Eposning oʻrta janrlari.
Qissa (arabcha so’z bo’lib, “voqeiy hodisa yoki afsonalar bayon qilingan epik asar;sujetning murakkabligi jihatidan romandan ko’ra soddaroq badiiy asar”) – eng qadimgi janrlaridan biri bo’lib, unda, asosan, ishqiy mazmun yetakchilik qiladi. Ayniqsa,“muayyan payg’ambar yoki avliyo, dono shaxs yoki tengsiz pahlavonlar obrazlarining ibratomuz xatti- harakatlari misolida butun xalqning tarixini idiallashtirib ko’rsatish”
qissalarning mohiyatini tashkil qiladi. Bularga “Ibrohim Adham qissasi”, “Amiri Axtam qissasi”, “Bobo Ravshan qissasi”, “Qissasi Rabg’uziy”, “Hazrati Ali haqida o’n to’rt qissa” kabi qissalar misol bo’la oladi.
Povest (ruscha so’z bo’lib, hikoya, rivoyat qilish demakdir) ning asosiy belgisi, unda “hayotiy qamrovning romanga nisbatan torligi, hikoyaga nisbatan kengligi; shunga muvofiq sujet va kompozitsiyaning ham romanga nisbatan soddaligi, hikoyaga nisbatan murakkabligi hisoblanadi. “Romanda olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi” bo’lishi shart
bo’lsa, bu hodisaning bir qismi(parchasi)ning bir- ikki qahramon taqdiri misolida yechilishi povest uchun yetarlidir. Shu sababli V.Belinskiy: “ Povest ham ayni romanning o’zginasidir, faqat kichik hajmdadir, asarning hajmi mazmunning hajmi va mohiyatiga qarab belgilanadi”, - degan edi. G’.G’ulomning “Yodgor” , “Shum bola”, S.Ayniyning “Sud-
xo’rning o’limi”, A.Qahhorning “Sinchalak”, O’.Hoshimovning “Dunyoning ishlari”,Ne’mat Aminovning “Bir asr hikoyati” povest janrining yetuk namunalari sanaladi.
Poema (yunoncha “poiema” – ijod)da hayot va odamlar qalbi epik (voqea) va lirik(kechinma,tuyg’u) tarzda kashf etiladi. Poemada epik va lirika birlashgan holda, yaxlit liro-epik oqimni vujudga keltirib, hayotiy voqea- hodisalarning va qahramon xarakteridagi kuchning ruhi (qalbi)ni ochadi, tahlil qiladi, hayajonli ifodalaydi. Poema – lirik, epik, liro-epik, dramatik bo’lishidan qat’iy nazar, ularning barchasida hayot(davr)ning epik qiyofasi shoir shaxsiyati (lirik qahramon) qalbi orqali ochiladi; voqea hukmronlik qiladi, uning hukmiga asosan qalb qo’shig’ini kuylaydi. Lekin bu qo’shiq doston janriga nisbatan nisbatan ixcham, anchayin kichik, ayni paytda, o’ta real, o’ta lirikdir.
“Zaynab va Omon” (Hamid Olimjon), “Toshkentnoma” (Maqsud Shayxzoda), “Surat”(Mirtemir), “Ruhlar isyoni”(Erkin Vohidov) “Jannatgayo’l” (Abdulla Oripov), “Xalil Sulton(Usmon Azim) kabi janrlar poema janrini o’zida jamlagan.
Eposning kichik janrlari.
Ballada (grek. “balare” so’zidan fran. “baler” so’zi kelib chiqqan, ma’nosi: 1. tovushga taqlid qilish, masalan ma’rash, 2. raqs tushish) janridagi bosh xislat-kutilmagan sujet (voqea)ning kutilmagan final (xotima) bilan tugashiga, qahramon qalb kechinmalari va ruhiyatning dramatik izhoriga bag’ishlangan asardir; undagi bu ikki (epik va lirik ) holat-davr va qalb dramasi kashfi birlashib, qalb faryodi izhoriga aylanganda ballada tug’iladi. Unda epik tasvir (yetakchi) va lirik tasvir (ichki tug’yon; ikkilamchi) nisbati buzilmasligi, lirizm voqeaning ichida yashashi lozimligi shart. Bu epik turning bosh qonuniyatidir.
Masal (arabcha – namuna) voqealikni allegoric (kinoyaviy) va simvolik (ramziy) obrazlar yordamida ifodalovchi, real turmush va odamlarning ko’rinishlari, xarakter qirralarini kinoya, kesatish, kulgu, g’azab kabi xususiyatlar vositasida ochuvchi epik janrdir. Masal janrining asoschisi Ezop bo’lgani sabab, u “Ezop” nomi bilan ham yuritiladi: masal tili –
Ezop tili kabi . Ezopdan keyin bu janrni Lafonten (fransuz), Krilov (rus), Gulxaniy (o’zbek) lar yangi bosqichga ko’tardilar.Masal, ko’pincha, voqealik va odamlar to’g’risidagi haqiqatni ochiqchasiga aytishning imkoniyati yo’q paytlar ko’plab yaratiladi va ramzli tarzda (pardali qilib) bu haqiqatlarga ishora etiladi.
Latifa (arabcha – nozik, yoqimli, zarif) xalqning o’tkir mushohadasi asosida qurilgan yoqimli va nozik kulgili eng kichik va nodir “hikoya” (“zarifa”, “ajiba”) sidir. Unda eng qisqa shakldagi qiziq voqeaning bir epizodi nasriy yo’lda kulgili qilib aytiladi, epizod qiziqarli umumlashmagan, muhim fikrga, yorqin ifodaga boy bo’ladi. Bu xususiyati topqirlik va mahorat bilan yaratilgan bo’lsa, kishi xotirasida uzoq saqlanadi. Ayni paytda og’izdan o’g’izga tez o’tib, yanada sayqallashadi.Latifaning eng muhim xususiyatlaridan yana biri undagi konfliktning ikki (ijobiy va salbiy) qutbliligidadir, uning yorqin, bo’rtib ko’rinishidir; “boshqacha bo’lishi mumkin”,degan tushunchaga o’rin qoldirmasligidadir.Uning yaqqol misolida gabrovoliklar (Bulg’oriya), shildaliklar(Olmoniya), qazvinliklar (Eron), shirinilar (Buxoro), oltiariqliklar
(Farg’ona), xonqalilar(Xorazm) laatifalarida yaqqol ko’rish mumkin.
"Ziqna Shirin koʻk choy ichib,ishkomning soyasida yonboshlab yotgan edi,kimdir radiodan aytib qoldiki,har qaysi atom bombaning bir necha million soʻm turadi!
E-e Xudo!-deb yubordi Shirini falakka koʻz tikkancha.-Axir,seni saxovatli deydilar-ku! Agar shunday boʻlsa,chindan bor boʻlsang,bir hikmat qil:shu bombaning aslidan bizning chorqboqqa ham bittagina tashla, shunda kun koʻrib,odamg oʻxshab yashay!"2
Latifaning eng kichik ko’rinishi matbuotda “xanda” nomi bilan yuritiladi. Xandalar biron- bir epizodning “qaymog’ini” – mohiyatini birdaniga kulmanatsion cho’qqiga chiqaradi va dialogik nutq vositasida uni kulgili tarzda yechimga olib keladi.Jumladan,"Folbin mijoziga fil ichyapti:
-Ellik yoshgacha pulsizlikdan qiynalasan.
-Keyin-chi?
-Keyin-chi?..Koʻnikib ketasan".
Hikoya (arabcha so’;z bo’lib, ma’nosi: 1.Biror narsaning og’zaki bayoni, tafsiloti;
2.Nasriy yo’l bilan yozilgan kichikroq badiiy asar ) – Izzat Sultonning asosli ta’kidlashicha , latifa mazmuniga kirgan voqeadan kattaroq, ammo povestga mazmun beruvchi voqeadan kichikroq sarguzashtni, ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvirlaydi.
Novella janri inson hayotining tipik bir lahzasini tasvirlagani uchun, shu lahzani shunchalik yorqin ifodalashi kerakki, unda hamma so’zlar badiiy “yuk” tushishi, “so’z isrofgarchiligiga sabab bo’ladigan ortiqcha detallar ham bo’lmasligi lozim. Bunga A.Qodiriyning “O’qish – o’rganish” maqolasida A.P. Cexovning “Chinovnikning o’limi” nomli hikoyasi misolida ko’rish mumkin.U yozadi: Hikoyani sersuv(koʻp suvli)qiladigan narsalardan biri koʻrsatish oʻrniga soʻzlab berishdir.Agar Ochumilovning"Buqalamun"ekanini soʻzlari orqali koʻrsatilmasa, muallif tomonidan taʼriflansa, dunyo-dunyo soʻz ketardi.Chexov buni aytib bermasdan,Ochumilovning oʻz soʻzi bilan koʻrsatadi.Ochumilovning dastlabki fikri:
"-Itni oʻldirish kerak, quturgan bolsa ham ajab emas".
It generalga qarashli deyilgandan keyin:
"-It nozik, sen hoʻkizday,bugungi qara!"
2.O.Safarov.Shirinqishloq latifalari.
Yana it generalniki emas,deyilgandan keyin:
"-Generalning itlari qimmatbaho narsalar edi.Bu esa,egasiz daydi itga oʻxshaydi.Epaqalik yungi ham yoʻq.Shunday beʼmani itni ham saqlaydimi kishi!"
Yana, it generalniki deyilgandan keyin:
"-Balki qimmatbaho zotli itdir".
Oshpaz,it generalniki emas, degandan keyin:
"-Bu egasiz daydi it".
It generalning akasiga qarashli ekani maʼlum boʻlganda:
"-Yaxshigina it koʻrinadi.Oʻlguncha it koʻrinadi".
Mana bu dialoglardga muallifning hech qanday izohi kerak emas.Bu dialoglar ham voqeani siljitadi, ham hikoya qahramoni Ochumilovni xarakterlaydi.
"Buqalamun" hikoyasining biron soʻzini chiqarib tashlash yoki biron soʻzni qoʻshish mumkin boʻlmaganligi soʻzga naqadar diqqat qilganligini koʻrsatadi.
Ertak- xalq ogʻzaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli, sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. M. Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish maʼnosini bildiradi. Ertak Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona oʻzbeklari orasida matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaki, Toshkent shahri va uning atrofida choʻpchak deb ataladi. Ertak hayot haqiqatining xayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyib-gʻaroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning gʻayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. Ertaklarda uydirma muhim mezon boʻlib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet chizigʻidagi dinamik harakatning konflikt yechimini taʼminlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari taʼlimiy-estetik funksiyani bajaradi, janr komponenti sifatida oʻziga xos badiiy tasvir vositasi boʻlib xizmat qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda boʻlishi mumkin boʻlmagan yoki mavjud boʻlgan hodisalar tarzida tasvirlaydi. Xayoliy va hayotiy uydirmalarning ishtiroki, syujet chizigʻida tutgan oʻrni va vazifasiga koʻra, Ertakni 2 guruhga – xayoliy uydirmalar asos boʻlgan ertaklar va hayotiy uydirmalar asos boʻlgan ertaklarga boʻlish mumkin. Xayoliy uydirmalar asosidagi ertaklar syujeti moʻjizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan ertaklar syujeti esa hayotiy tarzda boʻlib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi. Ertakda, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning oʻzga yurt malikalariga yoki parizodlariga oshiq boʻlib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol harakati va gʻayritabiiy kuch-qudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa bosh qahramonning aql-idroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi.
Ertak janri obrazlar talqini, gʻoyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, uydirmalarning oʻrni va vazifasi, tili va uslubiga koʻra, shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga boʻlinadi.
Hayvonlar haqidagi ertaklarning bir turi majoziy ertaklardir. Majoziy ertaklarning ("Susambil", "Boʻri bilan tulki", "Tulkining taqsimoti", "Ikki boyqush" va boshqalar) syujeti asosida koʻchma maʼno, allegorik obrazlar yotadi. Masalan,laqmalik va qonxoʻrlik boʻri orqali, ayyorlik va tilyogʻlamachilik tulki orqali ifodalangan.
Sehrli ertaklarda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan boʻladi. Bularda pahlavonlik va qahramonlik madh etiladi ("Yalmogʻiz", "Semurgʻ", "Devbachcha", "Kenja botir" va boshqalar). "Quloqboy", "Handalak polvon", "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon" va boshqa ertaklar komik, baʼzilari hatto hajviy xarakterga ega. Masalan, "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon"da bosh qahramon xalq orasida shuhrat topgan kal boʻlib, bu komik qahramonning "yolgʻon toʻqishi"dan zulm va jaholat, adolatsizlik kabi mavjud tuzumga xos illatlar qoralanadi, kishilardagi donishmandlik, tadbirkorlik kabi fazilatlar ulugʻlanadi.
Maishiy ertaklarda koʻproq zulm va adolatsizlik qoralanadi ("Uch ogʻa-ini botirlar", "Oygul bilan Baxtiyor", "Tohir va Zuhra", "Farhod va Shirin", "Zolim podsho" va boshqalar). Masalan,"Uch ogʻa-ini botirlar" ertagi odatdagidek ota nasihati bilan boshlanadi. Bunda ota kambagʻal, lekin hayot tajribalariga boy boʻlgan shaxs, boshqa variantlarida esa shoh boʻlib, oʻgʻillari shahzodalardir. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi, odamiylik, donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar koʻrinsa, shahzodalar qiyofasida mol-mulk toʻplash yoʻlida har qanday yomon niyatlardan qaytmaydigan yolgʻonchi, johil kishilar obrazi gavdalangan.
Ertaklar,asosan, didaktik vazifani bajaradi. Ertaklarning "Ming bir kecha", "Panchatantra" va boshqalar yaxshi namunalari, G.X. Andersen, V.Xauf, A.S.Pushkin kabilarning mumtoz adabiy ertaklari jahon madaniyati xazinasiga kirgan.
Rivoyat (arab. hikoya qilmoq) — voqea va hodisalarni, inson faoliyatini baʼzan uydirmalar vositasida, baʼzan real tasvirlovchi ogʻzaki hikoya; folklor janri. Hajmi qisqa, 2 yoki 3 epizoddan tashkil topadi, anʼanaviy uslubiy shaklga ega boʻlmaydi. Odatda, oddiy bir hikoyachi bayonidan boshlanib, ogʻizdan ogʻizga oʻtish jarayonida erkin talqin qilinadi.Rivoyat asosida voqelik va tarixiy shaxs bilan bogʻliq hodisalar yotadi. Gʻoyaviy mazmuniga koʻra, tarixiy rivoyat hamda toponim rivoyatlarga boʻlinadi. Tarixiy rivoyatda biror shaxs faoliyati va xalq qahramonlari bilan bogʻliq hodisalar hikoya qilinadi, axloq va odobning ideal meʼyorlari tashviq etilib, muayyan faktlar haqida axborot beriladi. Bunday rivoyatlar Navoiy, Ulugʻbek, Ibn Sino, Beruniy, Mashrab, Amir Temur, Sulton Mahmud va boshqa hayoti bilan bogʻliq voqea va hodisalar asosida ham yaratilgan. Toponim rivoyatlarda shahar, qishloq, qoʻrgʻon, saroy, maqbaralar nomi hamda ularning yuzaga kelish sabablari bilan bogʻliq voqealar hikoya qilinadi. Xotimasida,odatda, hikoyadan maqsad taʼkidlanadi va muayyan fakt izohlanadi (Masalan, "Toʻrabek xonim maqbarasi", "Anda jon qildi", "Odinajonim", "Qoʻngʻirot" va boshqalar). Rivoyatar bizgacha koʻproq ogʻzaki, qisman yozma shaklda yetib kelgan. Vosifiyning"Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ", Xondamirning "Makorim ul-axloq" va boshqa asarlarda rivoyatlarning qadimiy namunalari keltirilgan. Oʻzbekistonda juda koʻp rivoyatlar yozib olingan va ular xalq tarixi hamda madaniy-estetik qarashlarini oʻrganishda muhim manbadir2.
Afsonalar dunyodagi deyarli hamma xalqlar og’zaki ijodining eng qadimgi, aziz va ommaviy janrlaridandir. Ularda tarixiy hayotda ro’y bermagan bo’lsa-da, ro’y berishi mumkin bo’lgan voqealar hikoya qilinadi. Badiiy to’qima bu janr asarlarning asosiy xususiyati hisoblanadi. Shuning uchun olimlar afsonalarning ayrimlarini ertaklarga tenglashtirganlar. Ayrim afsonalar esa miflarga o’xshab ketadi. Bunday namunalarda biror narsa-predmetning paydo bo’lishi, rasm-rusum yoki odatlarning boshlanishi haqida ma’lumot beriladi. Ammo miflar mazmunan afsonalardan farq qiladi.
Jumladan, miflarda asosan dunyoning, odamning, butun koinot va borliqning yaratilishi haqida sodda tarzda hikoya qilinadi. Shuning uchun ham afsonalar miflardan keyin, ertaklardan oldin paydo bo’lgan degan taxminni bildirish mumkin.
Mahmud Koshg’ariy “Devonu lug’otit turk” asarida “sav” so’ziga bir necha
izohlar keltiradi:
“sav-otalar so’zi,
sav-qissa. Qadimgi voqealardan xabar berish, aytish.
sav-hikoya. Biror voqeani aytib berish.
sav-risola. Xat, kichik kitobcha.
sav-so’z, nutq.
sav-ilgarigi xabarlar, yangiliklarni yetkazuvchi”.
Yuqoridagi izohlardan biri “ilgargi xabarlar” mazmunan hozirgi paytda biz tushunadigan afsonalarga mos keladi. Ammo bu izohlar ajdodlarimizning bir so’z bilan juda ko’p ma’noni bildirishganini qayd etish ma’quldir.
Afsona forscha (afsun) so’zidan olingan bo’lib, yo’q narsani borday qilib ko’rsatish, ya’ni jodulash, to’qish, uydirma qilish ma’nosini anglatadi. Ba’zan tomoshalarda ko’z boylagichlarni afsungar deb atashadi. Yoki haqiqatga to’g’ri kelmaydigan gap eshitib qolsak ham afsona bo’lsa kerak deb o’ylaymiz.
Afsonalar ijro etilishi jihatidan ertak, doston, qo’shiq,askiya kabi alohida tayyorgarlik ko’rishni talab qilmaydi. Shuning uchun bu namunalarda matnga xos maxsus an’ana ko’zga tashlanmaydi. Ularda sehrli voqea-hodisalar shunaqa tasvirlanadiki, odam tinglayotganini o’zi ham bilmay qoladi.
Ma’lumki, qadim zamonlardan ajdodlarimiz diniy e’tiqodlarga berilib kelganlar . Shuning uchun afsonalarning ko’pchiligi paygʻambarlar, avliyolar hayotidan olingan voqealarni eslatadi: “ Kunlardan bir kun Muso payg’ambar xudo oldiga ketayotgan ekan, erta bahor bo’lishiga qaramay, don ekayotgan dehqonni ko’rib qolibdi. Muso unga hali don ekishga erta ekanini aytibdi. Dehqon tajribasiga ishonib, uning gapini rad qilibdi. Xudo bilan suhbatda Muso bu munozara yechimini so’raganida , xudo dehqonning haq ekanini, ammo Muso gapini endi inobatga olish kerakligini bildiribdi. Shunday qilib, Muso xudo oldidan qaytayotganida, havo sovugan, qor shamoli esayotganmish. Dehqon esa hayron bo’lib, osmonga qararmish. Shunda Muso o’zining haq ekanini dehqonga eslatibdi. Dehqon istehzo bilan kulib, “don ekish vaqti kelishga-ku kelgan, havoning bu buzilishi mening sen bilan tortishganim oqibatidir”- deb javob beribdi. Shu-shu ekish paytida havo buzilsa, dehqonning payg’ambarning gapiga ko’nmaganini eslasharkan”.
Yuqoridagi misoldan mazkur afsonani mazmunan saqlagan holda boshqacharoq aytish ham mumkinligi bilinib turibdi. Afsonalar mazmunan turlicha bo’lishi mumkin. Ularni shartli ravishda asotiriy tushunchalarni, koinot jismlari, o’rin – joy nomlari, odatlarni sharhlovchi afsonalarga bo’lish mumkin.
Esse (frans. — urinish, sinash, ocherk) — erkin kompozitsiyali, uncha katta boʻlmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid subʼyektiv fikr bayon qilinadi. Esselar falsafiy, tarixiy-biografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiy-ommabop yoki sof belletristik xarakterda boʻladi. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Mustaqil janr sifatida A.Montel ijodida tarkib topdi. Oʻzbek adabiyotida 20-asrning 70—80- yillaridan esse yaratila boshlandi.
Etyud (frans. — aynan mashq, oʻrganish) — 1) tasviriy sanʼatda borliq (natura)dan uni oʻrganish maqsadida yaratilgan asar. Ijodkor badiiy asar (rang-tasvir, haykaltaroshlik, grafika) yaratish jarayonida etyuddan yordamchi manba sifatida foydalanadi. Tugal asar etyud majmuasi sifatida oʻzini namoyon qiladi. Realistik tasviriy sanʼat asarlarini yaratish etyuddan kartinaga oʻtish jarayonida amalga oshadi. 19-asr oʻrtalaridan etyudga munosabat oʻzgardi, etyudni badiiy qiymatga ega boʻlgan asar darajasiga qoʻtarish, ijodkorning gʻoyaviy-estetik qarashlarini ifodalashga intilish kuchaydi. Yirik ijodkorlarning etyudlari,koʻpincha, badiiy qiymatga va mustaqil ahamiyatga ega; 2) musiqada — cholgʻu ijrochiligining muayyan texnik usulini qoʻllashga asoslangan va sozandaning malakasini oshirishga moʻljallangan pyesa. 19-asrda musiqa cholgʻulari takomillashuvi hamda virtuoz ijrochiligining yuksalishi natijasida rivoj topdi (fortepiano uchun I.Kramer, M.Klementi, K.Cherni, skripka uchun R.Kreyser, P.Rode, violonchel uchun D.Popper E.lari va boshqalar). Musiqiy romantizm vakillari (N.Paganini, F.List, F.Shopen, A.Skryabin, S.Raxmaninov va boshqalar) ijodida Etyud yuksak badiiy konsert asari darajasiga koʻtarildi. Oʻzbekiston kompozitorlaridan G.Mushel, B.Giyenko, Sayfi Jalil (fortepiano uchun), T.Qurbonov (organ uchun) va boshqalar E. yaratgan; 3) teatr pedagogikasida aktyorlik mahoratini rivojlantirish va mukammallashtirishga xizmat qiladigan mashq. Oʻqituvchi oldindan ishlab chiqqan yoki badiha yoʻsinida yaratgan turli sahna harakatlaridan tashkil topadi.
Doston,— liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi va oʻzbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. Dostonda muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda hayot, voqelik keng koʻlamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa koʻp boʻladi. Syujeti sertarmoq, rang-barang . Xalq ogʻzaki ijodidagi dostonlar nazm va nasriy, yozma adabiyotdagi dostonlar nazmda boʻladi, bunda nasr voqealarni bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Yozma adabiyotdagi dostonalarda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon dostonlarida lirik asos yanada salmoqliroqdir. Jahon mumtoz adabiyotidagi dostonlar keng qamrovligi va hajmining kattaligi, koʻtarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy muammolari, syujetining sertarmoqligi va dramatizmining oʻtkirligi, personajlarining koʻpligi bilan ajraladi. Bunday asarlar markazida jamiyat va xalq taqdiri turadi, jamiyat, xalq va qahramon yaxlit, bir butunlikda tasvirlanadi, ular oʻrtasida ziddiyat boʻlmaydi, balki shu xalq, shu qahramon bilan tashqi dushmanlar oʻrtasidagi kurash, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat tasvirlanadi. Ularda vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, doʻstlik va sadoqat, mehnatsevarlik gʻoyalari ilgari suriladi. Ilk dostonlar Yunonistonda paydo boʻldi. Ularda afsonaviy qahramonlarning jasorati, xudolarning karomati haqida kuylangan. Gomerning "Iliada" va "Odisseya", Dantening "Ilohiy komediya", Firdavsiyning "Shohnoma" asarlari doston janrining qadimgi namunalaridir. Dostonlar oʻz mohiyatiga koʻra, qahramonlik ("Alpomish", "Farhod va Shirin"), sarguzasht-detektiv ("Sabbai sayyor"), ishqiy-romantik ("Tohir va Zuhra", "Layli va Majnun"), jangnoma ("Yusuf va Ahmad", "Saddi Iskandariy"), tarixiy-memuar ("Shayboniynoma", "Jizzax qoʻzgʻoloni"), falsafiy ("Hayrat ul-abror"), fantastik-allegorik ("Lison uttayr"), didaktik ("Qutadgʻu bilig") turga boʻlinadi. Qahramonlik dostonlarida xalq, jamiyat taqdiri tasvirlansa, ishqiy-romantik dostonalarda oshiq-maʼshuqlarning sarguzashti bosh oʻrinda turadi. Tarixiy-memuar yoxud tarixiy-biografik dostonlarda biror tarixiy shaxslar ramziylashtirilib, boʻrttirib tasvirlanadi. Umuman, dostonlarda ideallashtirish, mubolagʻali tasvir ustun boʻladi, ularda turli afsonalar, asotirlar, hikoyatlar, dev, parilar, xizr, ajdar, ajabtovur otlar ("Alpomish"dagi Boychibor), sehr-jodu koʻp ishtirok etadi. Xalq dostonlari baxshi, dostonchi va xalq shoirlari tomonidan dutor, doʻmbira va xalq cholgʻu- asboblari joʻrligida ijro etiladi. Folklordagi dostonlar bilan yozma adabiyotdagi dostonlar shakl-shamoyili jihatidan bir xil koʻrinishda boʻlsada, yozma adabiyotdagi dostonlar yozuvchining dunyoni oʻziga xos tarzda idrok etishi, baholashi va oʻz fikr-gʻoyalari, orzuarmonlarini ifodalash tarzi, usulida farqlanadi. Garchand, Navoiyning aksar dostonlari, jumladan, "Layli va Majnun", "Saddi Iskandariy" asarlari asosida folklor mavzuyi turgan boʻlsada, shoir ularni oʻz estetik qarashlari va badiiy niyatidan kelib chiqib tubdan qayta yaratgan.
Oʻzbek dostonchiligi asrlar davomida oʻsib, kamol topib, shakli rang-baranglashib bordi. Oʻrxun-Yenisey yozuvida, Avestoda, "Devonu lugʻotit turk" dagi qadimgi doston parchalarida, turkiy xalqlar mulki boʻlmish "Kitobi dodam Qoʻrqut"da va ayniqsa,"Alpomish", "Goʻroʻgʻli" turkum dostonlarida oʻzbek dostonchiligining taraqqiyot yoʻllari, davrlarini koʻrish mumkin. Navoiy "Xamsa"si oʻzbek dostonchiligi tarixida yuksak choʻqqi boʻldi. "Xamsa"da, Gegel iborasi bilan aytganda, "dunyoning qahramonlik holati"ni tasvirlash kuchli, uning falsafiy-axloqiy mazmuni chuqur, unda shaxs barkamolligi, fozil inson va adolatli jamiyat targʻib etiladi, yaxshilik va yomonlik ildizlari qidiriladi. 20-asrga kelganda, oʻzbek dostonlari hajman toraydi, lirizm kuchaydi. Dunyoni, voqelikni va inson ruhiy olamini, ruhiy kechinmalarini idrok etish va haqqoniy tasvirlash bosh fazilat boʻlib qoldi (Mirtemirning "Surat" dostoni). Hozirgi dostonlarga afsona, asotirlar ham faol kirib keldi. E. Vohidovning "Ruhlar isyoni", A. Oripovning "Jannatga yoʻl" dostonlarida ana shu yangiliklar yaqqol koʻrinadi. Hozirgi zamon oʻzbek dostonlarida drama janri belgilari (konflikt, dialog), ayniqsa, epik tasvir unsurlari faollashdi. (E. Vohidov, "Istanbul fojiasi", O. Matjon, "Pahlavon Mahmud" va boshqalar).
Bundan tashqari, shoirning his-tuygʻulari, taassurotlari, oʻy-mushohadalari, kechinmalaridan iborat boʻlgan lirik dostonlar ham yaratilmoqda. 20-asr oʻzbek adabiyotida dostonlar kamayishini roman janri rivoji bilan izohlash mumkin. Voqelikni afsona, asotirlar va ertaklar asosida bayon etib, bolalarga moʻljallangan yirik sheʼriy asarlar yozishda d. janridan foydalaniladi3.
Badia(arabcha - mislsiz yangilik,nafis,goʻzal soʻzidan olingan)yirik sanʼatkorlar,olimlar, adiblar va adabiyotshunoslar,bir soʻz bilan aytganda, ijod va ijodkorlar haqida yaratilgan,u qadar katta hajmga ega boʻlmagan badiiy-publitsistik asar.Badiada tasvirlanayotgan voqea-hodisaga, badiiy tadqiq qilinayotgan shaxs xarakterining u yoki bu jihatiga muallif munosabati oshkor sezilib turadi.Natijada badia gʻoyasi aksariyat hollarda asar toʻqimasi va uni tashkil etgan komponentlar vositasida emas,balki muallif kuzatuvlarining xulosasi sifatida namoyon boʻladi.Oʻzbek ilmiy-adabiy va badiiy tafakkurining yorqin namoyondalari Alisher Navoiy,Bobur, Uvaysiy,A.Fitrat,A.Avloniy, Choʻlpon kabilarning qator asarlarida badiaga xos belgi-xususiyatlar mavjud edi.
Epik turning maxsus janrlari, koʻpincha,xat, ocherk,felyeton,xotira janrlari badiiy publitsistika deb ham yuritiladi."Badiiy publitsistika gazeta janrlariga xos aktuallik,operativlikni oʻziga singdirgan eng hozirjavob janr...u mantiqiy muhokama va obrazlar bilan ish koʻruvchi... fikr poeziyasidir(Ochil Togʻayev)deb baholandi.Bu asosning magʻzida ham haqiqat bor.Lekin ularning barchasi ham ana shu maxsus xususiyatlariga qaramay,epik turning "farzandlari"sanaladi.
Ocherk(rus.cherchit.ocherchivat- chizmoq,bayon qilmoq, tasvirlamoq) hayotda yuz bergan voqea-hodisalarning asosiy xususiyatlarini yili kishilar harakteridagi muhim belgilarni qisqa,ixcham, yaxlit tasvirlovchi badiiy publitsistik janr.Ochil Togʻayevning fikriga koʻra,"badiiy adabiyotga xos belletristik va gazeta janrlariga xos publitsistik xususiyatlarining uzviy birligi ocherkning muhim janr xususiyatini belgilaydi", yaʼni bir vaqtning oʻzida ocherkda hayotning badiiy manzarasi,voqea, qahramon taqdiri yaratiladi va ijtimoiy jihatdan keng, mufassal izohlanadi.
Ocherklar manzilli va manzilsiz boʻladi.Manzilsiz ocherkda hujjatlilik faqat unda aks ettirilgan ijtimoiy hodisalardir,boshqa oʻrinlarda xuddi boshqa oʻzga janrlarda boʻlgani kabi muallifning qoʻli erkindir.Bunda aniq manzilni koʻrsatmasdan asarga toʻqima personajlar kiritish, badiiy toʻqima va umumlashtirishdan keng foydalanish mumkin.
"Manzilli(hujjatli) ocherklarda esa yozuvchi, muallif shunday shaxs yoki hayot parchasini tanlab olsinki,u voqelik uchun tipik boʻlsin".(V.Solouxin)
Ayni paytda, badiiy toʻqima faktning hujjatlilik xususiyatlarini koʻmib yubormasligi, balki uni qabariqli tarzda ochishi lozimdir.Bu hamma vaqt hayotiy faktga asoslanishi kerak.
Ochil Togʻayev ocherkning badiiy-gʻoyaviy xususiyatlarini toʻplab,uning uch xili1.Portret ocherk;2.Safarnoma(yoʻl ocherki).3.Muammo ocherk mashhurligini taʼkidlaydi.Uningcha,portret ocherkda,asosan, bir kishining hayoti, taqdiri markaziy oʻrin tutadi.Muallifning qishloqlar, shaharlar va mamlakatlararo safar paytida yigʻilgan mushohada va mulohazalari,koʻrgan va eshitganlarining badiiy publitsistik tasviriga safarnoma(yoʻl ocherki) deyiladi.
Muhim siyosiy,ijtimoiy, maʼnaviy muammolar:a) kishilar obrazlari;b)obrazli publitsistik vositalar orqali maxsus tadqiq etilgan ocherklar muammo ocherklar deyiladi.
XX asr oʻzbek adabiyotining bu janriga Abdulla Qodiriy,Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Nazir Safarov, Sunnatilla Anorboyev kabi yozuvchilar salmoqli hissa qoʻshdilar.
Felyeton(it.feuilleton- varaqa)koʻpincha hayotda haqiqatan mavjud boʻlgan illatlarni,shu illatlarni oʻzida tashuvchi aniq kishilarning qusurlarini tadqiq etuvchi, uning ijtimoiy mohiyatini yorqin fosh etuvchi satirik janr. Darvoqe,D.Zaslavskiy aytgan gap juda asoslidir."Felyetonning faktik jihati gʻoyat aniq bilish lozim.Faktni toʻqishingiz ham,unga har narsa toʻqib qoʻshishingiz ham mumkin Felyetonning adabiy jihati esa, felyetonchining ishidir, uning mahorati, badiiy didi, gʻoyaviy saviyasiga baliq".
Yuqoridagi mulohazadan koʻrinadiki,hayotdagi har qanday ikir-chikirlar, yengil-yelpi voqealar emas,balki ijtimoiy qimmatga ega boʻlgan,rivojlanishga
toʻsiq boʻlayotgan aniq(manzilli) kamchiliklar va illatlarning ildizi, sabablari, mohiyati chuqur tadqiq va tahlil qilinadi.Shundan soʻng "pishgan"material adabiy jihatdan ishlanadi, mazmunga xos shakl ixtiro etiladi, qiyoslash yoki tadrijiy ketma-ket bayon qilish,tipiklashtirish, badiiy toʻqima bilan boyitish va hokazo usullar ishga tushadi.Alal oqibatda hujjatli yoki adabiy felyetonning yuragi boʻlgan satirik obraz butun boʻyi-basti, toʻlaqonli harakteri bilan namoyon Abdulla Qahhorning "Igʻvogar","Quyoshqon","Pora", Said Ahmadning"Kolbasa qori", Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Muzeydagi besh surʼat","Gipnoz"asarlari shu qabilida yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |