Gormonlar ularning vazifalari va ahamiyati



Download 31,5 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi31,5 Kb.
#350890
Bog'liq
Gormonlar ularning vazifalari va ahamiyati


Gormonlar ularning vazifalari va ahamiyati.

Gormonlar (yun. hormanino — qo’zg’ataman) — ichki sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va to’qima suyuqligiga o’tadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli a’zo hamda to’qimalarning faoliyatini boshqaradi. Ba’zilari muayyan a’zolarga, mas, tireotrop gormon asosan qalqonsimon bezta, adrenokortikotrop gormon (AKTG) buyrak usti bezlarining po’stloq qavatiga, estrogenlar bachadonga ta’sir etadi va h.k. Boshqalari (qalqonsimon bez G.i, kortikosteroidlar, o’sish gormoni va b.) organizmning hamma to’qimalariga (umumiy) ta’sir ko’rsatadi. G.ning o’ziga xos ta’sir etishi turlicha kimyoviy tuzilganligiga bog’liq; mas, insulin uglevodlar almashinuviga ta’sir etadi, testosteron va b. androgenlar assimilyatsiya jarayonlarini kuchaytiradi, organizmda azot to’planishiga sabab bo’ladi, glyukokortikoidlar moddalar almashinuvini o’zgartirib, jigarda glikogen hosil bo’lishini, ayniqsa biriktiruvchi va limfoid to’qimada oqsillarning parchalanishini, estrogenlar bachadonda fosfolipidlar bilan oqsil sintez bo’lishini kuchaytiradi, o’sish gormoni (somatotrop G.) yog’, fosfor va kalsiy almashinuviga ta’sir etadi. G. hujayraning genetik apparatini stimullash, fermentlarni faollashtirish va fermentativ reaksiyalar tezligini o’zgartirish yo’li bilan moddalar almashinuviga ta’sir ko’rsatadi. Ular oqsilning tuzilishini belgilab beradigan informatsion ribonuklein kislotasining hosil bo’lishini kuchaytirib, oqsillar biosinteziga ta’sir etadi. O’sish va jinsiy G. organizmning o’sishini, balog’atga yetishini boshqaradi. Zarur paytda organizm imkoniyatlari G. ishtirokida safarbar qilinadi. Mas, xavf-xatar taxdid qilganda va shu munosabat bilan muskullarga zo’r kelganda adrenalin ko’proq chiqib, qondagi glyukozani ko’paytiradi, yurak va miyaga qon borishini kuchaytiradi; organizmga zararli ta’sir ortganda AKTG ko’proq chiqadi. Organizm normal yashab, ishlab turishi uchun G. ehtiyojga yarasha ishlanib chiqishi kerak. Nerv, gumoral va gormonal omillar o’zaro ta’sir etib, shunga yordam beradi. Ba’zan nerv sistemasi ichki sekreksiya bezlari bilan bevosita bog’lanadi. Korin nervi ta’sirlanganda buyrak usti bezlarining mag’iz qavatidan adrenalinning ko’plab chiqishi shundan dalolat beradi. Ba’zan qo’zg’alish nerv tolalari orqali gipotalamusa boradi, bu yerda rilizing gormonlar (gipofiz G.ni ajratuvchi omillar) degan moddalar hosil bo’ladi, shu moddalar gipofizga kirib, gipofizar (trop) G.ning qo’shimcha chiqishiga sabab bo’ladi, bular esa periferiyadagi ichki sekreksiya bezidan G. chiqishini kuchaytiradi. Organizmda kandaydir biror sabab bilan G. ko’payib ketsa, gipotalamusdan rilizing gormon chiqishi to’xtaydi, natijada gipofiz tegishli trop G.ni kamroq chiqaradi, shundan keyin periferiyadagi ichki sekresiya bezidan G. chiqishi ham kamayadi. Qonda biror G. kamayib ketsa (mas, to’qimalarda G. tez parchalanganda) rilizing G. chiqishi kuchayadi, gipofiz trop G.ni ko’proq ishlaydi, shundan keyin periferik bez G.ni ortiqroq ishlab chiqaradi. Gipotalamusda gipofizning ba’zi G.ini ingibirlovchi neyrogormonlar (prolaktostatin, melanostatin, samotostatin) ham ishlab chikariladi. Ular ta’sirida tegishli gipofiz G.ining hosil bo’lishi kamayadi. Qondagi G. miqsori o’z-o’zidan ham boshqariladi. Mas, glyukoza ko’payib ketganda u glikogenning parchalanishini tezlatib, glyukoza miqdorini orttiruvchi adrenalin konsentratsiyasini kamaytiradi. Organizmda natriy tuzlari yetishmasa, buyrak usti bezlarining po’stloq qavatidan aldosteron chiqishi kuchayadi, natijada buyrak kanalchalarida natriy tuzlari ko’proq qayta so’rilib, organizmda ushlanib qoladi. Demak, G. ma’lum miqdorda ishlanib chiqib, moddalar almashinuvini va organizmning boshqa funksiyalarini ta’minlaydi.

Jinsiy gormonlar - odam va umurtqali hayvonlar jinsiy bezlarida ishlanadigan biologik faol moddalar. Birlamchi jinsiy belgilar (gonadalardan tashqari) va ikkilamchi jinsiy belgilar namoyon bo’lishini ta’minlaydi. J. g . kimyoviy tuzilishiga ko’ra, steroidlar va polipeptidlarga ajratiladi. Steroid gormonlar androgenlar, estrogenlar va progestinlar (gestagenlar)ga bo’linadi.



Erkaklar jinsiy gormonlari — androgenlar urug’donning ma’lum hujayralarida sintezlanadi; molekulasi 19 uglerod atomidan iborat. Eng asosiysi — testosteron. Ayollar jinsiy gormonlari — estrad iol , estron tuxumdon follikulalarida ishlab chiqariladi, ular 18 uglerod atomidan tuzilgan; progestinlar tuxumdonning sariqtanasida va b. struktur elementlarda sintezlanadi. Molekulasi 21 uglerod atomidan tashkil topgan. Eng asosiysi — progesteron. J. g . buyrakning mag’iz qavatida, homiladorlikda esa platsentada ham ishlanadi. J. g . organizmning erkaklik yoki urg’ochilik harakterini belgilaydi. Organizm balog’atga yetishi davrida J. g . jinsiy hisni shakllantirish hamda markaziy nerv sistemasini faollashtirish funksiyasini bajaradi. Estrogen va gestagen gormonlarning o’zaro ta’siri tufayli otalangan urug’ hujayra bachadonga o’rnashib (q. Implantatsiya), xomiladorlik va tug’ruqning maromida kechishini ta’minlaydi. Bevosita tuxumdonda sariq tanada, shuningdek, bachadon va b. a’zolarda hosil bo’ladigan oqsil tabiatli J. g .dan relaksin (homiladorlikni saqlaydi, bachadon tonusini susaytiradi hamda chanoq suyagi bo’g’imlari boylamini bo’shashtiradi); urug’don, urug’ kanalchalari va tuxumdon follikulalarida yetiladigan ingibin (gipofizda follikulni stimullovchi gormon ajralishini boshqaradi) muhim ahamiyatga ega. J. g . tibbiyotda endokrin, akusher-ginekologik kasalliklarni davolash hamda ko’krak bezi, prostata bezida xavfli o’smalar hosil bo’lishi jarayonining oldini olish maqsadida qo’llaniladi.

Adabiyotlar


  • O’zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

  • Turakulov Ya. X., Tireoidnie gormoni, T., 1972:

  • Reznikov A. G., Polovie gormoni i differensiatsiya mozga, Kiyev, 1982;

  • Korn ye va Ye. A., Gormoni i immunnaya sistema, L., 1988;

  • Konoplya Ye. F., Membrannie mexanizmi gormonalnoy regulyatsii. Minsk, 1991.

Zoirxoʻja Akbarov.
Download 31,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish