muayyan organ faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi va unda tegishli 
o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Gormonlar tegishli bezlarda uzluksiz ravishda hosil 
bo’lib, tegishli organlarda uzluksiz parchalanib turadi.
Gormonlar bevosita qonga yoki boshqa suyuqliklarga chiqariladigan bo’lgani 
uchun ular organizmning barcha organ va to’qimalariga etib boradi va shu tariqa 
hosil bo’lgan joydan ancha uzoqdagi organ va to’qimalar faoliyatiga ham ta’sir 
ko’rsata oladi. Biroq, ayrim organlardagi maxsus hujayralarda hosil bo’ladigan 
gormonsimon moddalar "hujayra gormonlari" boshqa organlarga o’tmaydi. Shu 
sababli ular hosil bo’lgan joydagina o’z ta’sirini namoyon qiladi. Bunday "hujayra 
gormonlari"dan tashqari "to’qima gormonlari" ham bor. Ular organizmning belgili 
qismlarida, muayyan to’qimalarda hosil bo’ladi va hosil bo’lish jarayonida qo’shni 
to’qimalarga sizilib o’tib turadi, shunday qilib, bir muncha mahalliy ta’sir ko’rsatadi.


107 
Gormonlar organizmning irsiy belgilariga, xromosomalariga ham ta’sir 
ko’rsatadi, degan ma’lumotlar bor. Estrogenlar, testosteronlar, kortizon, 
somatotropin, insulin va boshqalar oqsil biosintezining boshqarilishida va u orqali 
irsiy belgilarning nasldan-naslga o’tishida ishtirok etadi. Jumladan, bu gormonlar, 
xromosomalardagi DNKga ta’sir ko’rsatib, uning tegishli qismlarini maxsus oqsil, 
qoplovchi modda-gistonlardan xalos bo’lishiga yordam beradi. Informasion 
RNKning har bir yangi molekulasi faqatgina DNKning o’sha gistonlardan xalos 
bo’lgan qismidagina hosil bo’ladi. Informatsion RNK esa oqsil biosintezini, demak, 
irsiy xususiyatlarini belgilaydi. Shu tariqa gormonlar organizmning irsiy 
xususiyatlariga ta’sir ko’rsatadi. Organizmdagi barcha endokrin bezlar funksional 
jihatdan bir-biriga juda aloqador, ular nerv tizimi faoliyati bilan ham mahkam 
bog’langan. Ichki sekretsiya bezlari nerv tizimining eng yaqin hamkori sifatida 
organizmdagi barcha jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etgani bilan, o’zining 
faoliyati ham neyrogumoral ravishda boshqariladi va organizmning uzluksiz 
o’zgarib turgan ehtiyojiga moslanib boradi. Markaziy nerv tizimi, birinchi navbatda, 
gipotalamus va undagi tegishli yadrolar organizmdagi turli organlarning holati, 
to’qimalardagi tegishli moddalarning miqdori to’g’risida muntazam ravishda 
axborot olib turadi. Zaruriyatga qarab gipotalamus yadrolari gipofizga nerv 
impulslari yuboradi va u orqali ko’pchilik endokrin bezlar faoliyatiga ta’sir 
ko’rsatadi. Gipotalamus bilan gipofiz bir-biriga shu qadar bog’liqki, gipofizning bez 
qismi boshdan-oyoq nerv to’qimalaridan tuzilgan va gipotalamusning ajralmas 
qismi sifatida ishlaydi. Gipofiz esa, o’z navbatida, organizmdagi ichki sekretsiya 
bezlarining eng asosiy, "rahnamosi" hisoblanadi. Jumladan, uning oldingi qismidan 
ajraladigan gormonlar qalqonsimon bez, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari va boshqa 
bezlarning faoliyatiga faol ta’sir ko’rsatadi. Gipotalamusdan tashqari markaziy nerv 
tizimining boshqa qismlari va hatto bosh miya yarim sharining po’stlog’i ham ichki 
sekretsiya bezlari faoliyatining boshqarilishida ishtirok etadi. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish