7
Mavzu №1 Kirish. Radiatsiya xavfsizligi fanining maqsadi, vazifalari
va o’rganish obyektlari.
O’quv savollari:
Kirish.
Asosiy qism:
1. Radiatsiya xavfsizligi fanining maqsadi, vazifalari va o’rganish
obyektlari.
2. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash.
Kirish
O‘zbekistonda aholi muhofazasi davlat siyosatining asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi. Barcha bajariladigan ishlar inson manfaatiga qaratilgan. Shu sababdan
o‘tayotgan har bir yillar aholi xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan maqsadlar bilan
belgilanadi,
bularda oziq-ovqat xavfsizligi, ijtimoiy xavfsizlik va boshqalar bilan
bir qatorda radiatsiya xavfsizligi ham e’tiborga olingan. Radioaktiv nurlardan
tinchlik maqsadlarida foydalanilgan va foydalanilmoqda.
Dunyo davlatlarida
maqsadlar turli tumanligi radiaktiv moddalardan dushmanlik maqsadlarida ham
foydalanishga olib keldi. Yadro qurollarini kashf etilishi va hayotda ishlatilishi
butun er yuzi aholisini xushyorlikka undadi. Shu sababli
radiatsiyaviy xavfsizlik
masalalari zaruriyatga aylandi. U bilan alohida mamlakatlar qatori xalqaro
tashkilotlar
ham
shug‘ullanib
kelmoqda.
O‘zbekistonda
radiatsiyaviy
xavfsizlikning huquqiy asoslari yaratilgan, ya’ni “Radiatsiyaviy xavfsizlik
to‘g‘risida” (2000 y.) qonun qabul qilingan va unga o‘zgartishlar kiritilgan (2011
y.).
Nurlanishni keltirib chiqaradigan manbalar ichida eng xavfli va kuchlisi
yadro portlatishlaridir. Yadro portlashida tovushdan tez tarqaluvchi zarba to‘lqini,
uning ortidan hamma narsani kulga aylantiruvchi issiqlik to‘lqini impulsli
xarakterga ega. Ulardan so‘ng radiatsiyaning tarqalishi oqibatida bo‘ladigan o‘lim
va zararlanish jarayoni o‘nlab yillar davomida kuzatiladi. Yaponiyada (Xerosima
va Nagasaki shaharlari) 1945 yil AQSH tomonidan portlatilgan yadro bombasidan
zararlanishlar ta’siri
hozir ham kuzatilmoqda, mayib-majrux tug‘ilayotgan
8
chaqaloqlar unga misol bo‘ladi. Ukrainada Chernobil AES avariyasidan tarqalgan
radioaktivlik hozir ham ayrim hududlarda saqlanib qolgan. Yaponiya atom
(2011y.) elektr stansiyasidagi avariya ta’siri Koreya yarim oroli atrofida baliqlar
tanasida va AQSH hududida havodagi chang tarkibida kuzatilganligi to‘g‘risida
ma’lumotlar borligi radiatsiya bilan bog‘liq xavflarga e’tiborni
kuchaytirish
kerakligini bildiradi. Shu sababli radiatsion xavfdan juda ehtiyot bo‘lish kerak
bo‘ladi. Bir tomondan bundan ehtiyot bo‘lish, ikkinchi tomondan bu xavfni juda
oshirib qabul qilish ham kerak emas. Ionlovchi nur
manbalariga uning ehtimoliy
oqibatlarini hisobga olgan holdagi oqilona va malakali munosabatgina radiatsion
xavfsizlikni talab darajasida ta’minlashi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarining hayoti va sog‘lig‘ini barcha
sohalarida nurlanishlardan
muhofazalashda “Radiatsiya xavfsizligi” fani katta ahamiyatga ega. Inson har
doim har qanday faoliyat turida o‘zining xavfsizligini ta’minlashni birlamchi
vazifalar qatoriga qo‘yib kelgan. Chunki xavfsizlik
muammolari jamiyat
taraqqiyoti darajasi bilan bog‘liq muhim masaladir. Ishlab chiqarishning intensiv
rivojlanishi natijasida texnosferaning shakllanishi esa undagi xavfsizlik
muammolarini echish uchun maxsus bilimlarni egallash talablarini yuzaga keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: