Dozimetrlar qanday maqsadlar uchun qo’llanishiga qarab 4 turga
bo’linadi:
1.Radiatsion – kimyoviy jarayonlarning nazorati uchun mo’ljallangan
dozimetrlar. O’lchov diapozoni 10
4
–10
10
rad, (100 –100.000.000 Gr).
2.Klinik va radiobiologik amaliyotlarda qo’llanuvchi dozalarni o’lchovchi
dozimetrlar. O’lchov diapozoni 1 - 10
4
rad, (0,01 – 10 Gr).
3.Individual dozalarni o’lchovchi dozimetrlar. O’lchov diapozani 0,01 -
100rad, (0,0001 - 1Gr).
4.Radiatsion xavfsizlikni nazorat qilish dozimetrlari. O’lchov diapozoni
0,1 – 10
3
mk rad/sek.
Radiometrlar
- radioaktivlikni va uning solishtirma miqdorini o’lchovchi
asbob hisoblanadi. Qo’llash sohalari quyidagicha:
1) elektromagnit nurlanish energiyasini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob.
Ishi nurlanishning issiklik taʼsiriga asoslanadi. Quyosh radiatsiyasi, infraqizil
nurlanish va boshqa nurlanishlarni tadqiq qilishda qoʻllaniladi;
2) radioastronomiyada — radiotoʻlqinlar diapazonida (toʻlqin uzunligi
0,1 mm dan 1000 m gacha) astronomik obʼyektlarning nurlanishini tadqiq qilish
uchun moʻljallangan radiotexnik qurilma. Radioteleskoplarning qabul qiluvchi
qurilmasi sifatida, shuningdek, Yer sirtining issiklik haritalarini tuzishda
qoʻllaniladi;
3) radioaktiv manbalarning faolligi (vaqt birligi mobaynida radioaktiv
yemirilish aktlari soni) ni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob;
4) akustikada — tovush nurlanishlari bosimi (tovushning radiatsion
bosimi)ni, kengroq maʼnoda — tovush maydonining baʼzi muhim koʻrsatkichlari
(tovush energiyasi zichligi, tovush intensivligi va boshqalar)ni oʻlchash uchun
moʻljallangan asbob.
Joylarda radiatsiya darajasini, radoaktiv moddalarni aniqlashda va tashki
muxit ob’ektlarining radioaktiv ifloslanishini o’lchashda DP-5 turidagi asboblardan
foydalaniladi. Bunda radiatsiya ta’siri va yutilgan nurlanish dozasi DP-22 V, DP-
24, DP-23 A, ID-1, ID-11 dozimetrlar turi bilan o’lchanadi.
79
Shaxsiy dozimetrlar radioaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda
bo’lganda olingan shaxsiy dozalarni hisobga oladi.
Tashqi muhitlarda foydalaniladigan ko’pgina dozimetrik asboblarning
ishlash tamoyili radioaktiv nurlarning xavoda tarqalganda muxitni ionlash
krbiliyatiga asoslangan. Ionlash usuli asosida ishlovchi asboblarga: bir xil
tamoyilda tuzilgan va qabul qiluvchi, ko’paytiruvchi, o’lchovchi qurilmalar xamda
ishlashni ta’minlovchi oziqlanish manbai kiradi.
DP-5B, DP-5A, DP-5V asboblarining asosiy texnik ko’rsatkichlari va
vazifalari.
Dala
rentgenometrlari
DP-5A
va
doza
darajasini
o’lchovchi
DP-5B, DP-5V (2-rasm) xar-xil predmetlarning gamma-nurlanish bo’yicha
radioaktiv zararlanish va gamma radiatsiya darajasini o’lchash uchun muljallangan.
Gamma-nurlanishning
ta’sir
dozasi
rentgen
soatlarida
(P/s)
yoki
millirentgen/soatda (mR/s) asbob xisoblagichi joylashtirilgan xavodagi quvvatini
o’lchaydi. P-5A, DP-5B, DP-5V asboblari minus 40° dan plyus 50° gacha
xaroratda va 65 foiz nisbiy namlik bo’lganda o’lchashlarni ta’minlaydi. Asbob
zondini suvga 50 sm chukurlikgacha tushirish mumkin. Asbob ogirligi 7,6 kg,
qinsiz va qushimcha uskunasiz esa 2,8 kg keladi. Asbob komplektiga 2 ta
qayishdan yasalgan asbob qini va nazorat manba (strontsiy-90 va ittiriy-90);
uzaytiruvchi shtanga; akkumulyatorga ulash uchun kabelli kuchlanishni bo’luvchi;
element uskunalar yigmasi; telefon; xujjat joylaiitiradigan kutilar kiradi. Energiya
diapazoni 0,084 dan 1,25 Mev gacha bo’lganda gamma- nurlanishlar bo’yicha
o’lchashlar diapazoni 0,05 R/s. dan 200 R/s.gachani tashkil qiladi. O’lchash asbobi
6 ta poddiapazonlarga ega (16-jadval).
80
Do'stlaringiz bilan baham: |