O‘tkir nur kasalligining o‘ziga xos tomonlaridan biri uning davriy
kechishidir.
Bunda to‘rt davr farqlanadi;
-boshlang‘ich davri yoki nurlanishga nisbatan organizmning birlamchi reaksiya
davri,
-yashirin davri yoki klinik jihatdan xotirjamlik davri,
-avjlangan davr yoki kasallikning barcha belgilari yuzaga chiqadigan davr,
-tuzalish davri.
Kasallikning boshlang‘ich davri
. Kasallikning dastlabki belgilari nurlanish
miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Nurlanish dozasi kam bo‘lganda 18-24 soat, o‘rtacha
dozada 4-10 soat, katta dozada bo‘lganida esa 1-3 soat ichida organizm reaksiyasi
kuzatiladi. Dastlab umumiy belgilar; darmonsizlik, uyquchanlik,ko‘ngil aynishi,
ba’zan qusish, qon bosimining pasayishi, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi.
Kasallik engil va o‘rtacha kechganida qon tarkibida bir oz neytrofilli leykotsitoz,
og‘ir hollarda leykopeniya yuzaga keladi, eritrotsitlarning cho‘kish tezligi (SOE)
sekinlashadi.
Yashirin davr
. Yuqorida ko‘rsatilgan klinik alomatlar 3-4 kundan so‘ng yo‘qolib
58
ketadi, bu davrning uzoqligi 5 kundan 14-21 kungacha davom etadi. Bunda
bemorning umumiy ahvoli yaxshilanadi, lekin periferik qondagi o‘zgarishlar
zo‘rayadi, limfopeniya rivojlanadi, trombotsitopeniya va retikulotsitlar soni
kamaygan holda leykopeniya avj oladi.
Kasallik avjiga chiqqan davr
. Klinik simptomlar tez rivojlanadi va og‘ir
kechishi bilan ajralib turadi. Tez toliqish, teri ostiga qon quyilishi, soch to‘kilishi,
og‘iz shilliq qavati nekrozi, tomoqlar yarasi kuzatiladi. Nur kasalligining og‘ir
turida yuqoridagi belgilardan tashqari, og‘ir yarali-eroziyali enterokolit rivojlanadi,
tana harorati ko‘tarilib ketadi.
Yurakda og‘ir distrofiya, nekrozga xos klinik alomatlar, o‘pkada qon quyilgan
zotiljam o‘choqlari paydo bo‘ladi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyati buziladi, jinsiy
bezlar zararlanadi, bepushtlik rivojlanadi. Engilroq hollarda funksional vegetativ-
astenik buzilishlar, og‘ir hollarda bosh miyaning turli bo‘limlariga qon quyilishlari
natijasida nerv sestimasida organik buzilishlar vujudga keladi. Ko‘pincha ichaklar
faoliyati izdan chiqqan bo‘ladi. Terida qizarish (1-daraja), shish va pufakcha (2-
daraja), yarachalar (3-daraja) uchraydi.
Zararanish dozasiga qarab qon yaratuvchi a’zolarda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y
beradi. Og‘ir hollarda chuqur pangemotsitopeniya rivojlanadi. Qon tekshirib
ko‘rilganda trombotsitlar soni 2-5 minggacha va undan ham kamayib ketadi.
Dastlabki 3 kun ichida bemorlar qonida limfotsitlar soni pasayadi. Nurlanishning
dastlabki soatlarida oshgan leykotsitlar soni suyak iligidagi sog‘lom nurlanishga
chidamli hujayra-tayoqcha yadroli va segment yadroli leykotsitlardan iborat
ko‘mik granulotsitlar zahirasi tugab qolishi sababli asta sekin kamayib boradi.
Leykotsitlardan yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlar ko‘pincha ularda
vakuolalar paydo bo‘lishidan iborat bo‘ladi Neytrofillarda zaharlar ta’siriga
aloqador bo‘lgan donalar paydo bo‘ladi, leykopeniya juda kuchayib ketib past
raqamlarga (0.1*10
9
l) etadi. Donador leykotsitlar yo‘qolib, agranulotsitoz,
absolyut leykopeniya boshlanadi, trombotsitlar soni 5*10
9
-10*10
9
l gacha
kamayib ketadi.
Agranulotsitoz rivojlanishi ustiga immunologik reaksiyalarda qatnashadigan
59
limfotsitlar soni kamayib ktadi, ularning fagotsitar pasayishi tufayli organizmning
kasalliklarga qarshi kurushish qobiliyati susayib ketadi va ikkilamchi asoratlar
paydo bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pincha o‘tkir nur kasalligiga pnevmoniya, sepsis,
yarali-nekrotik angina, yiringli otit qo‘shilishi kzatiladi. Agar infeksion asoratlar
qo‘shilsa kasallik juda og‘ir kechadi, tana harorati ko‘pincha ko‘tariladi.
Gemorragik sindrom.
O‘tkir nur kasalligining avjga chiqqan davriga xos.
O‘rtacha og‘irlikdagi kasallarda gemorragik sindrom odatda teriga va shilliq
qavatlarga qon quyilishi tarzida namoyon bo‘ladi. Og‘ir hollarda katta hajmdagi
joylarga, ichki a’zolarga (me’da-ichak, bachadon, burun, milk) qon quyilishi va
qon ketishi kuzatiladi. Gemorragik sindrom patogenezida trombotsitlar sonining
kamayishi va funksional o‘tkazuvchanligining oshib ketishi, qon ivituvchi
omillarning etishmasligi muhim ahamiyatga ega.
Ko‘mik.
To‘sh suyagidan olingan punktat tekshirib ko‘rilganda qon
hujayralarining etilishi susayganligi, keyinchalik esa ko‘mik puchayib quruqshab
qolganligi - pansitopeniya kuzatiladi. Mielokriotsitlar soni 3-3*10
9
l gacha
kamayib ketadi, bu asosan kasallikning og‘ir hollarida uchraydi. Suyak iligida
gipoplastik va aplastik hujayralar, atipik neytrofillar, tiniq bo‘lmagan donador
neytrofillar va limfotsitlar paydo bo‘ladi.
Isitma
. Nur kasalligi avjiga chiqqan davrda harorat keskinko‘tarilib ketadi,
agranulotsitoz kuzatiladi. Tana haroratini ifodalovchi egri chiziq holdan
toydiradigan (gektik) va birdan ko‘tarilib, birdan pastga tushib ketadigan (
o‘zgaruvchan, intermitatsiyalovchi) isitmaga xos bo‘ladi.
Hazm qilish a’zolari
. O‘tkir nur kasalligida ingichka ichak epiteliysi zararlanadi
va ichak devorining o‘tkazuvchanligi kuchayib ketadi, immunitet susayishi tufayli
turli xil yuqumli kasalliklar avj oladi, natijada ovqat hazm bo‘lishi va so‘rilishi
izdan chiqadi. Gastroenteritga xos alomatlar paydo bo‘ladi: ishtaha yo‘qoladi,
ko‘ngil ayniydi, qorin dam bo‘ladi, qayt qiladi, ich ketishi kuzatiladi.
Nerv sistemasi
. Kasallar tekshirib ko‘rilganda ularda loqaydlik, pay
reflekslarining susayib qolganligi aniqlanadi. Og‘ir hollarda miya pardalari
ta’sirlanishiga xos organik zararlanish belgilari namoyon bo‘ladi.
60
Sog‘ayish davri
. Qondagi ko‘rsatkichlar yaxshilanadi. Periferik qonda
neytrofillar soni tez ko‘payib, leykogramma sezilarli darajada chapga surilib
boradi. Suyak iligida regeneratsiya holati kuzatiladi. Tana harorati pasayib, ishtaha
ochiladi, umumiy ahvoli yaxshilanib, qon quyilishlar to‘xtaydi, yuqumli asoratlar
yo‘qoladi. Qon ko‘rsatkichlari, yurak va qon-tomirlar faoliyati yaxshilanadi, nerv
sistemasining zararlanish belgilari kamayadi, lekin astenik holat uzoq vaqtgacha
davom etadi.
O‘tkir nur kasalligining o‘ta og‘ir ko‘rinishida dastlabki klinik simptomlar juda
tez namoyon bo‘ladi va organizmning umumiy zaharlanishi, suyak iligining qon
ishlab chiqarishiga xos belgilar kuzatiladi. Kasallik avj olgan davrda teri osti va
shilliq qavatlarga qon quyilishi, yuqumli asoratlar, ichak zararlanishi kabi belgilar
ham kuzatiladi. Odatda bemorlarda kasallikning ikkinchi haftasida o‘lim
kuzatiladi.
61
Do'stlaringiz bilan baham: |