O‟zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi namangan davlat universiteti yunusova gulshoda nozihovna



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/45
Sana26.03.2022
Hajmi6,64 Mb.
#511886
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Bog'liq
axborot texnologiyalari fanidan amaliy mashgulotlar bajarish metodikasi

Yordamchi
qurilmalar
Bundan tashqari xar bir shaxsiy kompyuterga tashqi qurilmalar deb ataluvchi 
vositalarni xam ulash imkoni mavjud bo‘lib ulardan ayrimlari bilan tanishib 
chiqamiz.
Printer. Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, dastur va berilganlarni 
bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, 
rasmlarni rangli va rangsiz ko‘rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar 
asosan uch xil bo‘ladi: 
matritsali, oqimli va lazerli
.
Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun 
ham ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan 
sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta 
emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali 
(nuqtali) printerlar mavjud bo‘lib, albatta ignalar soni ko‘pligi yaxshi ekanligi 
tushunarlidir.
Oqimli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni 
purkash yo‘li bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli 
ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo‘lib, ularning-kamchiligi siyohining 
tez tamom bo‘lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan 
tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.


32 
Lazer printerlar. Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi 
jihatidan eng yaxshi printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz 
bo‘ladi. 
Bunday printerlarning andozasi sifatida HEWLETT-PACKARD (hP) 
firmasi chiqaradigan hP LaserJet rusmli printerlar qabul qilingan. Lazer 
printerlarda chop etish juda qulay bo‘lib, u tez (minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) 
chop etishi mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan 
balandroqdir. Uning bir kamchiligi - unda ishlatiladigan toner rang va kortrijning 
tez almashtirib turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi. 
Albatta bu raqam tejab ishlatishga bog‘liq albatta. Shuning uchun lazer printerda 
chiqarilgan nusxani kseroks orqali ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir.
Modem. Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so‘zlaridan olingan bo‘lib, 
uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma‘lumotlarni uzluksiz 
(demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi 
kompyuterlararo aloqani o‘rnatishdir. U o‘zining kommunikatsion dasturlariga ega 
bo‘lib, bu dasturlar yordamida uzoq masofalarga ma‘lumotlarni uzatishi va qabul 
qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. hozirda ko‘p 
kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda. 
Skaner. Skaner-matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga 
kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. U 
hozir asosan rangli ko‘rinishda chiqarilayapti. Uning andozasi 
sifatida hP (hewlett packard) firmasi ishlab chiqaradigan hP Scanjet rusumli 
skanerlar qabul qilingan. Uning asosiy tavsifi ma‘lumotlarni aniq, tiniq, lozim 
bo‘lgan rangda (xususan qora rangli) ko‘rinishda chiqarish qobiliyatidir. Ushbu 
tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni 
orqali belgilanadi.
Skaner dastur boshqaruvida ishlaydi. Matnlarni yaxshi tanish uchun maxsus 
obrazlarni tanuvchi dastur vositalaridan foydalaniladi. Bunday dasturlar hatto 
qo‘lyozmani ham tanish qobiliyatiga ega. Shunday dasturlar Fine Reader va Cunei 
Form nomlari bilan ataladi.


33 
Strimer. Ma‘lumotlarni kasetali tasma ko‘rinishidagi xotira 
qurilmasiga yozish va undan o‘qish uchun ishlatiladigan 
moslama. 
Proektor. Kompyuterdagi ma‘lumotlarni proektsion ekranda kattalashtirib 
ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. 

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish