O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/103
Sana30.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#595729
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103
Bog'liq
2. YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA. Majmua. O.N. Imomov

 
1.
 
Fanning predmeti va rivojlanish tarixi
Bolalar va o‘smirlar fiziologiyasi so‘zi yunoncha “physis” tabiat, “logos” 
ta’limot so‘zlaridan iborat bo‘lib, u hayot jarayonida hujayra, to‘qima, a’zo, tizim 
va butun organizmda bo‘lib o‘tadigan funksiyalar va jarayonlarni o‘rganuvchi 
fandir.
Ilmiy taraqqiyot va fanlarning doimiy differensiatsiyasi natijasida hozirgi 
kunda fiziologiya fani murakkab kompleksni tashkil qilib, u umumiy fiziologiya, 
evolyutsion fiziologiya, me’yoriy va patologik fiziologiya, mehnat fiziologiyasi, 
bolalar va o‘smirlar fiziologiyasi va boshqa bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Fiziologiya fani – a’zolar, tizimlar va butun organizmning funksiyalarini 
hamda shu funksiyalarning rivojlanish qonuniyatlarini, boshqarilishini o‘rganadi.
Bolalar va o‘smirlar fiziologiyasi – odam fiziologiyasining bir tarmog‘i 
bo‘lib, o‘sib borayotgan organizmda tug‘ilishdan boshlab balog‘atga yetguncha 


24 
bo‘ladigan hayotiy funksiyalarni o‘rganadi. Bu fan organizm, uning a’zo va 
tizimlarini individual rivojlanish qonuniyatlarini ontogenezning turli davrlariga 
taqqoslab o‘rganadi.
“Ontogenez” so‘zi yunoncha “onto” individ va “genesis” rivojlanish so‘zlaridan 
olingan bo‘lib, organizmning urug‘lanishidan to hayotining oxirgi kunlarigacha 
bo‘lgan davrni, umumiy qilib aytganda, organizmning individual rivojlanishini 
bildiradi. Ontogenez davomida tuxum hujayra urug‘lanadi, bo‘linib ko‘payadi, 
to‘qimalar hosil bo‘ladi, to‘qimalardan a’zolar va a’zolardan tizimlar hosil bo‘ladi, 
tizimlar birlashib, organizm shakllanadi va vaqti kelib tug‘ilish jarayoni ro‘y beradi, 
organizm voyaga yetadi, ko‘payadi, qariydi va oxiri o‘lim yuz beradi.
 
2. O‘sish va rivojlanish haqida tushuncha. 
Individual rivojlanish qonuniyatlariga doimiy o‘sish va rivojlanish, o‘sish va 
rivojlanish geteroxroniyasi hamda rivojlanish akseleratsiyasi va retardatsiya 
holatlari kiradi.
O‘sish va rivojlanish.O‘sish va rivojlanish jarayonlari organizmning 
umumbiologik xossasi bo‘lib, u tuxum hujayrasining urug‘lanishidan boshlanadi va 
har bir organizm hayotining oxirigacha saqlanib qoladi.
O‘sish deb, organizmdagi miqdor o‘zgarishlariga aytiladi, ya’ni hujayralar 
sonining ko‘payishi, a’zolar massasining ortishi va h.k. Rivojlanish esa sifat 
ko‘rsatkich bo‘lib, asosan funksiyalarning o‘zgarishi bilan ifodalanadi. Rivojlanish 
uch xil, ya’ni jismoniy, aqliy va jinsiy bo‘ladi.
Rivojlanish jarayonida organizmda ham miqdor, ham sifat o‘zgarishlari bo‘lib 
o‘tadi. Bunday o‘zgarishlar tufayli organizm o‘sgan sari murakkablashib boradi. 
Rivojlanish jarayoni o‘z ichiga uchta asosiy omilni oladi, bular o‘sish, a’zo va 
to‘qimalarning differensiallanishi hamda to‘qima, a’zo, organizm shakllarining 
hosil bo‘lishi. Bu omillar bir-biriga uzviy bog‘langan bo‘lib, ular bir-biridan ajralgan 
holda shakllana olmaydi. Rivojlanishning asosiy fiziologik xususiyatlaridan biri 
o‘sish jarayonidir. O‘sish, asosan, yosh organizmga xos xususiyat bo‘lib, unda 
hujayralar son va sifat jihatdan o‘zgarib boradi. Ba’zi a’zolarda hujayralar soni 
ko‘paysa (masalan suyak, o‘pka to‘qimalari), ba’zilarida esa hujayralar soni 
o‘zgarmasdan, ularning hajmi kattalashib boradi (masalan muskul, nerv 
to‘qimalarida).


25 
1 - rasm 
O‘sish va rivojlanish geteroxroniyasi 
Yosh organizm o‘sib va rivojlanib boradi. Endi tug‘ilgan chaqaloq vazni o‘rta 
hisobda 3,5 kg. ni tashkil etadi. Bir yoshga borib uning vazni 10 kg atrofida bo‘ladi, 
ya’ni vazn taxminan 3 barobar ko‘payadi. Bir yoshgacha bolalar tez o‘sadi, ikkinchi 
yili o‘sish sur’ati kamayadi, ammo unda sifat o‘zgarishlari paydo bo‘la boshlaydi – 
u yurishga harakat qiladi, so‘z boyligini orttirib boradi. Ko‘rinib turibdiki, o‘sish va 
rivojlanish bir tekisda bormaydi.
Homila tug‘ilishi arafasida yurak qon tomirlari, ovqat hazm qilish, ayirish, 
nafas olish tizimlarining tuzilishi va funksional jihatdan shakllanishi yetilgan 
bo‘ladi. Qolgan tizimlar (termoregulyatsiya, jinsiy tizim va boshqalar) esa 
tug‘ilgandan so‘ng ketma-ket yetilib boradi. Bolalarda 4 yoshdan 7 yoshgacha o‘sish 
jarayoni kuchayib, rivojlanish jarayoni susayadi. 6-7 yoshda ba’zi bolalarda o‘sish 
sezilarli darajada kuchayadi va bu bolalarni tengdoshlaridan bo‘yi baland bo‘ladi. 
Bunday holatga, ya’ni a’zolar tizimining bir xil me’yorda rivojlanmasligiga o‘sish 
va rivojlanishning geteroxroniyasi deyiladi. Ontogenez davomida organizmdagi 
a’zo va tizimlar asta-sekin shakllanadi va ularning to‘liq shakllanishi hayotning har 
xil davrlariga to‘g‘ri keladi. Bunday geteroxronik holdagi shakllanish organizmni 
turli sharoitlarga moslanishiga yordam beradi.
2 – rasm 
Embrional rivojlanish davrlari 


26 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish